Burun qonashi sabablari va uni to‘xtatish usullari
Download 63.11 Kb.
|
Burun qonashi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burun qonashi sabablari
Yengil darajada. Yo‘qotilgan qon hajmi 700 ml.dan oshmaydi, bu umumiy qon miqdorining 12 %iga teng bo‘ladi. Bunday qon yo‘qotish biroz bosh aylanishi, holsizlik, pulsning susayishi va ko‘z oldi qoralashishiga olib keladi. Shilliq qavatlar rangi biroz ochlashishiga ham olib kelishi mumkin.
O‘rta darajada. O‘rta darajada qon yo‘qotishda 1000 ml.dan 1400 ml gacha qon ketadi, bu katta odam umumiy qonining 20 % iga to‘g‘ri keladi. Bu holat yaqqol namoyon bo‘luvchi belgilar bilan yuzaga chiqadi: holsizlik, quloqlarda shovqinlar, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘I, chanqash va xansirash. Og‘ir darajada. Umumiy qon miqdorining 20 %idan ko‘p qon yo‘qotish. Massiv qon yo‘qotish gemorragik shokka olib keladi, arterial bosimning tushishi va pulsning oshishi, es-hushning yo‘qolishi, ichki organlarga qon yetib bormasligi kuzatiladi. Bu esa hayot uchun xavfli hisoblanadi. Burun qonashi sabablariBurun qonashiga olib keluvchi faktorlar ikkiga bo‘linadi: mahalliy (lokal) va umumiy (sistemali). Mahalliy (lokal) faktorlarBurunning har xil shikastlanishlari. Burun shilliq qavatining mexanik shikastlanishi burundagi tuklarni ehtiyotsizlik bilan yulganda, burunni doimo qashlaganda, burunni qattiq qoqganda va shu kabilarda. Yosh bolalar yot jismlarni og‘iz va burunlariga solishni yaxshi ko‘rishadi va burun shilliq qavatini shikastlab qo‘yishadi. Barotravma (bosim natijasida shikastlanish). Barometrik bosimning tez o‘zgarishi natijasida burundan qon ketish. Ko‘pincha tog‘ga chiqqanda, suv tubiga sho‘ng‘iganda, samalyotda uchganda kuzatiladi. Shilliq qavatining to‘la qonligi, qon tomir devorining yupqalashidan qon ketish. Gripp, O‘RVI, allergik rinit yoki surunkali sinusitlarda yallig‘lanishga qarshi dori preparatlaridan, ayniqsa, steroid spreylardan foydalanilganda qon ketish kuzatiladi. Narkotik qabul qilganda. Burun orqali narkotik vositalarni qabul qilganda, ayniqsa kokain qabul qilinganda burun qonashi mumkin. Burunning anatomik deformatsiyasida. Teleangiyektaziya yoki burun tog‘ayini qiyshiqligini to‘girlashda, Rendyu-Osler kasalligida ham burundan qon ketadi. Burun bo‘shlig‘i yaxshi va yomon sifatli o‘smalarida. Onkologik kasalliklardan nazofarengial kartsinoma, yaxshi sifatli o‘sma – angioma yoki poliplar. Uzoq muddat qishning sovuq havosidan nafas olganda. Bunda havoning namlik darajasi ham rol o‘ynaydi. Issiq yoki quyosh urganda, issiq ob havo sharoitida burundan qon ketish kuzatiladi. Burun sohasida operativ muolaja o‘tkazilgandan keyin qon ketishlar. Download 63.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling