Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi
Download 0.79 Mb.
|
MO'M
Masalan: 374x2=(300+70+4)x2=300x2+70x2+4x2=600+140+8=748
Og`zaki ko`paytirishdan yozma ko`paytirishga o`tishni shunday tashkil etish kerakki, o`quvchilar og`zaki hisoblashlar qiyin bo`lgan hollarda yozma hisoblashlarga murojaat qilishini, bir songa ko`paytirishning og`zaki va yozma hisoblash usullari mohiyati bir xil ya'ni ikkala holda ham yig`indini songa ko`paytirish qoidasidan foydalanishini tushunib olishlari kerak. Asosiy farq qiluvchi xususiyati shuki, yozma ko`paytirish quyi xondan, og`zaki ko`paytirish esa yuqori xonadan boshlab hisoblanadi. Masalan: 426x2 426x2=(400+20+6)x2=400x2+20x2+6x2=800+40x12=852 Shu misolning o`zida xona qo`shiluvchilari o`rinlarini almashtirib yechish taklif etiladi. 426x2=(6+20+400)x2=6x2+20x2+400x2=12+40+800=852 Shundan keyin, yangi xil yozish usuli-ustun shaklida yozish ko`rsatiladi va 426x2 da tushuntirishni to`la amalga oshiriladi: Ikkinchi ko`paytuvchini birinchi ko`paytuvchining birliklari xonasi tagiga yozamiz, chiziq tortamiz. Chap tomonga ko`paytirish belgisini (x yoki x) qo`yamiz. 426 6 ni 2 ga ko`paytiramiz, 12 birlik hosil bo`ladi, bu 1 o`nlik va x 2 2 birlikdir, birliklarni (2) birliklar ostiga yozamiz, o`nlik larni eslab qolamiz; 2 o`nlikni 2 ga ko`pytiramiz 4 o`nlik hosil bo`ladi, bunga eslab qolgan 1 o`nlikni qo`shamiz 5 o`nlik bo`ladi. 5 ni o`nliklar ostiga yozamiz: 4 yuzlikni 2 ga ko`paytiramiz 8 yuzlik chiqadi, yuzliklar xonasi ostiga yozamiz ko`paytma 852 ga teng. Bu tushuntirishlar dastlab mukammal keyinchalik qisqa ravishda bajariladi. O`quvchilar bundan keyin ham hisoblashlarning og`zaki usullarini unutib yubormasliklari uchun ko`p xonali sonlarni bir xonali songa og`zaki va yozma ko`paytirish usullarini taqqoslashga doir mashqlar bajarish kerak. Masalan: 279x5, 230x3, 387x6, 370x4 Bu misollarni yechib qaysinisi og`zaki yechilishi osonligi aniqlanadi. O`quvchilar ko`p xonali sonni bir xonali songa yozma ko`paytirishning umumiy holini o`zlashtirib olganlaridan keyin, ular nollar bilan tugaydigan hollar qaraladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling