Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet105/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Islom fathidan so‘ng kulolchilik yanada taraqqiy eta boshladi. Buni ayniqsa qadimiy an’analarga ega bo‘lgan Eron va Iroqdagi kulolchilik san’atining gullab- yashnashida ham ko‘rish mumkin. H a m m a m i z g a ma’lumki, Ajam diyori sopol buyumlarga bir yoki bir necha rang-bo‘yoqlar bilan ishlov berishda yetakchi o‘rinda turgan. Keyinchalik mazkur uslubda sopol buyumlarni yasaydigan shaharlarning soni ko‘payib borgan. Ajam shimolidagi Samarqand (Afrosiyob) va Toshkent (Shosh),
Eron markazidagi Sus, Sava va Ray shaharlari shular jumlasidandir.
Bir guruh qadimshunoslar Samarqandda qidiruv ishlarini olib borib, ajamiy uslubda ishlab chiqarilgan sopol b u yu m l a r n i n g bo‘laklarini topib oldilar. Ularni yasashda va chiroyli rang-bo‘yoqlar ishlatilgan. Mazkur namunalar tahlilidan ayon bo‘lishicha, ularni bezashda qora, yashil, va sariq ranglar ustuvorlik qilgan. Bu namunalarda doira shaklidagi naqshlarni, bo‘yalgan qismining pastki tomonida esa o‘simliklarning tasvirlarini ko‘rishimiz mumkin. Lekin ular yaqqol ko‘zga tashlanmaydi, chunki yuqori qismidagi turli jozibador ranglar beixtier e’tiborimizni o‘ziga tortadi. Milodiy VIII asrning oxiri va IX asrning boshlarida kulolchilikning naqshli turi Movarounnahr shaharlarida keng yoyilib, IX — X asr davomida sifat jihatidan yuksalib bordi. Birinchi navbatda Samarqand, so‘ngra Toshkent kulolchilikni san’at darajasiga yetkazgan markazlarning birinchi safidan o‘rin egallab, shuhrati butun dunyoga tarqaldi. Bu o‘lkalarda ishlangan idishlar o‘simlik tasviri tushirilgan bezaklari, naqshga o‘xshatib ishlangan arabcha harflari, geometrik va jadvalii naqshlar solinishi bilan alohida ajralib turadi.
Samarqand va Toshkentda yasalgan laganlar va idishlar ishlanishi va bezak berilishi, ya’ni o‘ta nafisligi va ziynatlari bilan ajralib turadi. Bu esa mohir kulollar bilan iqtidorli rassomlarning yelkama-yelka turib xizmat qilganidan dalolat beradi. Bu hududlarda ishlangan idishlar doira shaklida va oq rangda bo‘lib, o‘rtasiga arabiy harflardan qushlarga o‘xshatib nafis rasm chiziladi, chetlarini esa jimjimador qilib yozilgan bir necha ibratli so‘zlar bezab turadi. Ayrim hollarda tavoqlarning sathi oqligicha qoldirilishi ham ularga o‘ziga xos go‘zallik baxsh etadi.
Milodiy X asrga tegishli Afrosiyob idishlari ham yashil, och yashil, jigarrang, qizil, qora va sariq ranglari hamda ramziy ma’no anglatuvchi qushlar va baliqlarning tasviri tushirilgan naqshlari bilan yer yuzining boshqa o‘lkalarida ishlangan idishlardan yaqqol ajralib turadi. Samarqandi azimda mohir ustalar tomonidan ishlab chiqilgan bu idishlar kulolchilik san’atining noyob va benazir durdonalari hisoblanadi.
Kohiradagi Islom san’ati muzeyi Movarounnahr diyoridan keltirilgan sopol va chinni idishlarning bir majmu’asini asrab-avaylab saqlab kelmoqda. Ushbu e’zoz- e’tiborga molik bo‘lgan majmu’ani o‘rganish asnosida alohida ta’kidlaymizki, biz qorida keltirgan Movarounnahr kulolchilik san’ati tarixining muhim davri (403/1009)ga tegishli xususiyatlar va o‘ziga xos jihatlarni olimlar, mutaxassislar va tarixchilar ham e’tirof etishgan”1.


1Doktor Kavsar Abul Futuh al-Laysiy. Movarounnahrda kulolchilik. Arabchadan Farida Xodjaeva tarjimasi // Imom al-Buxoriy saboqlari. Toshkent, 2007. – № 1. – B. 52-53.
Qadimshunos olimlar Qoraxoniylar humkronligi ostida bo‘lgan Farg‘onaning qadimgi shaharlari hududlaridan ko‘plab xumdon va kulolchilikka doir asbob-uskunalar topganlar. Bu borada G.P.Ivanovning qadimgi Qubo (Quva) kulolchigi borasida keltirgan fikrlari diqqatga sazovordir.
Qazishmalar davrida eng ko‘p topilgan moddiy ashyo bu kulolchilik buyumlaridir. To‘g‘ri, hozirda qulolchilik bilan aloqasi bor biror xona yoki ustaxona arxeologlarga ma’lum emas, lekin kulolchilik buyumlarining Quvada ishlangani shubhasiz. Buni sopol idishlar ximiyaviy tarkibi tahlili ham tasdiqlaydi. Ularning loyi Quva va uning atrofidagi tuproq tarkibiga aynan o‘xshash. Sopol loyi hozirdagi tandirchilar ishlatadigan tuproqqa juda yaqin turadi. Albatga ikki ming yildan ortiq vaqtda sopol idishlar shakli va ulardagi “moda” bir necha marta o‘zgargan. Ayniqsa, miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalaridagi kulolchilik namunalari boshqalaridan keskin farq qilgan. Birinchidan, ular qo‘lda yasalgan, ikkinchidan, sirtini bezash xam farq qilgan. Kulol charxisiz tayyorlangan sopol idshplar qizil va qizish ranglar bilan bo‘yalgan. Charxda yasalgan sopollarga oqish ranglarda jilo berilgan. Ba’zida idishlar sirtiga bo‘yoq bilan geometrik va o‘simlik nusxa naqshlar solingan. Bunday idishlar soni taxminan miloddan avvalgi II asrdan ortib boradi. Endi kulolchilik uslublari yangilanadi. Aksariyat kulolchilik idishlari charxda tayyorlana boshlaydi. Sopollar loyi sifati a’lo, kuydirilishi sifatli va idishlar yupqa va jarangdor qilib yasaladi. Miloddan avvalgi II asrdan to milodning VI asrigacha sopol idishlar sirti sifatli qizil yoki qora angob bilan qoplanadi. Shu davrdan Farg‘ona vodiysida o‘ziga xos "tirnab" geometrik naqsh solish rasm bo‘ladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling