Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Bu voqeani sharhi shu: Mo‘min sulton Darvishxon bolalarini olib, birodarlari bilan birgalikda, O‘ratepadan Andijonga jo‘nadi. Dilini fitnaga qo‘yib tinchlikdan kechdi. Onhazrat O‘ratepa viloyatini Xo‘jand bilan qo‘shib Toshkent va Turkistonga qo‘shib qutli nishon Do‘stim sultonning birodariga topshirib, hukm qildi: “Miyonkolda bundan ortiq turmay, jamiy farzandlari bilan O‘ratepaga borib, u o‘lkadan xabardor bo‘lsin». Shuning uchun, sulton farmoniga amal qilib, O‘ratepaga bordi va u joyda qaror topdi. O‘sha yerda mana bularni eshitdi: Mahdiy sulton Isfara va Marg‘inonni o‘z kishilariga bergan edi. Ular qo‘rqib o‘z boshlarini olib qochish yo‘lini tutdilar. Shuning uchun amr qildi: “Onhazrat farmoni bilan O‘ratepaga borgan Begibiy va Do‘stimbiy qushchilar Marg‘inon tomonga borib o‘zlarini u joyga yetkizsinlar va agar qo‘ldan kelsa , Marg‘inon qal’asini mahkam qilsinlar”. Janob amir sulton farmoniga muvofiq, Marg‘inon tomonga yo‘naldilar. Qal’ani dushmanlardan xoli topib, uning ichiga kirib, uni tuzatishga kirishdilar. Mahdiy sulton esa ularning ahvolidan ogoh bo‘lib, amirlar bilan qaytib keldi va jasorat yo‘lini tutib, xorlik tuprog‘ini davlat peshnosiga sochib amirlarni qamal qildi” 1.
Vaqtlar o‘tishi bilan bu devorlar nurab borgan. Shu sababdan XIX asrning boshlariga kelib Marg‘ilon devorlari haqida ma’lumotlar ham turlicha ekanligining guvohi bo‘lamiz. Masalan, Murtazo Fayzuddin Marg‘ilon devorsiz shahar ekanligini tilga olsa, Mir Izzatullo Marg‘ilon shahrining mudofaa devorlari yaroqsiz holatga kelib qolganligini ta’kidlab o‘tadi. Shahar devorining bunday yaroqsiz holatga kelib qolishi Marg‘ilon ahlini shubhasiz, tashvishga solib qo‘ygan. Shu bois Sheralixon (1842-1845)ning xonligi davrida keng ko‘lamda ta’mirlash ishlari olib borilgan. Natijada shahar devori shu qadar cho‘zilib ketgan ekanki, go‘yo-ki, har bir darvozagacha 1 Hofiz Tanish al-Buxoriy. Abdullanoma. Ikkinchi kitob. T.: Sharq, 2000. – B. 124. bo‘lgan masofa 8 chaqirimni tashkil qilgan ekan1. Bu haqda XIX asrning birinchi choragi XX asr boshlarida Turkistonda yashab ijod etgan Muhammad Umar qori Umidiy Marg‘iloniy o‘zining “Maktubchai xon” asarida quyidagi ta’rifni keltiradi: Bek o‘g‘li Kattabek ham Sheralixon, Tug‘ulg‘on Hojibekdin bu uch o‘g‘lon. Xudo nusrat berib xon Sheralig‘a, Bobo mulkini berdi bul valig‘a. Ki bir ming ikki yuz sakkiz sol2, Edi tarix tegdi toji iqbol. Ikki yil olti oy adl ila davlat, G‘aribparvar bo‘lub ko‘rguzdi shafqat. Xo‘qand shahrina qo‘rg‘on qildi paydo, Solib ham Marg‘inona qal’a ammo, Uch oyga qo‘ymayin butkazdi oni3. Marg‘ilon shahrining devorlari XX asr boshlariga qadar qisman saqlanib qolgan. Chunki, rus tadqiqotchisi V. I.Masalskiyning keltirgan ma’lumotiga ko‘ra, XX asr boshlarida qachonlardir shaharni o‘rab turgan shahar devorining qoldiqlari ba’zi joylarda ko‘zga tashlanib turgan4. Keyinchalik bu devor qoldiqlari ham saqlanmaganligi tufayli qadimgi devorlari haqidagi xotiralar ham o‘z-o‘zidan unutilib ketgan ko‘rinadi. Xalqimizda “Shahar bedarvoza bo‘lmaydi” degan ajoyib naql qadimdan saqlanib qolgan. Chindan ham qadimda har bir shaharning o‘z darvozasi mavjud bo‘lgan. Jumladan, o‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysidagi yirik shaharlarining har birida 3-4 tadan darvozalari bo‘lganligi haqida yozma manbalarda ma’lumotlar uchraydi. Masalan, X asrda yashab o‘tgan arab geografi al- Istaxriy Axsikentning beshta darvozasi haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan5. A. K. Pisarchik 1938 yili Marg‘ilonning qadimgi shahar darvozlari haqida surishtiruv ishlarini olib borgan mahal keksa yoshli marg‘ilonliklardan to‘rt asr muqaddam qurilgan qo‘rg‘on devorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozib olishga muyassar bo‘lgan edi. Qizig‘i shundaki, axborotchilar o‘z navbatida shahar qo‘rg‘oni to‘g‘risida ma’lumot keltirar ekanlar, qadimda Marg‘ilonning janubiy, shimoliy, g‘arbiy va sharqiy tomonidan kiriluvchi to‘rta darvozasi mavjud bo‘lganligini ta’kidlab o‘tganlar6. Garchand Marg‘ilonning o‘rta asrlarga doir shahar darvozalari to‘g‘risida bundan ortiq ma’lumotlarga ega bo‘lmasak-da, biroq, qisman Mirzo Boburning 1 Pisarchik A. K. Nekotorыe dannыe po istoricheskoy topografii gorodov Ferganы...S. 157. 2 1258 hijriy – milodiy 1842-1843 yil. 3 Muhammad Umar qori Umidiy Marg‘iloniy. Maktubchai xon / Nashrga tayorlagan tadbilchi: O.H.Jalilov. T., 2007. – B. 11. 4 Masalskiy V. I. Turkestanskiy kray. SPb., 1913. S. 705. 5 Kitab masalik al-mamalik al-Istaxri... S. 30. 6 Pisarchik A. K. Polevoy otchet po ekspeditsii v Ferganskuyu dolinu 1938...S.17. “Boburnoma” asaridagi 1498-1499 yillarda Farg‘onada yuz bergan voqealar bayonida Marg‘ilon shahrining darvozalari ham tilga olingan: “Sunnat vaqti erdikim, Marg‘inon qo‘rg‘onining eshigiga keldim. Ali Do‘st tag‘oyi darvozaning orqasida turib, darvozani ochmay, ahd iltimos qildi. Ahd va shart qilg‘ondin so‘ng darvozani ochib, darvoza orasida mulozimat qildi1” Afsuski, o‘rta asrlarda Marg‘ilon shahrida necha darvoza va ular qanday nom bilan atalganligi noma’lum. Biz, asosan, keyingi XIX asrda uning 12 ta darvozasi mavjud bo‘lganligi haqida ma’lumotlarga egadirmiz2. Qizig‘i shundaki, Marg‘ilon shahri darvozalari va ularning nomlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham turlichadir. Biz bu o‘rinda A. K. Pisarchik va V. D. Jukovlar keltirgan ma’lumotlarni qiyoslab ko‘rsatishimiz mumkin. Vaholanki, ikkala olimlar ham Marg‘ilon darvozalari to‘g‘risidagi aholi orasidagi xotiralarini bir vaqtda ya’ni 1938-1939 yilda yozib olgan edilar. A. K. Pisarchik keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Marg‘ilon darvozalari quyidagicha atalgan: Ma’oz ibn Jabal; 2)Nodirmat; 3)Toshloq; 4) Xotin ariq; 5) Baxrin; 6)Gulchaman; 7) Mashad; 8) Eshon darvoza; 9)Oltiariq darvoza; 10) Sarmozor; 11) Suqtepa; 12) Chimyon.3 Qadimshunos V. D. Jukov keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Marg‘ilon darvozalari quyidagicha atalgan: 1) Yormozor; 2) Yoyilma; 3)Yangiqo‘rg‘on; 4) Toshloq; 5) Nodirmat; 6) Shahrixon; 7) Yozyovon; 8) Shomirza; 9) Boltako‘l; 10) Qo‘qon; 11) Mashat; 12) Surxtepa4. XIX asrda yashab o‘tgan Junayid Mullo Avaz Muhammad Ho‘qandiyning “Tarixi jahonnamoyi” asarida keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, yuqorida tilgan olingan darvozalar nomidan boshqa yana Marg‘ilon shahrining Sadkak darvoza va Kirgil darvoza singari darvozalar ham mavjud bo‘lgan. Mullo Avaz Muhammad Ho‘qandiy 1862 yili qipchoqlarning Marg‘ilon shahrini qamal qilishi chog‘ida ushbu ikki darvoza yaqinida bo‘lib o‘tgan voqealarni hikoya qiladi5. Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharning har bir darvozasi maxsus soqchilar tomonidan doimo qo‘riqlab turilgan. Keyinchalik XIX asrning oxiriga kelib, ushbu mas’uliyatli vazifa mahalliy mirshablar zimmasiga yuklatilgan. O‘sha davrlarda Marg‘ilon Qalandarxona, Safilto‘da, Toshmozor, Mashad singari dahalardan iborat bo‘lib, ularning tarkibida 200 dan ortiq mahallalar mavjud bo‘lgan6. Ushbu ma’muriy hududlar to‘rta volost boshqaruvchisi va S.157.
2 Abdulahatov N, Eshonboboev O‘. Marg‘ilon haqida so‘z... –B. B12. 3 Pisarchik A. K. Nekotorыe dannыe po istoricheskoy topografii gorodov Ferganы... – 4 Jukov V. D. Otchet o rabote vtorogo otryada arxeologicheskoy ekspeditsii na stroitelstve Bolshogo Ferganskogo kanala // Trudы instituti istorii i arxeologii. Tom IY. T.: Izdatelstvo Akademii Nauk. 1951. S. 73. 5 Nabiev R. N. Istorii Kokandskogo xanstva...S.354. 6 Gubaeva S. S. Etnicheskiy sostav naseleniya Ferganы v konse XIX – nachale XX v. T.: Fan, 1983. S.23. to‘rtta mahalliy qozilar tomonidan idora etilgan. Shahar osoyishtaligini ta’minlashni 361 nafar ellikboshilarga topshirilgan edi1. Marg‘ilon shahrida saqlanib qolgan me’moriy obidalar XVIII asrdan XX asr boshlariga qadar bunyod etilgan masjid va madrasalarning binolaridir. Farg‘ona viloyatining 1898 yilda keltirilgan statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Marg‘ilonda 57 ta madrasa, 21 ta qorixona, 433 ta maktab mavjud bo‘lib, ularda jami 8136 nafar talaba ilm olgan2. Ushbu maktab va madrasalarning har biri o‘z davrining nodir me’moriy obidalari sifatida mashhur bo‘lgan.3 Jumladan, Go‘ri Avval, Ismoil Maxsum madrasasi, Xolmuhammad Dodxoh madrasasi, Sharifboy madrasasi, Chuqur madrasa, Xoja Porso, Yor Otaliq madrasasi, Ko‘kmozor madrasasi, Xonaqoh madrasasi, Oq madrasa, Said Ahmadxo‘ja madrasasi, Madrasai Qozi Kalon, Ichki madrasa, Podshoh Iskandar madrasasi va Pur Siddiq madrasalarini keltirish mumkin. XX asrning boshlarida Marg‘ilon shahrida 254 ta masjid mavjud bo‘lgan4. Mazkur masjidlar ham o‘sha davrdagi Farg‘ona me’morchilik maktabining o‘ziga xos an’anaviy uslublari asosida bunyod etilgan. Masalan, Chaqar masjidini olaylik. Uncha katta bo‘lmagan Chaqar masjidi eski harobaga aylangan masjid o‘rnida qurilgan bo‘lib, binoning faqat ayvon qismi saqlanib qolgan. O‘z vaqtida bu qism sharq tomonga qaragan, uch tomoni yopiq, to‘sinli va ustunli ayvonning bir qismi bo‘lgan. 1790 yilda qurilgan Xonaqoh masjidi haqida xuddi shunday fikr bildirish mumkin. Olima V. L. Voroninaning ta’kidlashicha, Marg‘ilon shahridagi Xonaqoh masjidi o‘zida qadimgi milliy me’morchilik an’analarini mujassam etgan nodir yodgorliklardan biri sifatida mashhur bo‘lgan5. Shu o‘rinda Marg‘ilon nomining kelib chiqishi haqida mutaxassis olimlarning ham fikrlarini keltirish ahamiyatli. Jumladan, bu haqda Z. Do‘simov va X. Egamovlar quyidagicha fikrni bildiradilar: “Uning barpo bo‘lgan vaqti aniq emas. X-XII asrlarda Marg‘ilon yirik savdo markazi sifatida ma’lum bo‘lgan. Toponim yozma manbalarda Marg‘ilon, Marg‘inot shaklida uchraydi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Marg‘ilon fors tilidagi M a r g‘ “o‘tloq” so‘zi bilan aloqadordir.6 J. Latipovning Marg‘ilon toponimining kelib chiqishi haqidagi fikriga qaraganda u M a r g i etnonimi bilan aloqadordir Haqiqatan ham toponimning qadimgi variantlaridagi o n va ot qo‘shimchalari ko‘plik belgilari bo‘lib, kishilar guruhini anglatadi. Shunday ekan, toponim marg‘lar degan ma’nodadir. Marg‘i etnonimining 1 Xankeldыev N. Margilan. T.: Uzbekistan, 1968. S. 11. 2 Obzor Ferganskiy oblasti na 1898 god. Novыy Margelan. 1894. S . 114. 3 Sergeev B. S. Materialы izucheniyu istorii Kokandskogo xanstva. Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyining ilmiy arxivi.№ 158. 122-b. 4 Bushkov V. I. Selskie mecheti Sredneaziatskogo mejdurechya // Sredneaziatskiy etnograficheskiy sbornik. M.: Nauka, 2001. S.119. 5 Voronina V. L. Narodnыe traditsii arxitekturы Uzbekistana. M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo arxitekturы i gradostroitelstvo. 1951. S. 54. 6 Persidsko-Russkiy slovar. Sostavitel B. V. Miller. M., 1953. S. 483. etimologiyasi «o‘tloq, o‘rmoncha, yashil yer” kabi ma’nolarni bildiruvchi Marq so‘zi bilan bog‘liqdir. Marg‘i “o‘tloqda yashovchi, o‘rmonda yashovchi yoki chorvador» degan ma’nodadir. Etnonimdagi -i qo‘shimchasi boshqa nomlarda ham uchraydi. Masalan, g‘archi “tog‘lik”(g‘arch -tog‘) Sahroyi “cho‘ldagi kishi” kabi1. Marg‘ilon nomining kelib chiqishi haqida bu singari fikrlar turli- tumanligi bilan ham juda qiziqdir. Tarixning guvohlik berishicha, qadim-qadimdan Marg‘ilon o‘zining yuksak ilmiy va madaniy salohiyati bilan shuhrat topgan shahar sifatida mashhur bo‘lgan. Islom dini bu o‘lkaga kirib kelishi bilan bu yerdan islomiy bilimlar va madaniyatning rivojlanishga katta hissa qo‘shgan ko‘plab zabardast olimlar yetishib chiqdi. Bu hol o‘z navbatida jahon madaniyatining rivojlashiga salmoqli ta’sir ko‘rsatdi. Ahmad ibn Toj ad-din Ahmadnng “Al-muhiyt al Burhoniy fi fiqxi an-No‘moniy” nomli asarida “Bu shaharda juda ko‘p fozil olimlar tavallud topganlar” deyilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu shaharda bir davrning o‘zida yetmishdan ortiq “Mavlono” rutbasini olgan allomalar yashab o‘tganlar. Shuning uchun ham Marg‘ilonni “Sunduqul orifiyn”2 – Olloh taoloni dili bilan tanigan – orif zotlar makoni deb ta’riflaganlar. ”Qomus al a’lom”da ta’kidlanganidek “Marg‘ilon o‘zining ulamolari, shoiru mashoyixlari va qadimiy osori atiqalari bilan mashhur bo‘lgan shaharlar jumlasidandir3”. 2003-2007 yillar davomida Marg‘ilon shahrida olib borgan tadqiqotlarimiz chog‘ida qirqqa yaqin muqaddas joylar nomini aniqladik4. Albatta bu ziyoratgohlarning ayrimlari sobiq sovetlarning mustabid tuzumi 1 Do‘simov Z, Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug‘ati. T.: O‘qituvchi, 1977. –B. 94. 2 Tojimuhammad Hoji Foziljon o‘g‘li, Muhammadamin Abduhakim Orifjon qori o‘g‘li. Durrul Orifiyn. F.: Farg‘ona, 1999. –B. 4. 3 Qomus al-a'lom, 6 jild. Istanbul, 1316(1898milodiy). - 4264 b. 4 Bu haqda qarang: Abdulahatov N, Hoshimov B. Mo‘yi muborak. F.: Farg‘ona. 2000; Abdulahatov N. Marg‘ilon ziyoratgohlari // Marg‘ilon asrlar silsilasida (Respublika ilmiy- amaliy seminari materiallari). Farg‘ona, 2005; Abdulahatov N. Mo‘yi Muborak // Imom al- Buxoriy saboqlari. Toshkent, 2005. № 4; Abdulahatov N. Marg‘ilon shahridagi Podshoh Iskandar ziyoratgohi // Imom al-Buxoriy saboqlari. Toshkent, 2006. № 1; Abdulahatov N. Muhammad ibn al-Hanafiya haqidagi rivoyatlar // Imom al-Buxoriy saboqlari. Toshkent, 2006. № 2; 25. Abdulahatov N. Ziyoratgohlar va o‘zbek mental tafakkurining shakllanishi // Farg‘ona Davlat universiteti ilmiy xabarlari. Farg‘ona, 2006. № 4; Abdulahatov N., Eshonboboev N. Ko‘hna Marg‘ilon ziyoratgohlari. Farg‘ona, 2007; Abdulahatov N. Marg‘ilondagi Xoja Porso ziyoratgohi // Moziydan sado. Toshkent, 2007. 2 (34); Abdulahatov N. Etnograf A.K. Pisarchik Marg‘ilon haqida // Marg‘ilon shahrining jahon sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rni. Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konfrensiya materiallari. Toshkent, 2007; Abdulahatov N., Alisher Bek. Xojam podshoh ziyoratgohi. F.: Farg‘ona, 2009; Abdulahatov N. The Mazars of Women in the Ferghana Valley // Islamic Sacred Places in Central Asia: The Fergana Valley and Kashghar Region (Silk roadology, № 28). Tokyo, 2007; Sinszyan va Farg‘onada topilgan mozor hujjatlari (faksimele) / Tuzuvchilar: Ashirbek Mo‘minov, Nodirbek Abdulahatov, Kavaxara Yayoi Tokio chet tillari universiteti, Osiyo-Afrika til- madaniyati tadqiqot instituti. 2007. №3; Abdulahatov N.The Importance of Studying the Mazar Dokuments of Fergana Region // Studies on Mazar Cultures of the Silkroad. Hinjiang, 2008. davrida buzib yuborilgan bo‘lsada, kishilar xotirasidan hali-hanuz saqlanib qolgan . 1.Podshoh Iskandar ziyoratgohi (saqlanmagan) 2. Mo‘yi muborak ziyoratgohi. 3.Shoh Mansur mozori 4. Nosir Shoh mozori. 5.Ulug‘ Hazrat Bobo ziyoratgohi.6.Kirgil mozor ziyoratgohi. 7.Podshohxon to‘ra ziyoratgohi. 8. G‘avsul A’zam avlodlarining ziyoratgohi. 9. Xojam Podshoh (Ofoqxoja) ziyoratgohi. 10.Xo‘ja Ma’oz ziyoratgohi. 11. Xo‘ja Egiz mozori. 12. Pur Siddiq ziyoratgohi. 13. Safilto‘da ziyoratgohi. 14. Jiddiy mozor ziyoratgohi. 15. Xoja Muhammad Porso ziyoratgohi. 16. Sochli Eshon ziyoratgohi. 17. Dovudxo‘ja Eshon ziyoratgohi. 18 Qirg‘iz Xalfa mozori. 19. Ko‘kmozor ziyoratgohi. 20. Xoja Langolang ziyoratgohi. 21. Shamsiddin Tabriziy ziyoratgohi. 22. Yakkatut mozori. 23. Sar mozor ziyoratgohi. 24. Sobir Eshon ziyoratgohi. 25. Aziz mozor ziyoratgohi. 26. Oq Eshon Ota mozori. 27. Go‘ri Avval ziyoratgohi. 28. Ulug‘ ota ziyoratgohi. 29. Imom Zahiriddin mozori. 30. Yakka qabr ziyoratgohi. 31. Yetti Og‘ayni Botirlar ziyoratgohi. 32.Qirg‘iz mozor ziyoratgohi. 33. Shoira Uvaysiy ziyoratgohi. 34. Childuxtaron ziyoratgohi (saqlanmagan). 34.Qizlar mozor ziyoratgohi. 35. Tug‘li mozor ziyoratgohi. Mazkur tadqiqotlar davomida Marg‘ilon ziyoratgohlarining ayrimlari bevosita Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan bog‘liq bo‘lsa, ayrimlari marg‘ilondan yetishib chiqqan ulug‘ faqihlar nomi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Masalan “Ulug‘ mozor” deb ataluvchi ziyoratgohni olaylik. Ushbu ziyoratgoh Marg‘ilon shahrining Mashad mahallasida joylashgan. Xalq orasida “Ulug‘ mozor”, “Quruq mozor”, “Chaqqa mozor” nomi bilan mashhur bo‘lgan1. Tadqiqotlarimiz davomida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ushbu ziyoratgoh dastlab 1939 yili me’mor O. Zaynutdinov tomonidan o‘rganilgan edi. 1939 yili Katta Farg‘ona kanalining qazilishi munosabati bilan qadimshunos olimlar kanal o‘tgan hududlarning tevarak-atrofidagi ko‘plab tarixiy yodgorliklarni tadqiq etishga muyassar bo‘lgan edilar. Jumladan, O. Zaynutdinov ham Mashad mahallasidagi mazkur ziyoratgohni ko‘zdan kechirar ekan quyidagilarni ma’lum qilgan: “Mashaddagi mozorga bundan 200 yilcha muqaddam domla Sayyid Muhammad Oxun dafn etilgan. Shuningdek bu yerga 1000 yil oldin Xoja Orif Marg‘inoniy, hamda 200 yil avval avliyo zot Sherali devona ham dafn etilgan”2. Bizningcha, O. Zaynutdinovga ko‘ra ming yil avval dafn etilgan Xoja Orif Marg‘inoniy aslida Imom Abdulaziz Marg‘inoniy bo‘lsa kerak. Naql qilishlaricha, Ulug‘ mozorga Imom Abdulaziz ibn Abdurazzoq ibn Nasr ibn Ja’far ibn Sulaymon ibn Sukkon al-Marg‘inoniy dafn etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning oltita olim o‘g‘li bo‘lgan. Ularning hammasi o‘z zamonasida dars berishga qodir va taqvodor kishilar bo‘lib yetishgan edilar. Imom Abdulaziz o‘z o‘g‘illari bilan (ko‘chaga)chiqsa, odamlar otalarini ham qo‘shib, “bitta onadan (tug‘ilgan) yettita rahmat hazinalariga yo‘llari 1 Dala tadqiqotlari. 2005 yil. Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, Mashad mahallasi. 2 Zaynutdinov A. Dnevniki BFK. 1939. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qiish va ulardan foydalanish bosh boshqarmasi arxivi. F 1487/ 0 -21. ochilganlar chiqishdi”, der ekanlar. Imom Abdulaziz imom Abu-l-Hasan Zamir ibn al Hasan va boshqalardan dars tinglagan. Shayx Laknaviy uning o‘g‘illaridan Abu-l-Hasan Zahiriddin Ali va Shamsuddin Mahmud al- O‘zjandiy juda mashhur ekanliklarini aytadi. Shuningdek “Bitta hovlidan yettita ilmga maftun bo‘lganlar chiqdi” iborasi ham unga tegishlidir. Imom Abdulaziz haqida uning o‘g‘illari rivoyat qilganlar. U Samarqandga ketib, o‘sha yerda yashaydi. Hadis ilmidan dars beradi. Keksaygach o‘z yurtiga qaytib, 477 hijriy (1084) yili Marg‘ilon shahrida 68 yoshda vafot etgan1. Demak ushbu ma’lumotdan ko‘rinadikki, Imom Abdulaziz 410 (1016) yilda dunyoga kelgan2. Rivoyatlarga ko‘ra, Imom Abdulaziz Mashad mahallasida tavallud topganligi uchun uni shu yerga dafn etishgan ekan. Shu asnoda mashhur allomaning qabri marg‘ilonliklar uchun muqaddas ziyoratgohga aylangan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Movarounnahrga hukmronlik qilgan har bir sulola Imom Abdulaziz al-Marg‘inoniy avlodlariga nisbatan ham yuksak ehtirom ko‘zi bilan qarab kelganlar. Ul zotning chevaralaridan biri bo‘lmish Imom Hasan ibn Mansur ibn Mahmud ibn Abdulaziz al-Marg‘inoniy tarixda Imom Qozixon nomi bilan dovrug‘ qozongan. Imom Qozixon ko‘p yillar davomida Buxoroda qozi bo‘lib turgan va bu yerda bir necha kitoblar yozgan. Uning qabri Buxoro shahrining Kalabod guzarida joylashgan. Hozirgacha buxoroliklar orasida Imom Qozixon to‘g‘risida quyidagi rivoyat saqlanib qolgan3. Naql qilishlaricha, Chingizxon avlodidan bo‘lmish Xulaguxon Buxoroga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. U shaharga kirishdan oldin xalqni to‘plab: “Oldin bir savol beraman, to‘g‘ri javob bersangizlar yaxshi, ammo noto‘g‘ri javob bersangizlar Buxoroning kulini ko‘kka sovuraman. Savolim shunday? Meni sizlarning yurtingizga kim yetakladi? Nima sababdan men bu yurga keldim”. Xulaguxonning bu jumboqli savoliga hech kim javob berishga jur’at qila olmagan. Oxir oqibatda muhlat tugab Buxoro xalqining qirg‘in-barot qilish uchun Xulaguxon qonli qilichini yalang‘ochlagan bir damda mo‘g‘ul xonining huzuriga javob berish uchun o‘spirin yoshdagi Imom Qozixon bir tuya va echkini yetaklab kirib kelibdi. Imom Qozixonni bu tarzda kirib kelganidan xonning jahli chiqib: “Buxoroda sendan kattaroq odam qurib qoldimi? Mening savolimga javob bera oladigan odam hali senmi”debdi. Shunda Imom Qozixon: “Qari, katta odam desangiz ana tuya, sersoqol desangiz mana echki, savolingizga esa javobni men beraman: “Sizni, bizga o‘zimizni yomonligimiz yetakladi” deb javob beribdi. Xulaguxon Imom Qozixonnning javobidan mamnun bo‘lib, uni Buxoro qozisi etib tayinlabdi va “Hech kim menga bunchalik dono javob bermagan edi, tila tilagingni” debdi. 1 Najmuddin an Nasafiy. Samarqandiya...– B. 111. 2 Islomov Z. «Kitobu -l-ansob»dagi marg‘ilonlik olimlar // Imom al-Buxoriy saboqlari. №4. 2005. – B. 176. 3 Bu haqda qarang: Rahmatova S., Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro.: Buxoro, 1995; Yo‘ldoshev N., Qurbonov H. Buxoro shahri va uning atrofidagi ziyoratgohlar. B.: Buxoro, 2001; Jo‘raev M., Saidova R. Buxoro afsonalari. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002. Imom Qozixon menga tuya terisiga sig‘gudek joy bersangiz deb aytibdi. Xulaguxon uning bu tilagini bajarishga rozi bo‘libdi. Shunda Imom Qozixon tuya terisini sochning tolisiday qilib kesib, butun Buxoroni o‘rab olgan ekan. Xulaguxon Imom Qozixonning bunday donoligini ko‘rgach, va’dasiga vafo qilib ortga qaytib ketibdi. Mashhur biograf, tarixchi va sayyoh Abu Sa’id Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniyning “Kitob al-ansob” asarida Marg‘ilonni Farg‘onaning eng mashhur shaharlarida ekanligini aytib, uning “Qandob”(G‘andob) nomli mahallasini eslatib o‘tadi: “Abu Muhammad Umar ibn Ahmad ibn Abu-l-Hasan al al-Qandobiy al- Marg‘inoniydir. Marg‘ilondagi Qandob mahallasidan bo‘lib, u “al-Farg‘oniy” nomi bilan tanilgan. U hijriy 485(1093)yilda tavallud topgan. Samarqandda muftilik ham qilgan. Fiqh ilmini qozi Mahmud al-O‘zjandiydan o‘rgangan. O‘z davrining kuchli faqihlaridan sanalgan. Balxda Abu Ja’far Muhammad ibn Husayn as- Simjoniy, Abu Ali Ismoil ibn Ahmad al-Bayhaqiy va Abu Bakr Muhammad ibn Abdurahmon al-Xatibdan ta’lim olgan. Abdulkarim Sam’oniy ham Samarqandda u kishidan hadis ilmini o‘rgangan”.1 Mashhur sayyoh, geograf, adib va tarixchi Yoqut Hamaviyning “Mu’jam ul buldon” asarida ham Marg‘inon va G‘andob mahallasiga oid ma’lumotlar uchraydi2. Shu sababdan A. Bobojonov “Mu’jam al-buldon” asarida Farg‘ona va farg‘onalik olimlar” nomli maqolasida al-G‘andobiy to‘g‘risida jumladan quyidagilarni keltiradi: “Abu Muhammad Umar ibn Ahmad ibn Abu-l-Hasan al-G‘andabiy al- Marg‘inoniy. Al-Farg‘oniy nomi bilan tanilgan, yetuk faqihlardan hisoblangan mazkur olimning tug‘ilgan sanasi haqida Yoqut al-Hamaviy Abu Ja’farning “Shayxlar” asaridan keltirib 485/1092 yilni zikr qiladi. Olim fiqh ilmida yo‘lboshchilardan bo‘lib, Yoqutning ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqandda faoliyat olib borgan va fatqo ishlari bilan shug‘ullangan. Olim fiqh ilmida al-Qoziy Mahmud al-Uzjandiyga shogird bo‘lgan. Abu Sa’d as-Sa’moniy undan hadis tinglagan. “Mu’jam al-buldon”da al-G‘andabiyning ustozlaridan Abu Ja’far Muhammad ibn al-Husayn as-Siminjoniy (vafoti 504/1110) nomi ko‘rsatilgan”3. Sam’oniy va Yoqutning Marg‘ilondagi G‘andab (G‘andob) mahallasi to‘g‘risidagi ma’lumotga alohida urg‘u berganliklari bois, biz ham ushbu mahalla nomi xususida ayrim fikrlarni keltirib o‘tmoqchimiz. Bizningcha mahallaning bunday atalishida u yerdagi toza ichimlik suv havzasi mavjud bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas. Chunki Qandob atamasini “Qandi ob”, ya’ni shirin suv deb ham tushunish mumkin. Chunki Marg‘ilon shahridagi mahallalar toponomikasida suv havzalari buloq va hovuzlar bilan bog‘liq joy nomlari 1 Islomov Z. «Kitobu -l-ansob»dagi marg‘ilonlik olimlar... – B. 176-177. 2 Irmatov B.M. Osnovnыe istochniki svedeniy o Maverannaxre v «Mudjam al-buldan» Yakuta. Obщ. nauki v Uzbekistane. 1991. № 6, S. 45. 3 Bobojonov A. Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” asarida Farg‘ona va farg‘onalik olimlar... – B.166. ko‘p uchraydi. Masalan, Uzun hovuz, Ochiq hovuz, Hovuz bo‘yi, Taxtali hovuz shular jumlasidandir. Qolaversa, bu hovuzlar haqida so‘z ketganda aholi “Suvi shirin edi” degan iborani qo‘shib aytishni xush ko‘radilar. Sam’oniy Marg‘ilondan yetishib chiqqan fozil kishilar to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib, jumladan unday fikrlarni bayon qiladi: “Marg‘inoniy – bu (so‘z) Farg‘ona viloyatning mashhur shaharlaridan biri bo‘lmish Marg‘inon shahriga nisbatan beriladi. U yerdan bir qancha ilm ahllari yetishib chiqqan. Ulardan biri Abu Yusuf ibn Ahmad ibn Hamza ibn Mohus ibn Bus ibn Moh al-Marg‘inoniy bo‘lib, bu olim farg‘onaliklar ichida birinchilardan bo‘lib, Makkada Abu Ali al-Hasaniy ibn Abdurahmon ash-Shofe’iydan dars tinglagan. Uning haqida Muhammad ibn an-Nasafiy rivoyat qiladi va al Marg‘inoniy imom al Hajojga so‘z aytgan deydi. U Saraxs (hozirgi Turkmaniston) shahrida yashagan va u yerda (tahminan) 416 (1025) yilda vafot etgan. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling