Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet93/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Hayotining boshlarida ko‘p vaqt Movarounnahr mamlakatida ilm toliblari orasida kun kechirdi. Hirotga kelganidan keyin hidoyatli amir Alisherning inoyati va tarbiyati tufayli boshi Firqadondan ham yuqori bo‘ldi. Sultoni sohibqiron ham ul janobni maqbul ko‘rdi va oliy mansablardin sadrlik mansabiga, Xoja Kamoluddin Husayn Girangiyga sherik qilib tayinladi. Xoja Kamoluddin Husayn janob sayodatmaob bilan sidqidildan xizmat qildi. Mir Sarbarahna o‘z murabbiysi, ya’ni do‘stnavoz, xush andishalik amir Alisher huzuriga borib arz qildi: “Banda sayyid bo‘lishi bilan va yoshi ulug‘liga qaramasdan olimaqom dargoh xodimlari orasida xizmatdadir, dekin xlja Husayn mendan yuqori turishni orzu qilmoqda, shu kunlarda xizmatkorlar u nimani buyursa shunga qilishmoqda”. Shu payt bir gado ahvoli va sayodatmaob janobning savoli ul hazratning ko‘nglidan o‘tib bunday

Muxammad al-Xavafi. Mudjmail-i Fasixi / Perevod, predislovie, primechaniya i ukazateli D.Yu.Yusupovoy. T.: Fan. 1980; Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. I-II kitoblar. So‘z boshi, arab tilidan tarjima va izohlar muallifi: U.Uvatov. T.: Mehnat, 1992; Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma.T.:Sharq, 1997; Faxruddin Ali Safiy. Rashahotu aynil-hayot / Nashrga tayyorlovchilar, so‘zboshi va izohlar mualliflari: Mahmud Hasaniy, Bahriddin Umrzoq. T.: Abu Ali ibn Sino, 2004; Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn.II jild ikkinchi qism. Fors tilidan tarjima, so‘zboshi va izohlar muallifi Asomiddin O‘rinboev. T.: O‘zbekiston, 2008; Mirzo Muhammad Haydar Ko‘ragon. Tarix-i Rashidiy. Urumchi.: Shinjong xalq nashriyoti, 2008.


1 Alisher Navoiy. Majolisun nafois. Tanlangan asarlar. III tom. T.:O‘zbekiston Davlat nashriyoti, 1948. – B.54-55.
dedilar: She’r, Sadrlik gadoylarga in’om qilingan joyda uning hammadan ortiq bo‘lishini ko‘rasan. Amir Sarbarahna bu baytni eshitib uyaldi, lekin xursand bo‘ldi, umid yulduzi iqbol darajasiga ko‘tarildi. Ul janobning vafoti 898 (1492-1493) yili sodir bo‘ldi1.
Atoqli adib Sadriddin Ayniy Ayniy (1878-1954) o‘zining “Alisher Navoiy” nomli monografiyasida keltirib o‘tgan ma’lumotlarga ko‘ra, Said Shamsiddin Muhammad Andijoniyning “Mir Sarbarahna” (bosh yalang) laqabini olishga sabab uni avvalari ko‘cha va bozorlarda oyoq yalang, bosh yalang yurganligi sabab bo‘lgan2.
Aytish joizki, Hasanxoja Nisoriyning (1516-1597) “Muzakkiri Ahbob” asarida ham yana bir sadrlik mansabida turib ijod qilgan Andijonlik Muhammad Sharif Sadr haqida ma’lumot keltiradi:
Muhammad Sharif Sadr Andijondandir. Ko‘p fazilatlar kasb etgan va a’zam sultonlar uni oliyqadr sadrlik mansabi bilan siylaganlar. She’rga ham iltifoti bor”3. Shuningdek Hasanxoja Nisoriy o‘z asarida yana bir andijonlik shoir haqida jumladan quyidagilarni bayon etadi: “Mavlono Nasibiy Andijoniy xushgo‘y shoirlardan va fazilatlar nasib etgan baxtli insonlardan biri bo‘lgan”4.
Shayboniylar hukmronligi davrida Andijonga va uning atrofiga ko‘plab o‘zbek urug‘lari ko‘chib kelib o‘rnashadilar, shaharda urbanizatsiya jarayoni yanada tezlashadi.
Qo‘qon xonligi davrida esa, Andijon ushbu davlat bilan Sharqiy Turkiston o‘rtasidagi savdo aloqalari tarixida eng muhim o‘rinni egallaydi. Sharqiy Turkistonning barcha shaharlariga andijonlik savdogar va hunarmandlar ko‘chib borishgan5, ularning alohida mahallalari paydo bo‘ladi. Andijon shunchalik mashhurlashib ketadiki, hatto butun Markaziy Osiyodan Sharqiy Turkistonga borganlar “andijonliklar”deb atalib ketgan. Binobarin, Buyuk Ipak yo‘li tufayli Qashqar – Andijon o‘rtasida iqtisodiy, madaniy aloqalarni qadimdan davom etib kelganligi qarindoshlik, do‘stlikning juda samimiy sadoqat asosiga qurilganligini, shu bilan o‘zbeklar uyg‘urlarni “qashqarlik” deb atasa, uyg‘urlar o‘zbeklarni “andijonlik qarindoshim”, deb mehr-muhabbat qo‘yganligini juda ko‘p tarixiy qo‘shiqlar ham isbotlaydi6.
Ma’lumki shahar va qishloqlarning tarixiy topografiyasini aniqlashda undagi mavjud ziyoratgohlarni tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Andijon shahri hududida 2003-2004 yillarda olib borgan


1 “Xulosat ul-axbor”dan. (B. Ahmedov tarjimasi) // Navoiy zamondoshlari xotirasida. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985. – 65-66.
2Ayniy S. Asarlar. Sakkizinchi tom.T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1967. – B.343.
3 Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri Ahbob. Tarjima, so‘zboshi va izohlar muallifi Ismoil Bekjon. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.– B.264.
4 O‘sha asar. – B. 116.
5 Mashrabov Z.Z. Farg‘ona vodiysi qadimgi shaharsozlik madaniyati tizimida Andijon...–
B.51.
6 Boqiev O. Hayot haqiqatining lirik ifodalari (uyg‘ur xalq qo‘shiqlari haqida) // O‘zbek
xalq ijodi. T.: Fan, 1967. – B. 135.
tadqiqotlarimiz diqqatga sazovordir. Chunki, ko‘hna Andijon zaminida sokin topgan aziz-avliyolar nomi bilan bog‘liq ziyoratgohlar bir necha asrlik tarixga ega. Masalan, Jamol Qarshiy keltirgan ma’lumotga ko‘ra, XIII asrda yashab o‘tgan o‘z davrining mashhur olimlaridan bir nechtasi aynan Andijonning ko‘hna ziyoratgohlarida dafn etilgan:

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling