Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet113/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   147
Bog'liq
02 (3)

rabodning shaxristonga tutashgan joyining qaysi joyiga bormaylik, qaerni qazimaylik, albatga, tigel parchalarini uchratdik1.
Hunarmandchilik orasida miskarlik yetakchi o‘rinda bo‘lib, mis va bronza idishlarni ishlash texnologiyasining turli usullari qo‘llanila boshladi. Miskarlik, misga bezak berish, bronzadan qo‘yma idishlar yasash hunari ham keng tarqalgan edi. IX-XII asrlarda kumush tanqisligining vujudga kelishi bronza va misdan ishlangan buyumlarni yanada ortib ketishiga olib keldi. Shunday bo‘lsada, bunday mis buyum mahsulotlari ko‘p hollarda keng halq ommasi uchun emas, balki o‘rta tabaqaga mansub aholi qatlamlari va yirik amaldorlarning talabi asosida yasab kelingan2. Chunki, XIX asrga qadar miskarlik buyumlari shaharliklarga xos buyum sanalib, uning turlari ham ko‘p bo‘lmagan. Shu bois xujalikda kam ishlatilgan. Buxoro va Toshkent singari katta shaharlardagi xonadonlar miskarlik buyumlari boylik ramzi sifatida saqlanib kelingan. Ye.M.Peщerevaning keltirishicha, Markaziy Osiyoni ruslar bosib olgunga kadar bo‘lgan davrlarda mis idishlar boylikni saqlash manbai o‘rnida xizmat qilgan. O‘sha paytlarda Markaziy Osiyoda va jumladan Farg‘onada ham miskarlik buyumlariga shu nuqtai nazardan qarab kelishgan. Binobarin, notinch zamonlarda misni yerga ko‘mib qo‘yib, keyinchalik yana uni tanga zarbxonasiga mis tanga zarb qilish uchun topshirishlari mumkin bo‘lgan3. Shu bois ham ayniqsa o‘rta asrlardagi manzilgohlarda mis va bronza idishlar sopol yoki shishalardan farqli o‘laroq, juda kam uchraydi. Buning asosiy sabablaridan biri, mis va bronza buyumlardan vaqt mobaynida qayta eritilib, tanga sifatida zarb etilgan. Uning kamyobligiga boshqa sabablar ham mavjud.
Xom ashyoning kamligi, agar mavjud bo‘lsa ham qayta ishlash jarayoni murakkab ekanligi va unga sifat kiritish bir necha bosqichlardan iborat ekanligi, bozorlarda mis idishlarning narxi yuqori bo‘lishiga, bu esa, o‘z nabatida uning kamyobligiga olib kelgan. Shunga qaramay hozirda o‘sha davrning mis va bronza topilmalariga egamiz. Mazkur topilmalar vositachiligida X-XII asrlarda buyumlarga ishlov berish, ularni did bilan bezash, badiiy-estetik va falsafiy tushunchalarni bu mahsulotlarda keng qo‘llash rasm bo‘lganligini ko‘ramiz. Ayniqsa, copol va mis-bronza idishlarga kufiy yozuvda turli hikmatlar, iliq so‘zlar, she’rlar, Qur’oni karim oyatlari va idish egasiga baraka, sog‘liq, baxt- saodat, boylik, omad tilashdek ezgu istaklarni yozish bu davrning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Islimiy, naqshli bezaklarni tushirish bu davr ustalarining yuqori estetik didlaridan dalolatdir.
Hozirda bu davrga mansub bo‘lgan mis-bronza idishlarning asosiy qismi Farg‘ona vodiysidan topilgan. XX asrning 30- yillarida O‘zgand atroflaridan tasodifan topilgan bir necha mis laganlar ham o‘sha davrga ta’lluqli edi


1 Anorboev A. Qadimgi va o‘rta asrlarda Axsikent ...– B. 18-19.
2 Pugachenkova G.A.,Rempel L.I. Vыdayushiesya pamyatniki izobrazitelnogo isskustva O‘zbekistana. T., 1960. S.158.
3 Peщereva Ye.M. Goncharnoe proizvodstva Sredney Azii. M.: Nauka, 1959. S.4.
(ular hozirda Farg‘ona Viloyat o‘lkashunoslik muzeyida saqlanmoqda). Keyinroq, Qubo, Axsikent, Marg‘inon, Novkat, O‘sh singari qadimiy shahar hududlari va boshqa manzilgohlardan ham mis-bronza idishlar – mis lagan, piyola, paymona va boshqa buyumlar topilgan. Ularning ba’zisi naqshinkor bezaklar bilan bezatilgan bo‘lsa, ayrimlariga mutlaqo bezak berilmagan.
1999 yili tarix fanlari nomzodi G.P Ivanov tomonidan Rishton tumani markazi yaqinidagi Sohibi Hidoya qabristoni hududida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ham shunday idishlarning bir turkumi topildi. Agar O‘zgand idishlari bezagida turli qushsifat (semurg‘) ayollarni ko‘rsak, Rishtondagi idishlar faqat ko‘zalardan iborat va ulardagi tasvirlar ham butunlay o‘zgacha. Bu yerdan to‘rta bronza ko‘za topilgan bo‘lib, ular orasida yana bir necha qism boshqa idish qoldiqlari ham mavjud. Rishton ko‘zalaridan birida aniq naqshinkor bezaklar, turli tasvirlarning tushirilishi, yozuvlarning ravshanligi va saqlanishi bilan avvalgi topilmalardan ko‘ra ahamiyatliroqdir1.
Ko‘zaning umumiy kattaligi -36 sm; tagligining balandligi -2sm, diametri -10 sm; qorin qismning balandligi-15,5 sm,diametri -17 sm; idish bo‘g‘zining balandligi 18,5 sm, diametri -11 sm. ni tashkil etadi. Ko‘zaning qorni noksimon ko‘rinishda bo‘lib yuqoridan yassilangan. Bo‘g‘zi esa yuqoriga qarab kengaygan. Ko‘zaning og‘zi qushlarning boshi shaklida ishlangan bo‘lib, bir tomoni singan. Idish og‘zini qush boshi shaklida ishlaganligining sabablaridan biri o‘rta asrlarda qushlarni ardoqlash tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Ko‘zada ifodalangan qush boshi ko‘proq kaptarning boshining shakliga ham o‘xshaydi.
Ma’lumki, qadimda Markaziy Osiyo xalqlari orasida kaptar, tovus, tustovuq va kakliklar yorug‘lik va go‘zallik, tinchlik va xotirjamlik ramzlarini o‘zida mujassam etuvchi jonzotlar sifatida ko‘rilib, VI-VII asrlardagi mato, metall hamda devordagi suratlarda o‘z ifodasini topgan2.
X-XII asrlarga kelib esa, bu qushlar hunarmandchilikda “baxt qushi” timsolida tasvirlana boshladi. Masalan, bu davrda Eronda ishlangan metall va sopol buyumlarda tovus yomon ko‘zdan asrovchi qush sifatida tasvirlash an’anaviy tus olganligini nazarda tutsak3, qadimgi rishtonlik hunarmandlarning mehnatida ham ushbu qushlar to‘g‘risidagi tushunchalarda qadimgi diniy qarashlarning ta’siri sezilib turganligini ko‘rsatadi. Ko‘za dastasini qorin qismi bilan tutashgan 9 sm.lik qismi saqlanib, qolgan qismi sinib ketgan. Ushbu ko‘za O‘ratepadan topilgan va Tojikistonning janubiy hududidan topilgan bronza ko‘zalarning aynan o‘ziga o‘xshab ketadi4. Mazkur idishlarning barchasida arab tilida kufiy yozuvda, barakat, saodat,


1 Bu haqda qarang: Abdulahatov N. Rishtondan topilgan bronza ko‘za // O‘zbekiston moddiy madaniy yodgorliklar tarixi. T., 2004. № 26.
2 Rempel L.I. Sep vremen. T., 1987. S. 47.
3 Lunina B.A. Zoomorfnыe syujetы v keramike so shtampovannoy ornamentatsiey iz goncharnoy masterskoy XII-XIII vv. v kvartale keramistov Starogo Merva // Trudы TashGU. T., 1960.№5. S.86.
4 Drevnosti Tadjikistna D., 1985. S 324.
salomatlik so‘zlari tushirilgan bo‘lib, ushbu mazmundagi so‘zlar Eronda ishlangan bronza idishlarda ham uchraydi1. Biroq Rishton ko‘zasida bu so‘zlar ko‘za bo‘g‘zisining yuqori va quyi qismida va qorin qismidagi lentasimon belbog‘ida ham uch marta qayta takroran ifodalangan.
Rishton ko‘zasidagi hayvonlar tasviri bugunga qadar o‘zining yagonaligi bilan ajralib turadi. Ushbu ko‘zada senmurv (semurg‘) deb ataluvchi qanotli itlar jangi va “hayvonlar poygasi” deb nomlanuvchi mavzu tasvirlangan.
Ma’lumki, dastlabki paytlarda shariatda jonli mavjudotni aksini tushirishni man etuvchi qonun yoki qoida bo‘lmagan. Ammo keyinchalik yuzaga kelgan diniy sharhlarda faqat jonsiz mavjudotlarni rasmini solish mumkinligi qayd etilgan. Shu sababdan islom talablariga bo‘ysunish oqibati o‘laroq bezakli san’atda monumental naqqoshlik rivoj topdi, arab yozuvining o‘zlashtirilishi bilan bezaklarda san’atda unvonli yozuv (epigrafika) paydo bo‘ldi. Yozuvlarning mazmuni ma’lum darajada bezaklarning ususiy tarziga bo‘ysundirilib, yozuvning o‘zi ham naqsh vazifasini ado etgan2. Garchand bu davrlarda islom real dunyoni, tirik mavjudotlar tasvirini chizishga nisbatan ma’lum bir ta’qiqlar mavjud bo‘lsa-da, islom dining Markaziy Osiyodagi dastlabki yuz yilliklaridagi faoliyatida ushbu ta’qiqlangan hayvonlar tasvirlari sirli sopollar va metall buyumlarda paydo bo‘ladi.
Bunga mahalliy xalqlarning xotirotida juda uzoq vaqtlargacha saqlangan va avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelgan qadimgi afsonalarning aks etish sababidir3.
Shu vaqtga qadar Markaziy Osiyo hududlarida qadimshunoslar arxeologik qazimshmalar chog‘ida afsonaviy mavjudotlar, ya’ni sfinkslar – to‘rt oyoqli qanotli sher tanasidagi ko‘proq ayol jinsidagi odam; sher grifonlar – qush kallali kanotli sherlar; qiz qushlar – odam boshli qushlar, ya’ni semurg‘lar; senmurvlar – qiyofasida qush va itni, shuningdek, baliqni mujassam etgan qanotli itlar tasviri tushirilgan yigirmadan ziyod bunday buyumlarga duch kelgan bo‘lsalarda, tasvirlar ichida qanotli qush itlar, ya’ni senmurvlar tasviri kamdan kam uchratilgan4. Bu esa o‘z navbatida Rishtondan topilgan bronza ko‘zaning naqadar tarixiy qimmatga ega osori-atiqa ekanligidan dalolat beradi.
Tarixdan ma’lumki, senmurvlar, ya’ni kanotli itlar obrazi Markaziy Osiyoning ilk yozma manbalarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, senmurv timsolida zamin, suv, havoning uyg‘unligi mujassamlashtirilgan edi5.
K.V.Treverning ta’kidlashicha, senmurv tashqi ko‘rinishi jihatidan an’anaviy grifonlarga o‘xshaydi. Unga ko‘ra, zardo‘shtiylikning muqaddas




1 Ivanov. A.A. Bronzavaya chasha iz Xunzaxa // Xudojestvennыe pamyatniki i problemы kulturы Vostoka. L.: Nauka, 1985.S.202—203.
2 Azimov I. O‘zbekiston naqshu nigorlari...– B.6.
3 Isomiddinov M.X. Sopolga bitilgan tarix. T.: Fan, 1993. – B.42.
4 Xakimov A.A. Izobrazitelno-ornamentalnыe obrazы i motivы prikladnogo iskusstva
// Xudojestvennaya kultura Sredney Azii IX-XIII vekov. T., 1983. S. 98.
5 Rempel L.I. Sep vremen... S.87.
kitobi “Avesto”ning bir necha qismida senmurv nomi tilga olinib o‘tilgan1. Dastlabki vaqtlarda bu kosmik mavjudot insoniyatning tabiatdagi dushmanlariga qarshi kurashib kelgan. Keyinchalik senmurv chorvani va o‘simliklar dunyosini himoya qiluvchi xomiy vazifasini bajargan. Bu maxluqning kosmik va mifologik vazifasi o‘z ahamiyatini yuqota boshlagach, u semurg‘ qush nomi bilan atala boshlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, senmurv timsoli tushirilgan tasviriy san’at yodgorliklarning eng qadimgisi eramizdan oldingi VI asrlarga oiddir. Biroq senmurvning tasviri ifodalangan buyumlarning saqlanib kolgan asosiy qismi Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar davri san’atiga to‘g‘ri keladi. Arab istilosi tufayli senmurv obrazi bir qancha o‘zgarishlarga uchradi. Binobarin, ortodoksal islom o‘zidan avvalgi barcha diniy qarashlarga, shu jumladan zardushtiylik dinidagi muhim o‘rin tutgan it bilan bog‘liq diniy qarashlarga barham berdi. Vaqtlar o‘tishi bidan badiiy adabiyotdagi senmurv obrazini tasvirlash an’anasi yo‘qolib, undagi qush bilan bog‘liq jihatlari semurg‘ qush qiyofasida namoyon bo‘ldi. Shu tarzda senmurvni tasviriy san’atdagi ifodasini siqib chiqardi. Bu arablardagi mavjud ruh va anqo singari semurg‘ sifat afsonaviy qushlar bilan bog‘liq bo‘lgan qarashlarda ham o‘z ifodasini topgan.
Qadimgi Panjikent devorida tasvirlangan suratda senmurv yer va narigi dunyo hukmdorining belgisi sifatida ma’budaning taxtining bezab turgan2. San’atshunos olim A.A.Hakimovning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyonining IX-XIII asrlardagi buyumlarida senmurvning islomdan oldingi ikonografiyasi (it tumshuqli va qush dumli hamda kanotli, baliq tangali) ko‘rinishi uchramagan. Faqatgina Varaxshadan topilgan chirog‘dondagi tasvir senmurvning kanonik variantiga ko‘proq o‘xshab ketadi3.
Xulbukdan topilgan shisha flakon parchasidagi senmurv ham, Ko‘hna Fazli shahristonidagi sopol idishdagi va Samarqandagi qoliplagan medalonga tushirilgan senmurvlar tasviri ham o‘zgarishga uchragan bo‘lib, xatto medalondagi senmurvlar qanotsiz tasvirlangan. Shunday ekan, Rishton bronza ko‘zasidagi senmurvlar baliq tangasi va qush dumisiz tasvirlangan bo‘lsada, biroq IX-XIII asrlarda topilgan senmurvlar tasviri ichida kanonik senmurvlarga o‘xshashlik jihatidan juda yaqindir. Ayniqsa, o‘sha davrga oid bronza idishlar ichida senmurvning tasviri tushirilgan bronza ko‘za sifatida hozirgacha yagonadir. Ko‘zada ikki senmurv biri-biriga orqasini o‘girib jangga shaylangan holati tasvirlangan bo‘lib, tanasi tuzilishi jihatidan qoplon tanasiga va tumshug‘i tulki tumshug‘iga o‘xshaydi. Xuddi shunday senmurvlar tasviri Parij milliy kutubxonasida saqlanayotgan kumush idishda ham ifodalangan edi4.
Ikkalla senmurvning dumi gajaksimon shaklda bir-biriga tutashgan. Yu.A.Rapoportning keltirishicha, it qush to‘g‘risidagi qadimgi tasavvurlar


1Xakimov A.A. Izobrazitelno-ornamentalnыe obrazы... S. 98
2Rempel L.I. Sep vremen... S.67.
3 Xakimov A.A. Izobrazitelno-ornamentalnыe obrazы... S. 104.
4Bank A.V. Prikladnoe iskusstvo Vizantii IX-XII vv. M.,Nauka,1978. S. 57.
turkiy xalqlardan biri bo‘lmish qozoqlarda hozirga qadar saqlanib qolgan. Unga ko‘ra, ko‘rinishi g‘oz bilan o‘rdakka o‘xshash bo‘lgan qushni qozoqlar “it ola g‘oz” deb ataganlar. Ular bunday qush kuchuk bolasini ochib chiqishga qodirdeb hisoblaganlar. Shuningdek, bunday it qushlar dunyodagi eng baxtli odamlarning qo‘ligagina tushib, ularga rohat-farog‘at ato etadi, deb tushunganlar1. Bu xil qarashlar Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham o‘z ifodasini topgan:
Baraq baroq, serjun it. Turkiy xalqlar e’tiqodiga ko‘ra, burgut, qariganda ikkita tuxum qo‘yib, ularni bosar emish, Tuxumlarning biridan o‘sha baraq otli kuchuk paydo bo‘lar emish. Itlarning eng tez yuradigani va ovni qattiq saqlaydigani o‘sha Baraq itdir. Ikkinchi tuxumidan jo‘jasi chiqar emash. Bu uning jo‘jalarini oxirgisi bo‘lar emish”2.
Rishtondan topilgan bronza ko‘zada Senmurvlar tasviridan tashqari idish qornining quyi qismida “hayvonlar poygasi” yoki “it poygasi” mavzusi tasvirlangan bo‘lib, unda arslon qoplonni, qoplon tulkini, tulki itni, it quyonni quvlayotgan holati ifodalagan. Bir qarashda mazkur hayvonlar tasviri hech bir ma’noni anglamayotgandek tuyuladi. Biroq sinchkovlik bilan nazar solgan kishi ko‘zada hayvonlarning oddiy poygasi tavirlamaganligini tushunib yetadi. Binobarin, doira bo‘ylab harakatlanayotgan ushbu ertak kahramonlari obrazi zamirida o‘zga bir ma’no, ya’ni chuqur bir falsafiy qarash yotadi. Chunonchi, antik davrlardayoq ushbu mavzu masal dostonlarda o‘z aksini topgan. Eramizdan avvalgi II asrda yashab utgan yunon shoiri Fedr Babriy quyoni kuvib tuta olmagan it haqidagi masalni yozar ekan “ Qachondir boshqani ovlash yoki o‘z terisini saqlab qolish o‘rtasida katta farq bor” degan iborani keltirib o‘tgan edi. Sharqda mazkur ov poygasi qadimdan kosmogonik ahamiyat kasb etib, u bilan tabiatning harakatlanishi to‘g‘risidagi tushunchalar ham bog‘liq bo‘lgan3.
IX-XII asrlarga kelib ushbu tushunchalar o‘z mohiyatini yo‘qota boshladi. “Hayvonlar poygasi” mavzusi bu vaqtga kelib ko‘proq ertaklar bilan bog‘liq manzaralarni eslatuvchi obrazlar sifatidaifodalanib kelindi. Jumladan, Xulbukdan topilgan XI asrga oid ikkita sopol idishda, O‘zbekiston xalqlar tarixi muzeyida saqlanayotgan bronza xovonchada, Kirg‘iziston tarixi muzeyidagi bronza kosada, Turkmanistonning qadimgi Nisa shahridan topilgan sopol idishda, Rossiyaning Ermitaj moziygohida saqlanayotgan bronza kosada va Afg‘onistonning Oltin tepa manzilgohidan topilgan sopol idishda “Hayvonlar poygasi” tasviri tushirilganlgan edi. Rishtondan topilgan broza ko‘zadagi “Hayvonlar poygasi” tasviri bo‘lsa, XX asrning so‘ngi yigirma yili ichidagi yagona topilma xisoblanadi. Ko‘zadagi hayvonlar xalq ertaklaridagi obrazlarni ifodalasada, biz ularda qadimgi Farg‘ona xalqlarining ma’lum bir tarixi va qarashlarini aks etganligini ko‘rishimiz mumkin. Alalxusus rus yozuvchisi A.N.Tolstoy “Ertaklar orqali


1Rapoport Yu.A. Kosmogonicheskiy syujet na xorezmiyskix sosudax // Srednyaya Aziya v drevnosti i Srednevekove. 1977.S.58.
2 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 359.
3 Rempel L.I. Sep vremen... S.67.
ming yillik tarix bizning ko‘z oldimizda gavdalanadi” deb aynan mana shunday ramziy obrazlar to‘g‘risida fikr yuritgan edi1. Shu o‘rnida bronza ko‘zadagi hayvonlar obrazi haqida.
Ma’lumki, antik davrlardayoq arslon bilan bog‘liq mavzular taviriy san’at va hunarmandchilikda keng tarqalgan edi2. Xususan xar bir osmon yoritqichisining ham o‘z ramziy belgisi bo‘lgan. Masalan, sher quyoshning ramziy belgisi sifatida kuch-qudratni ifodalab kelgan. Chunonchi qadimgi Sharqda sher va quyosh ham jangchi Mitra kultiga xos belgilardan biri tariqasida qaralganligi ma’lum. IX-XII asrlarda yaratilgan badiiy asrlarda ham quyosh va sher obrazi pahlavoning kuch-qudratini ifodalashda badiiy vosita sitfatida qo‘llanilib kelindi. Bu haqda Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarida keltirilgan quyidagi misralarda o‘zining yorqin ifodasini topgan:

Bu so‘zni eshitib, kulib der Piron:


“Qolmas ekan asli, hunari pinxon!”

Otga mindiyu yulga tushdi u,


Quyosh yuzli sherga bo‘ldi ro‘-baro‘3.(Shoxnoma. 1975. 699-bet).

Me’morchilik obidalarida sher tasvirini qo‘llanishi ham qadimgi qarashlar zamirida yuzaga chiqqan. A.A. Romaskeevich g‘arbiy Erondagi qabr ustiga quyilgan shersimon qabrtoshlari g‘ayrat va yengilmas kuch qudratni ato etuvchi iloh sifatida talqin etilishini ta’kidlab o‘tgan edi4. Shu bois ham ilk o‘rta asrlarga oid Xitoy yozma manbalarida Kuchi (Qoshg‘ar) hukmdorining taxti oltindan yasalgan sher ko‘rinishida bo‘lganligi qayd etiladi5.


Malumki, Farg‘ona vodiysining qadimgi shaharlaridan biri bo‘lgan Qubo shahristoni xarobalarid olib borilgan arxeologik qazishmalar chog‘ida qadimshunoslar tomonidan VII asrga oid sher tasviri tushirilgan sopol idish qoldig‘i ham topilgan edi6. Bizningcha, Islomga qadar maxalliy xalq orasida sher kultini mavjudligi bu yerdagi hunarmandchiigda ham o‘z aksini topgan ko‘rinadi.
Aytish joizki, turkiy xalqlarda tulki ham qadimdan muqaddas hayvon sifatida e’zozlab kelingan7. Shu bois XII-XIII asrlarga mansub Markaziy Osiyo xalqlari hunarmandchiligida tulki obrazi ham tasviriy sifatida qo‘llanib




1 Afzalov M.I. O‘zbek ertaklari haqida. T.: Fan, 1964. – B. 3.
2 Vorobeva. M.G. Izobrajenie lvov na ruchkax sosudov iz Xorezma // IE. XXX. 1958.S.47-53.
3 Abulqosim Firdavsiy. Shohnoma. Forsiydan Shoislom Shomuhamedov tarjimasi. Birinchi kitob. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1975. – B. 699.
4Lunina B.A. Zoomorfnыe syujetы...S.92.
5 Bichurin. N.Ya Sobranie svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v drevnie vremena .II. M.-L.,1950. S.256.
6 Bulatova V.A. Drevnya Kuva. T.:Fan, 1972. S.44.
7 Alekseev N.A. Rannie formы religii tyurko-yazыchnыx narodov Sibiri. Novosibirsk.: Nauka 1980. S.96-97.
kelingan. Turkmanistonning qadimgi Marv shahri hududlaridan topilgan sopol idishlardagi tulki tasvirlari ham fikrimizni yaqqol dalilidir1.
Ma’lumki, tulki jahonning boshqa xalqlari ertaklaridagi kabi o‘zbek xalq ertaklarida ham ayyor, olg‘ir, yolg‘onchi hayvon bilan birga insonlarga yordam beruvchi sehrli kuchga ega xomiy jonzot sifatida tasvirlanadi. U donoligi tufayli doim mushkul vaziyatda ham yul topa biluvchi aqlli hayvon hisoblangan. Uning bu jihatlari “Tulkining taqsimoti” ertagida ham aks etgan.
Kunlarning birida eshak, arslon va tulki birga quyon, qirg‘ovul va bir kiyik ovlab, o‘zaro bo‘lishmoqchi bo‘libdilar. Bu vazifani eshak o‘z zimmasiga olib kiyikni arslonga, quyonni o‘ziga, qirg‘ovulni tulkiga qo‘yibdi. Shu payt arslon bir hamla qilib, eshakni yeb qo‘yibdi. Taqsimotni u tulkiga topshirgan ekan, tulki butun o‘ljalarni arslon oldiga surib qo‘yib, “qirg‘ovul nonushtangizga, kiyik tushki ovqatingizga, quyon esa kechki taomingizga bo‘lsin”, depti Arslon: “Bunday bo‘lishni kimdan o‘rganding”, deb so‘rasa, tulki: “Taqsir eshakdan”, deb javob beribdi”2 .
“Hayvonlar poygasi”dagi asosiy obrazlardan bir bu it obrazidir. Arxeologik qazishmalar chog‘ida topilgan qabrlardagi it suyaklari shuni ko‘rsatmokdaki, Markaziy Osiyo xalqlari marhumlarga narigi dunyoda yaqin yordamchi bo‘lishi uchun itlarni ham birga ko‘mganlar. Bu o‘rinda it marhumning narigi dunyoga kuzatuvchi hamrohi va qo‘riqchisi vazifasini bajargan3.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da aytilishicha, it ezgulik xudosi Axuramazdaning siylangan jonzoti bo‘lib, agar it o‘lsa uni xuddi insonlarga ko‘rsatilgan ehtirom singari dafn etilish lozim bo‘lgan. Chunki Yer yuzidagi itlar narigi dunyoda Chinvot ko‘prigidan o‘tayotgan marhumlar ruhiga yordam beradilar. Ular Chinvot ko‘prigidan o‘tayotgan vaqt yovuz ruhlar va devlar marhumlarning ruhlariga egalik qilmoqchi bo‘ladilar. Shunday paytda itlar vovullab yovuz ruhlarni ko‘rqitib turadilar4. Shu sababdan Markaziy Osiyo xalqlari orasida yovuz ruhlarga qarshi kuchukni chaqirib afsunlar qilish odati saqlanib qolgan5. Garchand IX-XII asrlarga kelib, ortodoksal Islom it bilan bog‘liq ayrim qarashlarni qoralangan bo‘lsada, tasavvuf tariqati vakillari dunyoqarashida it bilan bog‘liq tushuchalar muhim ahamiyat kasb etdi. Bu holatni Kubroviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro hayoti misolida ko‘rsa bo‘ladi: “Bir kun muridlari bilan suhbat asnosida gap as’hobi Kahf bilan g‘orga kirib jannatiy bo‘lgan it haqida borardi. Sa’diddin Hamaviy dediki: “Oyo bu zamonda andoq kishi bo‘lgaykim suhbati itga asar qilgay? Shayx Najmiddin Kubro bu so‘zni eshitgandan keyin karomat nuri bila ma’lum qildilar va qo‘pib xonaqoh eshigiga borib turdilar. Shu payt bir it kirib keldi. Shayxning nazari ul itga tushdi. It o‘zga itlardan ajralib mutaxayyir va


1 Lunina B.A. Zoomorfnыe syujetы...S.90.
2 Afzalov M.I. O‘zbek ertaklari hafida. T.: Fan, 1964.–B.29.
3 Litvinskiy B.A. Sedov A.V. Kulti i ritualы Kushanskoy Baktrii. M.:Nauka, 1984.S.164.
4 Meri Boys. Zoorastriysы (verovaniya i obыchai). M.:Nauka, 1987. S.165.
5 Braginskiy I.S. Iz istorii Tadjikskoy narodnoy poezii. M.:Nauka, 1956.57.
bexud bo‘lib boshini yerga surtar edi. Boshqa itlar uni tavof qilganday atrofida yurardilar. It xonaqohdan ketmadi va oxiri shu yerda o‘ldi. Hazrati shayx uni odamlarday yuvib, dafn etdilar”1.
Rishtondan topilgan bronza ko‘zadagi it tasviri ko‘proq turkman ovchi tozi itlariga o‘xshab ketadi. Chunki o‘rta asrlarga oid hunarmandchik buyumlarida tasvirlangan it obrazi ko‘proq turkman tozilarga o‘xshashligini akademik M.E.Masson ham ta’kidlab o‘tgan edi2.
“Hayvonlar poygasi”dagi quyon obraziga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Zero, quyon obrazini tasvirlash qadimgi skiflar tasviriy san’atida ham keng o‘rin olgan edi. Qadimgi Yunon tarixchisi Herodot quyon skiflar hayotida muqaddas sanalganligi aytib bu haqda quyidagi voqeani bayon qiladi: “Piyoda va otliq skiflar forslarga qarshi janga jangovar holatda tizilishgan vaqt ularning orasidan quyon chopib o‘tdi. Uni sezishib qolgach, o‘sha onda quvishga tushdilar. Ularda qiy-chuv baqiriqlar boshlangach, Doro dushman orasida ko‘tarilgan to‘s-to‘polonning sababini so‘radi. Ularni quyon ortidan quvishayotganligini bilgach, u “Bu odamlar bizni umuman nazariga ilmayaptilar va endi menga barchasi tushunarli. Gobriy skiflar sovg‘asini ma’nosini to‘g‘ri tushuntirgan ekan. Vaziyat shunday bo‘lmoqdaki, qaytishimizni ta’minlashni bizga chuqur o‘ylab ko‘rishni taqozo etadi”3.
Skiflar madaniyatida quyon bilan bog‘liq motivlarni ko‘plab uchrashini qadimshunos Ye.E. Kuzmina quyidagicha talqin etadi. Unga ko‘ra Amudaryo xazinasidagi kumush buyumda tasvirlangan quyon ovi syujeti osetinlarnin Nart eposida ham o‘z aksini topgan. Ushbu eposning bosh kahramoni Hamis ovida uchragan oq quyon qiyofasidagi suv xudosining qizini Yer yuzining chekkasiga qadar quvib boradi. Ye.E. Kuzmina ushbu syujetni skiflar mifologiyasi bilan bog‘laydi. Ushbu mifga ko‘ra skiflarning ilk ajdodi suv xudosining qizi bo‘lgan. Agar Osetin dostoni va skif mifologiyasini kelib chiqishi umumiy genezisni tashqil etsa, u holda quyon chindan ham suv stixiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qolaversa, Farg‘onaning antik davriga oid qabrlaridan birida topilan bronza uzukdagi quyon tasviri ham bejiz ishlanmagan edi. Binobarin, quyon tasviri nafavat ziynat sifatida balki shu uzukning egasi uchun ma’lum bir ilohiy xususiyat ham kasb etganligi ehtimoldan xoli emas. Shuningdek, kadimgi Xitoyda Oyda Oy quyoni yashashi haqida tasavvurlar bo‘lib, bu keyinchalik buddaviylikka xos afsonalarda ham o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra rostgo‘yligi tufayli quyon Budda tomonidan Oyga yuborilgan ekan. Shu bois xitoyliklar quyonni farovonlik va hayvonlar xudosining yuldoshi deb qarab kelganlar4.
Ushbu ma’lumotlar bizga YevroOsiyo xalqlari dunyoqarashida qadimdan boshlab quyonni ardoqlanishi va bu qarashlar o‘z navbatida tasviriy san’at va





S. 26.
1 Komilov N. Najmiddin Kubro. T., 1995.– B.25-26.
2 Xakimov A.A. Izobrazitelno-ornamentalnыe obrazы... S. 107.
3 Raevskiy D.S. Model mira skifskoy kulturы. M.: Nauka, 1985.S.62.
4 Ilyasova S.R., Ilyasov Dj.Ya. Naxodka iz Axsiketa // Vexi vremen. Almanax -89. T., 1989.

milliy hunarmandchilikda keng o‘rin topganligini ko‘rsatadi1. Masalan, XII asrga oid Markaziy Osiyodan topilgan osori – atiqalarda quyon tasviri tushirilgan sopol va metall buyumlarga duch kelingan2. Qolaversa, Axsikentdan topilgan chirog‘dondagi quyon tasviri ham buni tasdiqlaydi3.
Qadimshunos A.A.Ivanovning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyoning turli yerlaridan shu vaqtga qadar topilgan XI-XII asrlarga oid bronza buyumlarning asosiy qismi Movarounnahrning shimoli-sharqiy qismida ishlangan bo‘lib, bu hozirgi Farg‘ona vodiysi hududlariga to‘g‘ri keladi4. Quva, Rishton hamda Axsikent singari Farg‘ona vodiysining qadimgi shaharlaridan topilgan o‘rta asrlarga oid bronza buyumlardan ko‘rish mumkinki, farg‘onalik hunarmandlar tomonidan ishlab chiqargan mazkur idishlar, o‘zining ixchamligi va ko‘rkamligi bilan Xorazm, Samarqand, Buxoro buyumlari bilan raqobatbardoshlik darajasida bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida Farg‘ona hunarmandlarining miskarlik borasida taraqqiy etganligidan dalolat beradi.
Shu sababdan Rishtondan topilgan bronza ko‘za bizga shu vaqtga qadar kam o‘rganilgan Burhoniddin Marg‘inoniy davridagi Farg‘ona hunarmandchiligi to‘g‘risidagi tushuncha va tasavvurlarimizni boyitishda muhim o‘rin tutadi.
Sanab o‘tilgan hunarlardan tashqari boshqa hunar turlari ham mavjud ekanligi tabiiy, albatta. To‘qimachilik, yog‘och o‘ymakorlik, temirchilik, ipakchilik, ko‘nchilik, qog‘ozgarlik, kashtachilik va boshqa hunarlar bu davrning keng tarqalgan va taraqqiy etgan sohalaridan edi. Ularning ayrimlari keyinchalik rivojlandi, ayrimlari esa yangi davrga qadar ham ibtidoiy shaklni saqlab qoldi. Masalan, qog‘oz ishlab chiqarish X1X asr oxirlariga qadar shu davr usulidagi holatda tayyorlangan.
“Abu Muslim” qissasida o‘sha davrda 25 dan ortiq muhim hunar turlari mavjud ekanligi aytilgan. Bulardan tashqari, yuqoridagi sohalarning ichidagi mayda hunar turlari ham bor ediki, ularning ahamiyati u qadar muhim deb qaralmagan va boshqa hunarlar qatorida sanalmagan edi. Yirik hunarlarni egallagan usta, boshqa “mayda hunar” turlarini ham bilishi oddiy hol hisoblangan. Keyingi davrlarda, ayniqsa, Temuriylar va so‘nggi xonliklar davrida mayda hunarlarga ham alohida hunar turi sifatida qaraladigan bo‘lib qoldi. Ya’ni, ixtisoslashtirilgan hunar turlari paydo bo‘ldi va alohida maktablar asosida taraqqiy etdi. Aynan temirchilik sohasida bu holat yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Taniqli elshunos olim Iso Jabborovning ta’kidlashicha, XIXasr oxirlari – XX asr boshlarida o‘zbek temirchiligi shunchalik rivojlanganki, uning ichida mehnat taqsimoti


1 Kыzlasov L.R, Korogol G.G.Dekorativnoe iskusstvo srednevekovыx xakassov kak istoricheskiy istochnik.M.:Nauka, 1990. S. 133.
2 Lunina B.A. Zoomorfnыe syujetы...S.94.
3 Ilyasova S.R., Ilyasov Dj.Ya. Naxodka iz Axsiketa... S. 26.
4Ivanov A.A. O proizvodstve bronzovыx izdeliy v Maverannaxre v domongolskoe vremya
// KSIMK. M.:Nauka, 1970. №122. S.104.
asosida mustaqil sohalar yuzaga kelgan. Bu vaqtlarda metall ishlab chiqarish 19 ta kasbga bo‘lingan edi1.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling