Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet108/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Islom dinining Yettisuvga kirib kelishi hunarmandchillikka, shaxsan kulolchilikka katta ta’sir qiladi. Sopol idishlarni sifatli qilib chiqarishga katta ahamiyat berildi. Idishlar formasining ko‘rinishi o‘zgardi. Shahar va qishloqlarning o‘sib borishi, mustahkam devorlar bilan o‘ralgan shaharlarning ko‘payishi, sopol idishlarni, jumladan ko‘za va xumlarni katta hajmda ishlab chiqarishni talab qiladi. Sopol “dasturxonlar” yasash odat tusiga kiradi. IX—X asrlarda sopol idishlarni (tovoq, kosa, xurma, xum, chiroq va boshqalar) sirlash ham keng tus oladi.
IX—X asrlarda buyumlarga naqsh solishga katta ahamiyat berilgan. Bu davrlarda ashyolarga beriladigan naqshlar turk xoqonliklari va undan oldingi davrdagidan batamom farq qiladi. Qadimdan turklarda buyumlarga hayvon suratini solish odat bo‘lib kelgan edi. Bu asrlarda esa san’atda islom dini talablariga moslashgan o‘simlik naqshdari solish keng ko‘lamda qo‘llaniladi2. Bu uslub ko‘proq ashyolarni bezashda ishlatilgan. Islom dinining ta’sirida Taroz shahri orqali qarluqlar hududiga ba’zi idishlarni arab harflari bilan bezash odat tusiga kirgan.
Tasviriy san’atda o‘simlik naqshlarining joriy etilishi Chu va Ila vodiylarida, Tangritog‘ oralig‘ida yashovchi turkiy xalqlarda qadimdan mavjud bo‘lib kelayotgan haqqoniy (realistik) tasvirning yo‘qolib borishiga olib keladi. Qarluqlar davrida tasviriy san’atda qo‘llanib kelgan geometrik chiziq-shakllar ham yo‘qola boshlaydi. Bu nusxalar Qoraxoniylar davriga kelib batamom qo‘llanilmaydigan bo‘lgan. Lekin, amaliy san’atga kirib kelgan yangi o‘simlik naqshlarining g‘alabasi qarluqlar davrida ham oxiriga yetganicha yo‘q edi. Hayvon surati tasvirlangan ayrim buyumlarning biroz o‘zgartirilgan shakllari hanuzgacha saqlanib qolgan edi1. Masalan,


1 Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni...–B.278- 279.
Suquluq xarobalaridan, arxeologlar tomonidan topilgan ikkala buyumda ham hayvon surati tasvirlangan. Bulardan biri VIII—X asrlarga oid “dasturxon” bo‘lib, uning ustki qismiga (sathiga) itga o‘xshash hayvon surati solingan. Ikkinchi buyum, xum qopqog‘i ustki qismiga ikkita hayvonning (yo‘lbars va sherning) olishib turgan siymosi tasvirlangan”.
Odatda hozirgi davrda sopol idishlarning turini katta kichikligiga qarab, sopol tovoq, xum yoki ko‘za deb atab qo‘ya qolamiz. Biroq qadimda bu idishlarning har birining vazifasiga qarab o‘ziga xos nomi bo‘lgan. Bunga Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida kulolchilikka doir, hamda sopol va yog‘och va suyakdan ishlangan idishlarning turli atamalarini misol keltirish mumkin.
Sir – chini koslarni bo‘yab naqshlash uchun yelimdan tayyorlab qo‘yadigan sir.
Sirlig ajag– naqshlangan kosa.
Esriladi – bo‘yadi, sirladi, ol kizizni esriladi – u kiyizni sirladi, u kiyizni qoplan rangli bo‘yoq bilan (yo‘l-yo‘l) qilib bo‘yadi.
Bart – suv ichilaligan idish (o‘g‘uzcha). Qaziq – yog‘och idish (arg‘ucha).
Chanaq – yog‘ochdan o‘yib ishlangan tuzluq va shu kabi idishlar. Totak – obdasta va boshqa narsalarning jo‘mragi.
Buqach – sopol idish yoki sopol qozon. Ashich buqach ravishida ikki so‘zni birga qo‘shib qo‘llanadi. Qozon – idish.
Doluk – kamchillikli sopol idish, boshi sindirilgan ko‘za.
Sotuk – qoramol va boshqa hayvonlarning shoxidan qilinadigan siyohdon.
Lagun – ichi chuqur qilib yog‘ochdan qilinadigan idish. Unda sut, qattiq va shunga o‘xshash narsalar ichiladi. Yog‘och tovoq.
Buqach – tovoq, qozon, ashich-buqach– qozon-tovoq. Sorgu – qortiq [qon olishda qo‘llaniladigan asbob]. Korka – yog‘och kosa, zang kosa.
Sarinch – yog‘ochdan yasalgan chelak.
Sagraq– suv va boshqa narsalar ichiladigan idish, kosa.
Kenduk – xumga o‘xshatib ishlangan bir narsa. Un va boshqa narsa solinadi.
Tuqurqa – may idishni va obdastaning jo‘mragi. Sirigcha – shisha.
Tamgaliq – kichkina obdasta1. Jugri – lagan.
Huqubari – ma’dan moddalari etiriladigan gilvata idish.
Senak – suv ichiladigan idish. Yog‘ochdan qilingan zarrin kosaga ham bu so‘z qo‘llaniladi (o‘g‘uzcha)2.
Uigur jigach uzun kes, temur qisqa kes – yog‘och kessang uzun kes, temir kessang qisqa kes, chunki temirni cho‘zsa bo‘ladi




1 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 313, 307, 327, 362, 367, 339, 369, 371,
389, 401, 404, 423, 437, 444, 451, 479.
2 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. III tom...– B. 38, 261, 377.
Chunak – yog‘ochdan qilinadigan sut sog‘adigan idish, yog‘och chelak (chigilcha).
Ol ajaq sirlatti – u turklarning idishlari (piyola, kosa)ni naqshlashga buyurdi 1.
Idish – qadah; piyola; yag‘mo, tuxsi, yamak, o‘g‘uz va arg‘ular tilida tos, obdasta, tovoq va laganlarning hammasi “idish ”deb yuritiladi
Sark – sopol idish va uning siniqlari.
Chozin – eritib quyulgan bir turli mis, chozin ashich – mis qozon.
Qaltuq – yovvoyi sigirlar shoxi. Uning ichi kovak qilinadi-da, qimiz va boshqa narsalar ichiladi2.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi mazkur ma’lumotlar bizga chindan ham Qoraxoniylar davrida, ya’ni Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan vaqtlarda kulolchilikning naqadar rivojlanganligidan dalolat beradi.
ShIShASOZLIK. Markaziy Osiyodagi mavjud hunarmandchilik turlari ichida shishasozlikni alohida qayd etib o‘tish lozim bo‘ladi. Arxeologik tadqiqotlar davomida Qoraxoniylar sulolasi davridagi mansub ko‘plab va katta miqdordagi shisha idish va uning parchalari topilgan. Mazkur shisha buyumlar idishlarga shishasozlar yangi usulda ya’ni, yel berish vositada amalga oshirganlar. Bu esa o‘z navbatida shishani yanada pishiq bo‘lishini ta’minlab bergan. Shisha buyumlar turli shakllarda ishlangan bo‘lib, ularning asosiy qismi kundalik turmushda yemak-ichmak uchun mo‘ljallangan chinni, piyola, qadah, ro‘zg‘or buyumlaridan grafin, atir qutilari, siyohdon, zeb-ziynat buyumlaridan shisha taqinchoqlar, tibbiyotga xos buyumlar, flakon (shisha idishcha)lardan iborat bo‘lgan. Shisha buyumlar yashil, ko‘k, qizg‘ish, qora ranglarda ishlangan bo‘lib iste’molda keng qo‘llanilgan. Shishasozlar yel berish usulidan foydalanib buyumlarning tashqi tomoniga xar xil naqshlarni tushirishni mahorat bilan amalga oshirganlar. Afrosiyob, Paykanddan hamda Farg‘ona vodiysining qadimgi Qubo, Axsiket shaharlari yodgorliklaridan topilgan shisha buyumlar yuksak did bilan nihoyat nafis ishlanganligi bilan mashhurdir.
X-XI asrlarda derazaga ishlatiladigan oynalar yasala boshlangan bo‘lib, bu Qoraxoniylar sulolasi davrida yuksak darajaga erishgan. Derazaga ishlatiladigan oyna parchalar Qoraxoniylar hukmronligi ostida bo‘lgan Movarounnahrning qadimgi shaharlari o‘rnidan ko‘p miqdorda topilgan. Deraza oynalari asosan rangsiz qilib yasalgan va ulardan qasr-saroylarni bezashda qo‘llanilgan. Hatto derazaga ishlatiladigan oynalarni gumbazli peshtoqlarga sochib koshin o‘rnida ham ishlatilgan. Bu davrlarda deraza oynalarini ishlatilishi aholini uylaridagi yashashi uchun qator qulayliklar yaratibgina qolmay, inson qo‘li bilan amalga oshirilgan ulug‘ kashfiyotlardan biri bo‘ldi deyish mumkin3.


1 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. II tom...– B. 19, 335, 399.
2 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 92, 335, 388.
3 Qoraxoniylar tarixidan bayon... – B.285-286.
Ta’kidlab o‘tish joizki shishasozlik, ayniqsa farg‘onalik shishasoz hunarmandlar tomonidan ishlangan shisha idishlar Xitoy, Eron, Xuroson va boshqa sharq mamlakatlariga olib borib sotilar edi. Masalan, VII asrlarda Xitoy tilida “boli” deb ataluvchi xuddi tog‘ xrustallini eslatuvchi qimmatbaho shishalar aynan Farg‘onadan Xitoyga olib borilganligi yozma manbalarda ham qayd etilgan1. Ehtimol bu shishalar quvalik ustalar tomonidan ishlab chiqarilgandir. Chunki Quva shishasozlarining mahorati yuksak bo‘lganligini arxeologik topilmalar ham tasdiqlaydi. Qadimshunos olimG.P.Ivanov bu haqda jumladan quyidagilarni bayon etadi:
Rangli shishadan xilma-xil xo‘jalik va attorilik buyumlari tayyorlangan shisha buyumlarning katta kolleksiyasi o‘tgan asrning 50-b0 yillarida to‘plangan. Keyingi yillarda ham shisha buyumlar ko‘plab qayd qilindi, Idishlarning aksariyati paymona va qadahlardan tashkil topgan. Shisha idishlar turli tuman etib bezatilgan. Quva idishlari bo‘rtma va qirqma usulida bajarilgan, unda idishga ipga o‘xshatib yoki naqsh qirqib jilo berib sirtiga yopishtirilgan”2.
Agar o‘sha davrlardagi shishadan yasalgan mahsulot turlarini sanab o‘tsak, hozirgi zamon ilg‘or texnologiyasida ishlash qiyin bo‘lgan idishlarni ham ko‘rib, kishining hayrati oshadi. Tibbiyot asbob-anjomlari, turli xajmdagi qadah va qadahchalar, paymonalar (balandligi 6 sm.dan 15-18 sm.gacha), piyolalar, kosalar, beshik tuvaklari, turli suv idishlari (balandligi 12-35 sm, diametri 6-30 sm), vazalar, moychiroqlar (lyustra), kimyoviy anjomlar, kosmetik buyumlar uchun turli jihozlar, deraza oynalari va boshqa turdagi shisha mahsulotlarning o‘sha davr hunarmandlari tomonidan ishlanganligiga kishi aqli ojizlik qiladi.
O‘zgand, Axsikent va ayniqsa, Qubo(Quva) shahri shishasozlarning markazi hisoblanib, bu shaharlarda maxsus shishasozlik mahallalari ham mavjud edi. Olib borilgan arxeologik qazuv ishlari yuqoridagi shaharlarda shishasozlarning mahallalarini ham aniqlagan. U yerdan topilgan shisha idishlar bo‘lsa, allaqachon Respublikamiz muzeylaridan nodir eksponatlar sifatida joy olishga ulgurgan. Shu o‘rinda Boqijon Matbobevning Qubo shishalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini keltirib o‘tsak:
Quvaning yana bir salohiyati bu qadimdan hunarmandchilik markazi bo‘lishi edi. Ayniqsa, temirchilik va oyna ishlab chiqarish bo‘yicha Quva markazi Markaziy Osiyoda ajralib turar edi. Oyna ishlab chiqarishda Quva ustalari oldiga tushadiganlari o‘rta asrlarda deyarli bo‘lmagan.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling