Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
beradigan hunarmandlar darajasiga yetgan edilar. Qarluq ustalari yasagan qilich, nayza va zanjirlar (urushda qurol sifatida qo‘llangan) nafaqat turkiy dunyoda balki slavyan mamlakatlarida, jumladan Kiev Rusida ham ma’lum edi. “Slovo o polku Igoreve” nomli asarda XII asrda Kiev knyazlarining poloveslar (qipchoqlar) bilan olib borgan janglarda “Mechi Xarlujnne” (qarluq qilichi), “Xarlujnge kopi” (qarluq nayzalari), “Molotyat sepyami xarlujivimi” (qarluq nayzalari bilan uradilar) iboralarini ishlatilishi fikrimizning dalili bo‘la oladi.
Temirchi ustalar metalldan ro‘zg‘or buyumlari, ot anjomlari, zargarlar esa turli bezak-taqinchoqlarni yasab bozorga chiqarganlar, hunarmandlarning temirdan, jezdan, qumush va oltindan yuksak mahorat bilan nafis ishlangan buyumlari bozorda yuqori baholangan”1. Qoraxoniylar sulolasi davrida temirchilik ham zo‘r taraqqiyotga erishgan. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda birgina qadimgi Termiz shahrining temirchilik ustaxonasi hududining o‘zi bir necha gektarni tashkil etgan. Temirchilikda asosiy o‘rinni qurol-yarog‘, sovutlar va hukmdorlarga xos ziynatlangan jang anjomlari egallagan edi. Bu narsalar urushlarda qo‘llanibgina qolmasdan yana tinchlik hukm surgan vaqtlarda qimmatbaho sovg‘a– salom vazifasini ham bajargan. Masalan, 1025 yili Qoraxoniylardan Yusuf Qodirxon G‘aznaviylar hukmdori Sulton Mahmudga taqdim qilgan sovg‘alarning ichida sovg‘alar ichida xonga xos buyumlar, jumladan oltindan ishlangan oltin kamar, oltin o‘qdon ham bor edi. Tarixdan ma’lumki Farg‘ona vodiysi foydali qazilmalarga boy o‘lka. Temir va mis rudalari juda qadim zamonlardan beri eritilib, qayta ishlanib foydalanilgan. Metall buyumlarni rudadan olib uni qayta ishlash katta shaharlarda to‘plangan edi. Qoraxoniylar davrida ana shunday hunarmandchilik markazlaridan bir Quva edi. Bu yerda temir eritish uchun mo‘ljalangan gilqozon parchalari qayd etilganligini G.P.Ivanov quyidagicha izohlaydi: ”1998 yilgi qazishmalarda janubi-sharqiy darvoza oldidagi bir xonada metallurgiya chiqindilari (toshqol va erigan temirning qotgan bo‘laklari) ko‘plab topildi. Xona o‘rtasida atroflari kuyib ketgan va ichi kul bilan to‘lgan yirik xumdon topildi. Xumdondan sal narida ustalar qulayroq turishi uchun ikkita chuqurcha kovlangan. Bu qurilmalarni hozirda xam temirchilik ustaxonalarida kuzatash mumkin. Xona va uning polidan topilgan mixlar, nag‘alchalar, pichoqlar va sovut parchalari bu temirchilik ustaxonasining XII asrga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi. Quvada hozircha bronza ishlab chiqarish xumdonlari va ustaxonalari topilmagan. Ammo, yodgorlikning ko‘plab nuqtalaridan rangli metallardan, ayniqsa, mis va uning qorishmalaridan yasalgan buyum va ularning parchalari aniqlangan. Masalan, arxeologlar metall idish parchasi, bugun saklangan bronza idish, afsonaviy maxluq ko‘rinishida bronzadan quyilgan shamchiroq oyog‘i, oyna parchalari, to‘qalar, sirg‘alar va oshiq-moshiq kabilarni qayd etganlar. Bronzadan surma idishlar ham yuqori malaka bilan chiroyli qilib yasalgan. Bir xil bronza idishlarning ko‘plab topilgani, o‘z tanga zarbxonasi borligi, katta miqdordagi bronza qotishmasining uchrashi 1 Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni...–B. 278. mutaxassislarga Quva mis va bronza ishlab chiqarish markazi bo‘lgan degan xulosaga kelishlariga sabab bo‘lgan”1. Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida temirga ishlov berish taraqqiy etganligini “Devonu lug‘otit turk”dagi temirchilikka oid keltirilgan atamalardan ham ko‘rish mumkin. Binobarin, ular ichida harbiy qurol-aslahalar va jangchi kiyimlari haqida ma’lumotlar ko‘p uchraydi. Biz ushbu ma’lumotlarni quyidagicha tasnif etishni ma’qul ko‘rdik. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling