3 §. «Yuzlik» ichida masalalar ustida ishlash
1. Murakkab masala bilan tanishuv. Murakkab masalalarning ba'zi hollarini yechish.
Murakkab masalani tushuntirish uchun masala shartini tahlil qilish va arifmetik amal tanlash uchun mashqlar bajarish kerak.
M: 1. Bir tupdan 2 kg pomidor, 2- tupdan 1 kg ortiq pomidor tyerildi. 2- tupdan qancha pomidor tyerildi?
2. Olimning qancha puli bo`lgan? Uning o`zida 5 so`m bo`lgan va yana onasi 3 so`m bergan. Maqsad, o`quvchilar uchun masala shartida berilmagan qo`shimcha ma'lumot olish zarurati hosil bo`lsin va bir amal bilan yechish mumkin bo`lmasin.
M: Qo`g`irchoq tyeatriga bir maktabdan 6 ta o`g`il bola, ulardan 2 ta kam qiz bola keldi. Qo`g`irchoq tyeatriga nechta bola kelgan?
Darslikda berilgan 1-murakkab masala: bir ko`chada 6 ta yangi uy, ikkinchi ko`chada undan 4 ta ortiq yangi uy qurishdi. Ikkinchi ko`chada hammasi bo`lib nechta yangi uy qurishgan? (2 sinf 71 bet).
M.q.sh. 1- 6 uy
2-? 4 ta ortiq ? Yyechish: 6+(6+4)=6+10=16
Yig`indidan sonni ayirishga doir masala. Qizchaning 4 ta qizil va 3 ta ko`p shari bor edi. Qizchaning 2 ta sharini shamol uchirib ketdi. Qizchada qancha shar qoldi?
1 us. (4+3)-2=7-2=5
2 us. (4-2)+3=2+3=5
3 us. (4+(3-2)=4+1=5
Do'stlaringiz bilan baham: |