Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
BURHONIDDIN MARG‘INONIY DAVRIDAGI BOLALAR O‘YINLARI
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
BURHONIDDIN MARG‘INONIY DAVRIDAGI BOLALAR O‘YINLARIBundan bir necha yil oldin Farg‘ona maktablarning birida o‘tkazilgan tadbirda o‘quvchilar tomonidan “Burhoniddin Marg‘inoniyning bolalik davridagi qanday o‘yinlar bo‘lgan?” degan savolga dabdurustdan javob bera olmagan edik. Bundan tashqari o‘quvchilarni Burhoniddin Marg‘inoniy davriga doir kiyimlar va taomlar to‘g‘risida bergan savollariga qaytargan javoblarimiz ham o‘zimizni qoniqtirmagan edi. Kitobimizning “Burhoniddin Marg‘inoniy davridagi bolalar o‘yinlari” deb nomlanuvchi mazkur bobida aynan shu savollarga imkon qadar javob berishga harakat qildik. Har bir inson umri o‘tib borgan sari bolaligini qo‘msar ekan, ko‘z oldiga bolalik davrida mashg‘ul bo‘lgan o‘yinlarni keltiradi. “Bo‘lali bola boshidan ma’lum” deganlaridek, kelgusida ulug‘lik darajasiga erishgan buyuk zotlarning aksariyati bolalik davridagi o‘yinlardayoq o‘zining iste’dodi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turgan. Ko‘p hollarda ular tengdoshlari orasida barcha o‘yinlarga bosh-qosh bo‘lganlar. Bunday paytlarda o‘yinlar ularni aqliy va jismoniy jihatdan yetuk bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu haqda Mahmud Sattor shunday yozadi: “O‘zingizga ma’lumki, bolalarni kattalar, yerga ursa ko‘kka sapchiydigan koptokka o‘xshatishadi. Chunki Siz biror daqiqa ham harakatsiz, jim o‘tira olmaysiz. O‘yin ishqibozi, o‘yinqaroqsizlar. Hayotingizni ko‘chasiz, o‘yinlarsiz tasavvur qilolmaysiz. Aslida bolalikning eng aziz, o‘ziga xos tomonlari ham shunda-da! Jamiyatga, odamlarga foydasi tegadigan, duyonga mashhur olimu yozuvchilarning, shoirlarning bolalikda yerga ursa ko‘o‘ka sapchiydigan o‘yinqaroq bo‘lganliklari bejiz emas. Bu hol ularda ijodiy tafakkurning o‘sishi uchun benihoya katta ahamiyatga ega”2. Darhaqiqat bolalar o‘yinlarining jismoniy jihatdan bergan ozuqasidan tashqari uning ma’naviy ozuqligi ham mavjud bo‘lib, bular o‘zbek bolalarining eng yosh paytlaridan e’tiboran bolalarda mustaqillik, o‘ziga bo‘lgan ishonchni, mustaqil fikrlashni va o‘z kuchiga, uquviga ishonchning ortib borishiga ko‘maklashgan. Ana shular ichida, ta’sirida o‘sgan bolalarda kuch- quvvat, bardamlik, salomatlik ancha yuqori bo‘lganligi barchaga ayon3. Bolalar o‘yinlari qaysi shakl, mavzu, yo‘nalishga ega bo‘lmasin, loy- tuproq bilanmi, yog‘ochu kaltakmi, ipu arqon bilanmi, qaysinisi bo‘lsa ham bolani turmush ikir-chikirlari, uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik ishlari, umuman katta 1 Jabborov I. O‘zbeklar. T.: Sharq, 2008. –B.58-59. 2 Mahmud Sattor. O‘zbek udumlari. T.: Fan, 1993. – B. 23-24. 3 Ismoilov H. O‘zbek to‘ylari. T.: O‘zbekiston, 1992. – B.66. hayotga tayyorlashda o‘ziga xos hunar maktabi rolini o‘ynagan1. Chunki, bolalar ham o‘z ota-onalari qatorida turib, ijtimoiy-maishiy hayotda, xususan, ishlab chiqarishning talay jabhalarida o‘z imkoniyatlari va iqtidorlari doirasida qadim zamonlardan berib qatnashib keladilar. Kattalar imorat qursa, ular g‘isht, loy yetkazib turganlar, kattalar xirmon yanchsa, ulr ho‘p haydalganlar. Xullas, kattalar uyushtirgan turli-tuman marosimda qatnashganlar, ular qo‘shiq kuylasa, jo‘r bo‘lganlar, birgalikda raqs tushganlar. Bunday aralashuv bolalarning hayot voqealariga o‘z munosbatalarini ifodalash yo‘sinini ham ola boshlagan. Bu jarayon bolalar uchun goh o‘yin tarzida kechsa, goh majburiy mehnat shaklida kechgan: o‘yin tarzida kechganida bolalar ehtiroslarga to‘lib- toshib, o‘z zavqlarini jo‘shqin va samimiy ohanglarda kuylaganlar; majburiy mehnat tarzida kechganida esa, og‘ir mehnat tufayli horg‘in va alamli tuyg‘ularini g‘amgin shaklda ifoda etganlar2. Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Bobur, Zayniddin Vosifiy, Kaykovus singari ulug‘ allomalar asarlarida ham bolalar hamda folklor o‘yinlariga doir juda ko‘p ma’lumotlar uchraydi3. Biroq Burhoniddin Marg‘inoniy yashab o‘tgan XII asrga talluqli bolalar o‘yinlari qanday bo‘lganligini bilish uchun biz shu davrga yaqin zamonda yashab o‘tgan Mahmud Qoshg‘ariy asarida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanishni lozim ko‘rdik. Zero, ular yashagan davr nari borsa bir asrgina farq qilgan holda bolalar o‘yinlari ham bir-biridan deyarli farq qilmagan bo‘lsa kerak. Chunonchi, turkiy xalqlardagi bolalar o‘yinlariga doir tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, asrlar o‘tsa-da, o‘yinlarning ayrimlari deyarli o‘zgarishga uchramay saqlanib qolgan4. Follorshunos olim G‘.Jahongirovning ta’kidlashicha, “Devonu lug‘otit turk” asarida 150 ga yaqin milliy o‘yinlar haqida ma’lumot keltirilgan bo‘lib, 20 dan ortiq bolalar o‘yini tavsif qilingan5. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan bolalar o‘yinini ijro uslubi, vaqti undagi o‘yin ashyolarining turiga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling