I. Bosqich. Ko`paytirish va bo`lishga tayyorgarlik nomerlashni, qo`shish va ayirishni o`rganishdan boshlanadi.
Dasturda nazarda tutilgan tayyorgarlik ishining mohiyati har xil topshiriqlarni Ko`rsatmalilik asosida bajarishdan iborat. Bu topshiriqlar bir xil qo`shiluvchilar yig`indisini topish va sonni bir xil qo’shiluvchilar yig’indisi bilan almashtirishni talab qiluvchi bo`ladi. Chunonchi sanashni o`rganishdayoq o`quvchilar ikkitalab, uchtalab, beshtalab sanashni mashq qiladilar. 100 ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda teng sonli Chekli to`plamlar sonini, bir xil qo`shiluvchilar yig`indisini topish bilan aniqlash malakalarini shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |