Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet106/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Markaziy Osiyodagi chorvador-ko‘chmanchi aholining moddiy madaniyatga ta’siri ko‘plab kuzatilgan. Bu narsa VI-VIII asrlardagi Quva va vodiy kulolchiligiga xam ta’sir etgan. Bu jarayon asta sekin sopol idishlardagi turk-so‘g‘d xillarining paydo bo‘lishida seziladi. Qolaversa, VI asrdan e’tiboran sifatli Farg‘ona angobi kamayib ketadi va har xil dastali idishlar (yog‘log‘i va boshqalar) paydo bo‘ladi. Quvadagi ko‘plab idishlar metall va yog‘ochdan yasalgan idishlarga taqlidan kulolchilik idishlari tayyorlangan.
Markaziy Osiyoda IX asrdan boshlab sirlangan sopol idishlar paydo bo‘ladi. Bu narsa Farg‘ona vodiysini ham chetlab o‘tmadi. Sopol tayyorlashdagi bu yangi usul vodiyda juda tez tarqadi. Odatda geometrik va o‘simlik naqshlari, ba’zida bir oz murakkab motivlar ham paydo bo‘ladi. X-XII asrlarda Quvada tayyorlangan sopol idishlar o‘zining nafisligi, chiroyliligi va sifati bilan ajralib turgan. Quvaning sirlanmagan kulolchilik idishlari ham juda sifatli bo‘lgan. Ularga kesib, tirnab yoki o‘yib turli gullar solingan1.
Sopol buyumlar asosan har xil o‘lchamdagi idishlar, ya’ni, lagan, kosa, piyola, ko‘zacha, chiroqdon va boshqalardan iborat bo‘lgan. Garchand idishlar ko‘rinishi va shakli jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lsada, sinchiklab razm solinsa ulardagi turli farqlarni ajratish mumkin. Bu davrlarga kelib yangi bir shakldagi shamdonlar ham paydo bo‘lgan. Sirlangan sopol buyumlarga


1 Ivanov G.P. Qadimgi Quva shahri // Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlari. T.,2008. – B.90-91.
asosan geometrik va islimi naqshlar, turli hayvonlar, binolar tasviri hamda arab yozuvilari shuningdek arab yozuviga o‘xshash belgilar tushirilgan. Ayniqsa, Qubo va Axsikent xarobalaridan topilgan bu davrlarga oid moddiy va madaniyat ashyolari juda xam ko‘p va rang-barang bo‘lib, sirlangan sopol idishlar diqqatga sazovordir. Ularning ba’zilaridan kufiy yozuvidagi bitiklarni o‘qish mumkin. O‘sha davrdagi sopol idishlarga hazrat Ali ibn Abu Tolibning “Qizg‘anchiqlik ojizlikning isyonidir”, “Insof – oliyjanolik belgisidir” singari hikmatli so‘zlari tushirilgan1. Bunday idishlar Movarounnahrning barcha hududlarida keng tarqalgan edi. Jumladan, IX –XII asrlarga mansub Samarqandan topilgan sopol idishlarda hazrat Alining ilm va saxiylik to‘g‘risidagi hikmatlari aks etirilgan2.
Sopol idishlarning ba’zilariga bo‘lsa afsonaviy za yirtqich hayvonlar hamda xonaki qush tasvirlari tushirilgan. Axsikent hunarmandlari bu davrda sirli sopol idishlarni bezash va sirlash borasida o‘ziga xos maktab yaratdi. Buning mahsuli bo‘lgan ajoyib naqshindor va chinnidek jiloga ega idishlarning namunalari Yevropaning eng nufuzli muzeylarida jumladan Parijdagi Luvr Davlat muzeyida saqlanmoqda3.
Sopol idishlardagi geometrik shakllar va gul-giyoh rasmlarining tasvirlanishi holati ikki xil bo‘lib, bir xilida och yashil yoki och sariq rang berilgan. Bunda faqat idishni ma’lum bir qismiga rasm chizilib qolgan qismi bo‘sh qoldirilgan.
Ikkinchi xilida rasm sopol buyumning butun yuziga to‘ldirib chizilib manzarani nihoyatda jonli qizg‘in qilib ko‘rsatgan. Bu rasmlarning rangi ham nihoyatda bir-biriga mos kelib uyg‘unlashib ketgan. Chizilgan rasmlar oddiy bo‘lsada, biroq juda yoqimli bo‘lib idishlarga mustahkam o‘rnashib ketgan.
Bu davrlarda ranglik sopol koshinlar, ya’ni usti havorang yoki ko‘krang bilan sirlangan nihoyatda nafis sopol buyumlar paydo bo‘ldi. Bu xil sopol buyumlarning ustiga ba’zida yumaloq teshichkachalar ochilib, bu teshikchalar sir bilan to‘ldirilib, bir xil alohida suzuk shakllar chiqarilgan va bular g‘oyatda chiroyli bo‘lgan.
Kulolchilik haqida so‘z yuritar ekanmiz akademik T.N. Qori-Niyoziyning “Kulol va uning shogirdi” to‘g‘risida hikoyasini o‘quvchilar e’tiboriga havola etmoqchimiz. Chunki mazkur hikoyada sopol idishni tayyorlash jarayoni va kulolchilikning o‘ziga xos tomonlari soddalik bilan tushuntirib berilgan:
Odatda xar bir kasbning o‘ziga xos xususiyatlari, uning nozik kayfiyatlari bo‘ladi. Biroq har kim ularga diqqat qilmaydi, e’tibor bermaydi. Holbuki, ular “arzimagan” dek ko‘rinsa-da, lekin muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Quyidagi voqea shundan dalolat beradi.


1Ilyasova S. R, Ilyasov J.Ya. Arabskaya epigrafika Tashkenta v IX-X vv // O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi. T., 2007.
2Bolshakov O. G. Arabskie nadpisi na polivnoy keramike Sredney Azii IX –XII vv // Epigrafika Vostoka. M., 1963. XVI. S. 55.
3 Anorboev A. Qadimgi va o‘rta asrlarda Axsikent ...– B. 22.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling