Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Qoraxoniylar sulolasi davrida dehqonchilikning xonavayron bo‘lganligini isbotlaydigan tadqiqotchilarning dalili bilan bo‘lsa ham quyida Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr Quboviyni ma’lumotiga e’tibor beraylik:
“Bizning davrimizda bu Ko‘shki Mug‘on yerlari shunday (arzon bo‘ldiki), uni tekinga bersalar ham, hech kim olishni istamaydi. Sotib olingani ham (hukmdorlarning xalqqa qilgan zulm va shafqatsizligi sababli (ekilmay yotadi) va tekinga qolib ketadi”. Biroq bu ma’lumot to‘g‘ri deyilgani bilan XI asrdan XII asrgacha dehqonchilikning xarob bo‘lganiga to‘liq dalil bo‘la olmaydi. Bunday holatdagi ahvol barchamizga ma’lum: foydasiz sharoitda ba’zi davrlarda yerlar pulga arzimagan. Masalan, Bayhaqiyning aytishicha, 1035 chi yili Nishopur shahri yonidagi har bir bog‘ 3000 dirham bo‘lgan bo‘lsa, 1039 yilga kelganda 200 dirham tushib qolgan. Nishopurda ocharchilik yuz bergan chog‘da har put yerni qiymati xudddi shu singari bo‘lib, bir botmon bug‘doyga teng kelgan. O‘sha paytda qiymati 13 dirham edi. Yerning pulga arzimasligining bu kabi aniq tarixiy sabablari mavjud. Quboviyni ra’iyatni zulmi va shafqatsizligi haqmidagi so‘zi Mavarounnahr hududining 1 Bu haqda qarang: Bartold V.V.Bogra-xan, upomyanutыy v Kutadgu bilik. Rabotы po istorii i filologii tyurkskix i mongolskix narodov. Tom.V . M., 1968. S.419-424. Arslonxon davridagi ahvoli, ya’ni Quboviy “Buxoro tarixini” tarjima qilgan kezlar bo‘lib, bu paytlar butkul Qoraxoniylarning hukmronliq qilayotgan davr emas edi.Ayrim tarixchilar Arslonxon haqida: “U qo‘lini xalqning mol-mulkiga cho‘zdi hamda ularga shafqatsizlik qildi. Uning vahshiyona qirg‘inchiligi davlatni vayron qildi”, deb yozgan edi”1. Bu holat Arslonxonning katta yer egalariga qarshi turub hukumronligini mustahmkamlash uchun ko‘rgan chora-tadbirlari bilan bog‘liqdir. Sulton Sanjar 1130 yili shaharni qamal qilga chog‘dagi bir parcha xatida Arslonxonning jinoyatlarini ko‘rsatib sayyidlarni haqorat qildi va qadimiy urug‘larni yo‘qotdi degan2. Ammo bu ma’lumotlar Sulton Sanjarning shaharni olish uchun qilingan bahonasi deb qarash mumkin. Chunki uning o‘zini ham sayyidlarga qarshi boshqa joylarda olib borgan harakatlari tarixdan ma’lum. Masalan, bu to‘g‘risida adib Davlatshoh Samarqandiy (tax. 1435-1495) o‘zining “Tazkirat ush-shuaro” asarida Sulton Sanjar hokimyatining inqirozga yuz tutishini hazrat Ali avlodlariga nisbatan qilgan hurmatsizligidan deb izohlaydi3. Bir muncha joylarda yerga bo‘lgan ehtiyoj kamaysa, yerning bahosi tushib ketishi tabiiy bir holdir. Biroq Quboviyning yuqorida keltirilgan ma’lumoti Qoraxoniylar sulolasi davrida dehqonchilikning orqa ketishiga yetarli asos bo‘la olmaydi. Zero, hunarmandchilikning taraqqiy etib, savdo- sotiqning o‘sib borishi va shaharlarning tobora kengayib borayotgan bir paytida dehqonchilikni ortga ketishi bir muncha haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Garchand islom adabiyotida Qoraxoniylar sulolasi hukmronlik qilgan davrdagi dehqonchilikning ahvoli xususida ma’lumotlar kamchil bo‘lsada, bu davrlarga oid Xitoy yozma manbalarda nisbatan ko‘proq ma’lumotlar keltirilganligi ikki asarda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkin. Birinchi asar xitoylik donishmand tomonidan yozilgan bo‘lib “G‘arbga sayohat xotiralari” deb nom olgan: “Samarqandni g‘arbliklar unumdor zamin deyishadi. U tuprog‘ining unumdorligi bilan dong taratgan bo‘lib, Movarounnahr mahkamasi (poytaxti) deyiladi. Shahar daryoga yaqin. Samarqand nihoyatda boy shahar. Odamlari oltin, mis tangalarni ishlatadi. Ular o‘rtasida gina adovat yo‘q. Barcha narsa huquq (adolat tarozisi) bilan o‘lchanadi. Shahar atrofini bir necha o‘n chaqirim oraliqacha o‘rmonlik (daraxt)lar o‘rab turadi. Hamma oilaning bog‘i bo‘lub, nihoyatda go‘zal ko‘rinadi. Buloq suvlari ariqlarda oqib kelib gullarga quyiladi... Shaftoli va olichalar tutashib ketgan bo‘lib, shahar nihoyatda go‘zal va obod. Qovunning kattaligi otning kallasidek... Oshliq ziroatlardan tariq, guruch, moshdin boshqalari yetishtiriladi. Yozning o‘rtalarida yomg‘ir oz yog‘adi. Ziroatlarni daryo suvidan sug‘oradilar.(Yil davomida) yerdan taxminan ikki marta hosil oladilar... Tut daraxti nihoyati ko‘p bo‘lsa ham pilla boqadiganlar oz bo‘lganligidan ipak 1 Qoraxoniylar tarixidan bayon... – B.251. 2 Bartold V.V. Turkestan epoxu mongolskogo nashestiviya...S.343. 3 Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar bo‘stoni / Fors-tojik tilidan B.Ahmedov tarjimasi. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – B. 36. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling