Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet98/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Axir sening barcha noxush fe’llaring ul zotning xurshid yanglig‘ zamirlari oynasida ko‘rinib turibdiku”. Birdan to‘xtadim va o‘zimni chetga oldim. Xalq ul zot bilan ko‘rishgach otlarga minib yo‘lga tushdilar. Shunda qalbimni hasrat o‘ti chulg‘ab oldi. Shu kayfiyatda xalqning orqasidan yo‘lga tushdim. Nogahon xalq ikkiga bo‘lindi. O‘rtada yo‘l paydo bo‘ldi. Hazrati Eshon o‘zlarining quyosh yanglig‘ yuzlarini men tomonga burdilar va tabassum qildilar. Ko‘zlarimiz to‘qnashganda men vujudimga qaynoq suv sepilgandek bo‘lib, uning harorati va ajib lazzati butun a’zoimga tarqaldi.
Shu holatda turganimda Andijon qozisining ukasi yonimda edi va mening ahvolimdan xabar topib, otdan yiqilib ketishimdan asrab qoldi. Hech o‘tmay qulog‘imga kimningdir: “Ey Shoh Husayn, tezroq yur, xalq ketib bo‘ldi”, – degan ovozi eshitildi. Ko‘zimni ochsam, Hazrati Eshon ancha ilgarilab ketibdilar va elas- elas ko‘rinardilar. Men tushundimki, Hazratning bir nazarlari barakotidan menga Olloh huzuri nasib qildi. Shitob bilan orqalaridan yetib oldim. Menga yana bir nazar qildilar. Yana hushimni yo‘qotdim. Bu hol bir necha bor takrorlandi. Xullas, Marg‘inonda Hazrati Eshon tushgan o‘tovga yetib keldim. Ul zot haqoyiq va maorifdan so‘zlayotgan ekanlar. Qulog‘imga ovozlari kirishlari bilan yana hushimdan ketdim”1.
Hozirga qadar Marg‘ilon shahrining qadimgi minora va devorlari hamda darvozalari haqida aholi orasida turli xotiralar saqlanib qolgan. Agar biz ularni atroflicha o‘rganmoqchi bo‘lsak, shaharning ko‘hna tarixiga doir muhim ma’lumotlarni topishimiz mumkin. Masalan, Marg‘ilonning qadimgi minoralari haqida.
Marg‘ilonlik yoshi ulug‘ otaxonlar bilan suhbat qurgan kezlarimiz ular Marg‘ilondagi baland minoralar bir necha chaqirimdan ko‘zga tashlanib turganligini aytadilar. Albatta, ba’zilar ularning so‘zlariga ishonqiramay quloq solsalarda, biz bu so‘zlar rivoyat emas, haqiqat ekanligiga ishonamiz. Binobarin, tarixiy manbalarda Marg‘ilonning baland minoralari haqida ma’lumotlar uchraydi2.
Taqdir taqozosi, ya’ni asirlik tufayli dunyoning ko‘p mamlakatlarini kezib chiqqan rus zobiti Filipp Yefremov 1782 yili Farg‘ona vodiysi oraqali Qoshg‘arga o‘tib keta turib, Marg‘ilon shahrini ko‘rishga muyassar bo‘ladi. F. Yefremov keyinchalik o‘z esdaliklarida Marg‘ilon bozorida aylana shakldagi balandligi 40 sajen(85,3 m ?.), eni 2,5 sajen ( 5,3 m.)dan iborat tosh minora mavjudligi haqida ma’lumotlar keltiradi3.
Savdo ishlari yuzasidan 1808 yili Marg‘ilonga kelgan sibirlik tatar savdogari Murtozo Fayzuddin ham bu yerda qo‘riqchilarning qadimgi minorasi qad ko‘tarib turganligini ta’kidlaydi4. Mazkur minora haqida ma’lumotlar


1 Muhammad Mufti Ohangaroniy. Mavlono Lufulloh manoqibi.- T.: Imom al Buxoriy jamg‘armasi. 2002. – B.25.
2 Abdulahatov N, Eshonboboev O‘. Marg‘ilon haqida so‘z. F.: Farg‘ona. 2006. –B.14.
3 «Devyatiletnee stranstvovanie» Filippa Yefremova (70-ye gg. XVIII v.) // Istoriya Uzbekistana v istochnikax. T.: 1988. S. 128.
4 Pisarchik A. K. Nekotorыe dannыe po istoricheskoy topografii gorodov Ferganы // Sbornik statey posvyashennыx isskussttvu. S., 1956. S. 148.
1812-1813 yillarda Qo‘qon xonligiga tashrif buyurgan hindistonlik Mir Izzatulloh va rus zobiti Filipp Nazarovning kundaliklarida keltirib o‘tilgan. Mir Izzatullo Marg‘ilonda pishiq g‘ishtdan baland va mustahkam qurilgan minora mavjudligini aytar ekan,1 rus zobiti F. Nazarov minora 50 chaqirimdan ko‘rinib turishini ta’kidlaydi2.
Rivoyatlarga ko‘ra, ushbu minorani qoraxoniylar sulolasining hukmdori Qizil Arslonxon qurdirgan ekan. Ushbu rivoyatni A.K. Pisarchik andijonlik mohir binokor usta Yusufali Musaev (1870-1948)dan yozib olganligini aytadi. Usta Yusufalining so‘zlariga ko‘ra, Qizil Arslonxon hukmdorligi davrida 11 ta shaharga shunday minora qurishga farmon beradi. Biroq, usta ular ichidan Buxoro, Vobkent, O‘zgan, Andijon va Marg‘ilondagi mavjud beshta minorani sanab bera olgan, xolos. Shunday bo‘lsa-da, usta Yusufali Marg‘ilon shahridagi Qizil Arslonxon tomonidan XII asr boshlarida qurilgan minora XIX asr boshlariga qadar saqlanib turganligini aytib, minora balandligi 25 quloch, ya’ni 37,5 metrdan baland bo‘lganligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, bir qulochi sakkiz qirrali kursisiga to‘g‘ri kelib, qolgan 24 qulochi minoraning g‘o‘lasimon tanasini tashkil etgan. Minora o‘sha davr me’morchilik uslubiga ko‘ra, tepasi gumbazli davra kafasa – ko‘shk bilan bog‘langan. A. K. Pisarchikning fikriga ko‘ra, Marg‘ilonning qadimiy minorasi jome’ masjidi oldida qurilgan bo‘lsa kerak.3
Usta Yusufali so‘zlagan rivoyatda keltirilishicha, Marg‘ilondagi ko‘hna minora Qo‘qon xoni Umarxon davrida Iso dodxoh ismli yuqori mansabdagi amaldorning buyrug‘iga binoan buzib yuborilgan ekan. O‘sha vaqtlarda Iso dodxoh Marg‘ilon hokimi bo‘lib, u minorani buzishni Mulla Azamat domla ismli ustaga topshiradi. Usta minorani obdon ko‘zdan kechirib chiqqach, Iso dodxohga shoshiltirmaslik sharti bilan ko‘hna obidani sekin astalik bilan buzmasdan yecha boshlaydi. Naql qilishlaricha, Mulla Azamat domla minoraning har bir usulini qog‘ozga tushirgan va keyinchalik bu bilimini amalda qo‘llab, shogirdlariga ham o‘rgatgan ekan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mulla Azamat domla XIX asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan Farg‘onaning eng mashhur binokorlaridan biri bo‘lgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Mulla Azamat domla ko‘plab ilmlarning sohibi darajasiga yetishgan, o‘z davrining yetuk allomasi sifatida dovrug‘ qozongan buyuk me’mor sanalgan4. Darhaqiqat, xalq me’morchiligida binokorlik ilmi va san’atini chuqur egallagan, loyiha va naqshlar chizib ijod etadigan mohir mutaxassislarni me’mor, boniy, muhandis deb ulug‘lashgan. Keng ma’noda muhandis deb handasa-geometriya ilmining bilimdoni, geometriyani texnikaga,


1 Puteshestvie Mir Izzet ullы v Kokandskogo xanstvo (1812)... S.159.
2 «Zapiski o nekotorыx narodax i zemlyax Sredney Azii» Filippa Nazarova (1813-1814)// Istoriya Uzbekistana v Istochnikax.- T.: Fan, 1988. S. 170.
3 Pisarchik A. K. Nekotorыe dannыe po istoricheskoy topografii gorodov Ferganы...S.
150.
4 Pisarchik A. K. Stroitelnыe materialы i priemы masterov Ferganskoy dolinы//
Sredneaziatskiy etnograficheskoy sbornik. M., 1954. S. 249.
inshootlar konstruksiyasiga tadbiq etuvchi mutaxassis muhandis nazarda tutilgan.
O‘rta asrlar me’morchiligida eng murakkab va muhtasham saroy ko‘shklarni, madrasa va masjidlarni o‘z loyihasi asosida bunyod etgan muboshirlar ko‘pincha muhandis yoki me’mor deb atalgani ma’lum. Aslida muhandis va me’mor unvonlari katta tajribali, ma’lum va mashhur binokor ustalarga nisbatan ko‘proq qo‘llanilgan1. Masalan, Marg‘ilonning qadimgi me’moriy obidalari haqida katta bilim va tajribaga ega bo‘lgan usta Yusufali Musaevni olaylik. U Farg‘ona vodiysida 40 ga yaqin hammom qurgan bo‘lsa, ularning barcha loyiha va chizmalarini o‘zi chizgan2.
Marg‘ilonning me’morlari shaharni tashqi dushmandan mudofaa qiluvchi shahar devori va darvozaxonalarini ta’mirlashda xalqning asosiy ishongan ustalari sanalgan. Naql qilishlaricha, bundan to‘rt asr muqaddam Marg‘ilonni o‘rab turuvchi paxsadan ishlangan devorlarining balandligi 12 m, eni esa 3 metrdan iborat bo‘lgan3. Garchand o‘rta asrlar manbalarida Marg‘ilonning mudofaa devorlarida haqida so‘z yuritilmasa-da, biroq, shaharning qamal qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bu masalada fikrimizga oydinlik kiritishi mumkin. Jumladan Shayboniylar hukmdori Abdullaxon II (1533- 1598)ning Juybor xojalariga yuborgan maktublarining birida Marg‘ilon shahrining qamali xususida ham so‘z boradi:
Zomin yoniga kelib tushganimizdan keyin yog‘iy Bikoybiy bilan Do‘simbiy qushchini Marg‘ilonda qamal qamal ostiga olganligi haqida xabar olindi. Shu sababdan yonimizda turgan barcha amir va mulozimlarg‘a ilg‘or sifatida harakat qilishga ijozat berildi. Yog‘iy bundan xabar topib, qamalni bo‘shatdi va yuzini Qoshg‘ar sari qaratdi”4.
Muhammadyor ibn Arab Qatag‘anning“Musaxxir al-bilod” asarida ham shu singari ma’lumotni ko‘rish mumkin: “Navvob Do‘stum sulton O‘ratepaga oshiqqach, Mahdi sulton tomonidan Ispara va Marg‘inonga qo‘yilgan mas’ul kishilarning qo‘rquvdan u yerlarni tashlab, boshlarini omon saqlash umidida qochish yo‘liga tushganlari, xabarini eshitdi va shunga ko‘ra, a’lo hazrat buyrug‘iga binoan Do‘stum sulton bilan birga O‘ratepaga jo‘natilgan Bekoybiy va Do‘stumbiy qushchining Marg‘inon tomon yo‘lga tushishi hamda u yerga yetib olib, agar qo‘llaridan kelsa, Marg‘inon qal’asini mustahkamlab, berkitib o‘tirishlari borasida topshiriq berdi. Amirlar janob sulton buyrug‘iga binoan Marg‘inon tomonga yo‘nalib, shahar qal’asini dushmandan xoli ko‘rgach, darhol qo‘rg‘on ichiga kirib, qal’ani ta’mirlashga kirishdilar”5.
Agar biz ushbu ma’lumotlarga e’tibor bergudek bo‘lsak, dushman Marg‘ilonning mudofaa devorlari mustahkam bo‘lganligi bois ham, uni qamal qilishdan o‘zga chorasi qolmagan. Shunday ekan, shaharning baland devorlari


1 Zohidov P. Sh. Me’mor olami. T.: Qomuslar bosh tahririyati. 1996. – B.224.
2 O‘sha asar. 151-b.
3 Pisarchik A. K. Nekotorыe dannыe po istoricheskoy topografii gorodov Ferganы. Ko‘rsatilgan asar. –B.157.
4 Ahmedov B. Tarixdan saboqlar.T.:O‘qituvchi. 1994. – B.230.
5 Muhammadyor ibn Arab Qatag‘an. Musaxxir al-bilod...– B.355-356.
haqidagi rivoyatlar zamirida haqiqat mavjud. Faqatgina biz ko‘rgan ko‘zimizga ishonganimiz tufayli yo‘qolib ketgan shahar devorlariga faqat rivoyat sifatida yondashib kelmoqdamiz. Yana bir qiziq ma’lumot. Hofiz Tanish al- Buxoriyning “Abdullanoma” asarida keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, Marg‘ilon qal’asining devorlari tez-tez bo‘lib turguvchi hujumlardan jiddiy shikast topgan edi. Shu sababdan Abdullaxon II 1583 yili Marg‘ilon qal’asini ta’mirlashga farmon beradi:
Faridunnishon, Iskandar va Sulaymonoyin xoqon Ardaxshon darasidan chiqib, manziliga tushdi. U manzilda oldindan kishi kelib xabar berdiki, Mo‘min sulton birodari Mahdiy sulton, Marg‘inon, Andijon va tobe yerlarning sipohlaridan ko‘p jamiyat to‘plab, ehtimom kamarini belga bog‘lagan holda Marg‘inon tevaragida o‘ltiribdilar. Do‘stimbiy va Begibiylar qal’a ichida istehkomlanib, mudofaaga tayyorlanib, jang nag‘masini chalar edilar. Oxiri onhazratning oldindan yuborgan ilg‘orini eshitib, Marg‘inondan Andijon tomonga qochdilar.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling