Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


BURHONIDDIN MARG‘INONIY DAVRIDAGI DEHQONChILIK VA HUNARMANDChILIK MADANIYaTI


Download 1.2 Mb.
bet101/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   147
Bog'liq
02 (3)

BURHONIDDIN MARG‘INONIY DAVRIDAGI DEHQONChILIK VA HUNARMANDChILIK MADANIYaTI


DEHQONChILIK. Movarounnahr hududida Qoraxoniylar sulolasi davridagi dehqonchilik ahvoli qanday edi? Qisqacha qilib aytganda Somoniylar sulolasi vaqtidagiga qaraganda taraqqiy qilganmi yoki orqaga ketganmi? degan masalada bir-biriga zid keluvchi qarashlar ham bor.
Ma’lumki o‘rta asr sharoitida aholining o‘troqlashish jaryoni hali davom etardi. Lekin bu davrga kelib yirik shahar va qishloqlar atrofida o‘troqlashib qolgan aholi yashaydigan uluslar soni anchagina ko‘paygan va u yerlarda yashovchi o‘troq aholining asosiy mashg‘uloti dehqonchilikdan iborat edi.
Shaharlar bilan qishloqlar orasida demak kosib, hunarmandlar orasida aloqaning tobora rivojlana borishi tufayli dehqonlarning ijtimoiy, iqtisodiy hayotda tutgan o‘rinlari, mavqelari tobora o‘sib bordi Keyinchalik esa dehqonlar (tarig‘chilar) mamlakatni, butun aholini xom ashyo bilan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlovchi birdan-bir kuchga aylanib qoldi. Dehqonlarning jamiyat hayotidagi bu rolini to‘g‘ri tushuna olgan Yusuf Xos Hojib ularni mehnatini juda yuqori baholab, o‘zining “Qutadg‘u bilik” asarida jumladan shunday yozadi:

Tarig‘chi turur ko‘r, taqi bir qutu, Kerakli kishilar turur bu butu.


Bularning bila san qatil ham qaril, Bo‘g‘uzdin singar san saqinchsiz saril.


Qamug‘ tabranurka bulardin asig‘, Tuzuka tegir yem, ichidin tatig‘.


Mazmuni:

Erur dehqon ahli yana bir turi, Kerakli kishilar bular o‘zlari.

Ular birla qil hush aloqa pesha, Ozuqa jihatdan xotirjam yasha.


Jami tebranurga ular nafi bor, Bo‘lar hamma ne’matidan bahravar1.






1 Karimov Q. Ilk badiiy doston, T.: Fan, 1976. – B. 77-79.
Shu o‘rinda Yusuf Xos Hojib yashagan davr va kitob kimga taqdim etilganligini yana bir bor yodimizga olib ko‘raylik. Ma’lumki, Qoraxoniylar davrida yashab o‘tgan Yusuf Xos Hojib kitobni Qoshg‘arda bitib, uni Qoraxoniy hukmdori Tavg‘och Ulug‘ Buhra Qora xoqon Abu Ali Hasan ibn Sulaymon Qoraxonga taqdim etadi1. Yusuf Xos Hojibning dehqonlar mehnati sharafli ekanligi haqidagi o‘gitlari aynan Qoraxoniylar hukmdoriga nisbatan qaratilgan. Demak, Qoraxoniylar dehqonlar va dehqonchilikka alohida e’tibor berib kelganlar. Shunday ekan ayrim tadqiqotchilarning “Qoraxoniylar sulolasining Movarounnahr hududini istilo qilishi bu o‘lkada dehqonchillika og‘ir ta’sir yetkazdi. Zarafshon daryosi vodiysidagi ko‘p yerlar qarovsiz qoldi. Ba’zi joylardagi yerlarni dehqonlar qo‘lidan tortib olinib yaylovlarga aylantirildi”, degan fikrlari yetarli asosga ega emas. Shu sababdan boshqa tarixchilar bunga qarshi quyidagicha fikrni bildiradilar:
Qoraxoniylar sulolasini hokimyatni egallashi natijasida yerli xalqlarga hech qanday ofat olib kelmadi. Keti uzilmaydigan ichki urushlar bo‘lmadi. Tinch aholini yoppasiga yollaydigan mashaqqatli ishlar bo‘lmadi. Albatta yem-xashak yig‘iladigan ishlar bor. Biroq bu Somoniylar sulolasi davrida odatiy ish deb qaralgan edi. XI asrning birinchi yarmidagi Termiz va Chag‘oniyon hududida yuz bergan urushlar bu yerlarda dehqonchilikka salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsada, biroq boshqa o‘lkalarda nisbatan ahvol birmuncha yaxshi kechdi...
Bundan shu xulosa kelib chiqadiki hukmron davlatning ba’zi bir yuqori tabaqadagi vakillari dehqonlar va kambag‘allarining yerlarini yaylovga aylantirgan hollar ham bo‘lishi mumkin. Biroq bu keng ko‘lamda yerlarni tortib olish va sug‘orma yerlar musodara qilinib yaylovga aylantirildi degani emas. Keyingisiga isbotlar bir muncha oz. Chunki biz mo‘g‘ullar bosqinidan avval bundoq ishlarni uchratmadik.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling