Butunjahon turizm tashkiloti va uning faoilyati


Pasport va vizaga oid rasmiyatchiliklar quyidagilardan iborat


Download 148.8 Kb.
bet9/12
Sana14.11.2023
Hajmi148.8 Kb.
#1772439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
BUTUNJAHON TURIZM TASHKILOTI VA UNING FAOILYATI

Pasport va vizaga oid rasmiyatchiliklar quyidagilardan iborat:

  • pasport fuqaro shaxsini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir. Unda jinsi, yoshi, tug’ilgan va yashaydigan joyi, fuqaroligi haqidagi ma’lumotlar beriladi. Xorijiy pasportdan tashqari, alohida vaziyatlarda diplomatik, xizmat, konsullik pasportlaridan foydalanish mumkin;

  • xorijlik pasporti (shaxsini tasdiqlash) yoki mamlakatda doimiy istiqomat qilayotgan xorijiy fuqaroga beriladigan fuqaroligi yo’q shaxslar hujjati;

  • er va xotinga (farzandli yoki farzandsiz) beriladigan oilaviy pasportlar;

  • bola pasporti, dengizchi pasporti va boshqalar;

  • 1995-yil 26-martdan yettita Yevropa davlatida Shengen bitimi kuchga kirdi va unga muvofiq Belgiya, Niderland, Lyuksemburg, Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Portugaliya ichki chegaralarida chegara tekshiruvi osonlashdi. Keyinchalik Shengen bitimiga Yunoniston ham qo’shildi. Ikki xil vizalar joriy etildi:

  • Yagona Shengen vizasi, uch oygacha muddatga beriladi va Shengen bitimini tuzgan mamlakatlar hududida erkin harakatlanish huquqini beradi.

  • Uch oydan ortiq muddatda beriladigan milliy kirish vizasi, uni berish Shengen bitimiga kirgan davlatning alohida huquqidir. Yevropa ittifoqiga kirmagan davlatlar, jumladan, rossiyalik turistlar uchun kirishning vizali tartibi saqlangan. Kirishning imtiyozli tartibi Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Latviya va Estoniya fuqaroligiga tegishli.

  • O’zbekistondagi bojxona qoidalari. O’zbekistonga naqd xorijiy valyuta olib kirish bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda cheklanmagan miqdorda ruxsat etiladi. O’zbekistondan naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqish bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda ekvivalenti 5 ming dollarga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda ruxsat etiladi.3

  • O’zbekiston Prezidentining 2017-yil 6-dekabrdagi "Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, O’zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqish tartibiga o’zgartirishlar kiritildi.

  • Unga ko’ra, 2018-yil 1-yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va O’zbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan ekvivalenti 2 ming dollardan oshgan miqdordagi naqd xorijiy valyuta yozma deklaratsiyalash va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo’li bilan bojxona nazoratidan o’tkaziladi.

  • Bunda yo’lovchi bojxona deklaratsiyasida olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan naqd xorijiy valyutaning jami summasi ko’rsatiladi. Ekvivalenti 2 ming dollarga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyuta jismoniy shaxsning xohishiga ko’ra yozma deklaratsiyalanishi mumkin.

  • Giyohvand moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dori-darmon (ularni qo’llash zaruratini tasdiqlovchi reseptsiz), qurol va o’q-dori, O’zbekiston davlat siyosati va islom aqidalariga qarshi yo’naltirilgan fotosuratlar, bosma va videomaterillarni, hayvonlarni (ularni olib kirish uchun maxsus ruxsat zarur) olib kirish taqiqlangan. Barcha qimmatbaho buyumlar (taqinchoqlar, foto va video kameralar, kompyuterlar va hokazo) bojxona deklaratsiyasida qayd etilgan bo’lishi shart.

  • Qimmatbaho materiallar va toshlar, mo’yna, qurol va o’q-dori, badiiy va tarixiy qimmatga ega buyumlar (bunga tayyorlanganiga

  • 100 yildan ko’proq bo’lgan har qanday buyum kiradi)ni olib chiqish uchun davlat Madaniyat vazirligining maxsus ruxsati zarurdir.


  • Download 148.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling