Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Botirlar bir-birlariga yomon ko‘z va g‘azab bilan qarashadilar, ular bir- birlaridan o‘ch olmoq istaydilar, o‘ti ko‘kraklarida yonayotganday soqollariga osilishar, tortishardilar. [Odamlar (bir-birlaridan) o‘ch olish uchun (bir-birlariga) g‘azab bilan boqishar edi, o‘ch olmq istar edilar. Ko‘kraklarida g‘azab o‘ti yonayotganday, soqollariga changal solib tortishar edi]1”.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki Qoraxoniylar davriga kelib Farg‘ona vodiysidagi Axsikent, Qubo, O‘sh, O‘zgand, Rishton, Pop va boshqa shaharlardagi temirchilik ustaxonalari yanada taraqqiy etdi. Ayniqsa, axsikentlik hunarmandlarning bu borada erishgan yutuqlarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ustasi farang Axsiket xunarmandlari sof po‘latdan mashhur Damashq qilichlari nomi bilan mashhur bo‘lgan qurollar ishlab chiqarganlar. Bu qilichlar toshga ursa kesadigan, egilsa ham sinmaydigan sehrli qurollar hisoblangan. Arab sayyohlarining keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, farg‘onalik ustalar tomonidan ishlagan temir qurollar shu qadar mashhur bo‘lganki, ularni Bobilga qadar olib borib sotganlar2. Aytish joizki, Axsikent o‘tga chidamli gil qozonchalar, ya’ni tigellari yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki ushbu tigellar asl po‘lat ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan3. Bu haqda qadimshunos A.Anorboev shunday yozadi: “Arxeologik izlanishlar davomida shahriston hududida temir va mis eritadigan maxsus pechlar, hunarmandlarning ustaxonalarida esa metall toblaydigan o‘choqlar ham ochildi. Axsikent ustaxonalarida qurilish va xo‘jalik uchun ishlatiladigan oddiy metall buyumlaridan tortib, to egilsa ham sinmaydigan, toshga solsa kesadigan qilich, xanjarlar tayyorlangan. Shunday qimmatbaho qurollardan birining oltin suvi yuritilgan dastasini kichik parchasi joriy 2001 yilda hunarmandlar mahallasidan topildi. Bunday keskir qilichlar maxsus egiluvchan va o‘ta mustahkam po‘latdan tayyorlangan. Axsikent hunarmandlari o‘sha vaqtlarda po‘latning egiluvchanligini oshirish usullarinn yaxshi bilishgan, lekin buni qattiq sir saqlashgan. Ular oliy sifatli po‘latni maxsus idish - tigelda (o‘tga chidamli gil qozoncha) xamda pechda tayyorlashgan. Pechning devorlari xam yuqori xaroratga chidamli tigelga ishlatilgan maxsus loy bilan suvalgan. Bunday pech va tigel 1650-1700 darajali issiqqa chidagan. Tayyor bo‘lgan po‘lat tigelni sindirish yo‘li bilangina olingan. Nima sababdan qimmatbaho idishni sindirishga majbur bo‘lingan? Chunki, texnologik qoidaga muvofiq, metall tayyor bo‘lganda u tigelning tubida qolib, uning usti toshqol bilan qoplangan bo‘ladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Eski Axsi shahristonining xamda 1 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 233. 2 Mes A. Musulmanskiy Renasans. Perevod s nemesskogo, predislovie, bibliografiya i ukazatel. D.E. Bertelsa. M.: Nauka, 1966. S. 345. 3 Bu haqda qarang: Papaxristu O.A. Chernaya metallurgiya Severnoy Ferganы (Pl materialam arxeologicheskogo issledovaniya gorodiщa Axsiket IX – nachala XIII vv.)… aftoref. kan. dis. M., 1985; Sverchkov L.M., Papaxristu O.A. Traditsii masterov-nojevщikov Sredney Azii // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. 1990. № 7. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling