3. Qoraxoniylar davrida musiqiy-madaniy hayot Qoraxoniylar davrida adabiyot va san'at Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Download 19.27 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi19.27 Kb.
#1503693
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qoraxoniy




MAVZU:Qoraxoniylar davlat tuzumi va uning òziga xosligi


REJA:



  1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi




  1. Qoraxoniylar davlati tuzumi haqida



3. Qoraxoniylar davrida musiqiy-madaniy hayot


4. Qoraxoniylar davrida adabiyot va san'at


Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
X asrning 2-yarmida Qoraxoniylar davlati tarkib topdi. Yangi tashkil topgan davlatning birinchi boshlig’i “bo’kraxon” (ya’ni podshoh) deb ataluvchi davlat unvoniga ega bo’lgan.
Bo’g’raxon boshchiligida Ettisuv turkiylarining O’rta Osiyoning g’arbiy viloyatlari – SHosh, Farg’ona, So’g’diyona va boshqa yerlariga bosqinchilik yurishlari boshlandi.Soliq zulmidan azob chekkan dehqonlar Somoniylar hokimiyatidan norozi bo’lishdi. Eski dehqon zodagonlari markazlashgan amirlik hokimiyati bilan kelishishni xohlamadi.992 yili Bo’g’raxon dehqonlarning talabi bilan Movarounnahrga keldi va bosib oldi. 999 yili qoraxoniylar Buxoroni qo’lga kiritdilar. Avvalambor, markazlashgan davlat tuzumi butkul quladi. 1001 yili Qashg’ardan Amudaryoga qadar cho’zilib, SHarqiy Turkistonni bir qismi, Ettisuv, SHosh, Farg’ona va qadimgi So’g’diyona hududini o’z ichiga olgan qoraxoniylar davlati bilan SHimoliy Hindistondan qariyb Kaspiy dengizining janubiga qadar cho’zilib, hozirgi Afg’oniston va shimoliy-sharqiy Eronni o’z ichiga olgan g’aznaviylar davlati paydo bo’ldi.
Qoraxoniylar mamlakatni sulola vakillari – ilikxonlar boshqaradigan viloyatlarga bo’lish usulini joriy etishdi. Qoraxoniylar hukmdori – garchi poytaxt Bolasog’unda bo’lsa-da, o’zi ko’pincha Qashg’arda yashardi. U Erondagi “shaxanshoh” singari “xonlar xoni” degan unvonga ega edi. 1072 yilga kelib O’zgan poytaxt bo’ldi va XI asr oxirida O’zgan qoraxoniylar saltanatining Farg’ona viloyati markaziga aylandi.Qoraxoniylarning tilshunos olimi Mahmud Qoshg’ariy XI asrda o’zining arab tilidagi “Devonu lug’atit turk” (“Turkiy so’zlar lug’ati”) asarini tuzadi. Yusuf Xos Hojib Bolasog’uniy esa turkiy tilda yaratgan “Qutadg’u bilig” asarida ma’lumot berishicha, qoraxoniylar hunarmandlarga, xususan, temirchi, to’quvchi, etikdo’z, suv tashuvchi va boshqa xil kasb egalariga yaxshi munosabatda bo’lishgan.X asrda yashab ijod etgan jo’g’rofiy olimlar Xorazmning dehqonchiligi rivojlangan, shaharlari ko’p va madaniyati yuksak mamlakat sifatida ta’riflashadi. Ali ibn Ma’mun (997-999) davrida Urganchda ikkita ajoyib saroy qurildi. Abul Abbos Ma’mun (999-1016) o’z saroyida Ma’mun akademiyasi – “Bayt-ul hikma”ni ta’sis etib, atrofiga turli sohaga mansub mashhur SHarq olimlarini to’playdi. Bu erda Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masihiy, mashhur tabib Abulxayr Hammor va boshqa atoqli olimlar shug’ullanishadi. Beruniy “Ma’mun akademiyasi”ning yetakchi a’zosi bo’ldi. U til, falsafa, falakiyot, riyoziyotni o’rgandi; botanika, mineralogiya va boshqa tabiiy fanlar bilan qiziqdi. Alloma XI asr boshida turli xalqlarning yil hisoblari haqidagi ilk yirik asari – “Osorul boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) yoki “Xronologiya” nomli asarini yaratdi. Unda yunonlar, rimliklar, forslar, so’g’diylar, xorazmiylar va boshqa ko’plab elat va xalqlarning barcha davrlari, bayram hamda taqvimlari, Sharq mamlakatlarining madaniyati va adabiyoti to’la bayon etilgan.
Qobusnoma” asarida musiqa masalalari
XI asrning 82-83-yillarida G’arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o’g’li Gilonshohga bag’ishlab o’zining “Nasihatnoma” asarini yaratadi va o’sha davr an’anasiga ko’ra, uni bobosi podshoh SHamsulmaoliy Qobus sharafiga “Qobusnoma” deb ataydi. “Qobusnoma” asrlar mobaynida SHarqu G’arb mutafakkirlarining diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etib kelgan. Bu asar 1702-1705 yillarda turk tiliga, 1786-1787 yillarda Muhammad Siddiq Rashidiy tomonidan uyg’ur tiliga, 1881-yilda Qayum Nosiriy tomonidan tatar tiliga, shuningdek, XIX asrdayoq ingliz, frantsuz, nemis tillariga tarjima qilingan. 1935-yilda esa Tehron universiteti professori, atoqli adib Said Nafisiy “Qobusnoma”ni katta ilmiy sharh bilan nashrdan chiqardi.
“Qobusnoma” ilk bor 1860 yilda atoqli shoir va mutafakkir Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga o’girilgan. Kaykovus o’z davrining qomusiy bilimlarga ega mutafakkirlaridan biri bo’lib, u tibbiyot, falakiyot, ayniqsa diniy bilimlarni mukammal egallagan. Kaykovus qalamiga mansub “Qobusnoma” asarining fazilatlari cheksiz bo’lib, unda ham jismoniy, ham ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning barcha qirralari o’ta zukkolik bilan tahlil qilinadi. SHarq mutafakkirlarining pedagogikaga oid asarlarini o’rganar ekanmiz, ularda har bir ta’limiy-tarbiyaviy masala bilan uzviy bog’langan hikoyatlarga duch kelamiz. “Qobusnoma”ga kiritilgan o’nlab hikoyatlar ham asarning g’oyaviy va badiiy yuksakligini birdek ta’minlagan. SHunisi e’tiborga molikki, “Qobusnoma” asarining muallifi Kaykovus nafaqat ota, shoh, olim, balki insonlarning tashqi ko’rinishiga qarab, ularning ruhiyatini mukammal bilgan ruhiyatshunos bo’lganligi ham o’quvchini hayratga soladi. Buni uning quyidagi maslahatlari orqali bilib olish qiyin emas: “Bir majlisda o’tirsang, majlis ahliga qaragil, agar eshitguvchi qizil yuzlik va moshguruch soqollik bo’lsa, (kuyni) uzluksiz va nozik ovoz bilan chertg’il; agar (tinglovchi) qora yuzlik, ozg’in bo’lsa, (cholg’uni) ko’proq uch tor bilan chertg’il, agar (eshituvchi) oq semiz va rutubatli bo’lsa, musiqani ko’proq baland pardalar bilan chertg’il, sababi bu rud (musiqa asbobi)ni odamning to’rt ta’bi (toifasi) uchun muhayyo qilmishlar”. SHuningdek, muallif musiqaga she’r tanlash borasida ham quyidagi holatlarni nazardan chetda qoldirmaslik kerakligini uqdiradi: “Hofizlik qilsang, she’r yozmoqni ham bilsang, o’z she’ringni aytmoqqa berilib ketmagil, sababi sening she’ring o’zingga xush kelsa ham, boshqaga xush kelmasligi mumkin, chunki hofizlar xalq she’rini o’qiguvchilardur, o’z she’rini o’qiguvchilar emas”. Xulosa shulki, musiqa ijrochiligi-yu, ijodkorligi sohasida ham mukammal bilim va malakaga ega bo’lgan Kaykovus nafaqat farzandiga, balki shu kasbni tanlagan barcha musiqachilarga benazir “Qobusnoma” asari orqali o’zining qimmatli maslahatlarini berib yo’l ko’rsatadi.Kaykovus yirik davlat arbobi sifatida o’g’li Gilonshohga podshohlik, vazirlik kabi ulug’ martabadan tortib, dehqonchilik ishlari-yu, dehqon odobigacha bo’lgan umuminsoniy masalalar xususida ta’lim beradi. Asarning ahamiyati shundaki, barcha zamon va ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda ham yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda “Qobusnoma” o’z qiymatini aslo yo’qotmaydi.

Download 19.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling