Butunjahon turizm tashkiloti va uning faoilyati
-moddasi: «Turistlarni sug’urta qilish»
Download 148.8 Kb.
|
BUTUNJAHON TURIZM TASHKILOTI VA UNING FAOILYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Xalqaro turizm rasmiyatchiligiga oid hujjatlar
20-moddasi: «Turistlarni sug’urta qilish». Turistlarni sug’urta qilish majburiydir va u turistik faoliyat subyektlari tomonidan sug’urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo’lgan tegishli sug’urta tashkilotlari bilan tuziladigan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turizm tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida»gi Qaroriga2 muvofiq, quyidagi moddalar turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan: xavf-xatar manbalari bo’lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib chiqishlaridan oldin, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki xavf-xatarlar kelib chiqishi mumkin bo’lishi yoki bo’lmasligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olish; ruxsat etilgan xavfsiz yo’nalishlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilangan xavfsiz yo’nalish bo’yicha sayohat qilishni ta’minlash; belgilangan yo’nalishning xususiyati va turistlarning xattiharakatiga bog’liq holda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf-xatar manbalari haqida ularning o’zini xabardor qilish va xavfsizligini ta’minlash; qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el turistlari bilan xavfsizlik choralariga rioya etishlari, O’zbekiston Respublikasida bo’lish tartibi, ekologik xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari to’g’risida tegishli tushuntirish ishlarini o’tkazadi. Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish mavzusida – «Ekologik turizm marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» yuzasidan marshrut rahbari amalga oshiriladigan ishlar ro’yxati keltiriladi. Turistik marshrutlarning barchasida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va marshrutni o’tkazadigan turistik tashkilot rahbarining imzosi va gerbli muhri bilan rasmiylashtirilishi lozim. 4. Xalqaro turizm rasmiyatchiligiga oid hujjatlar«Rasmiyatchilik» – biror bir muhim va mas’uliyatli ishni bajarishda talab qilinadigan, qonunchilik tomonidan o’rnatilgan shartlar yoki harakatlar majmuidir. Xorijiy mamlakatga birinchi marta turist sifatida tashrif buyurmoqchi bo’lgan shaxslar, odatda, faqat chegaraga oid va bojxona rasmiyatchiliklari mavjud deb o’ylashadi. Biroq turist o’z davlatiga olib kirishi mumkin bo’lgan bir talay hayot uchun o’ta xavfli kasalliklar mavjud, tropik mamlakatlarga kirishni tartibga solib turadigan sanitar - epidemiologik qoidalar ham juda muhim ekanligiga e’tirozlar bo’lmasa kerak. Tibbiy sanitar qoidalarini bilish va ularga qat’iy amal qilish turistni sayohat chog’idagi ko’plab ko’ngilsizliklardan saqlaydi. Chegaradan hayvonot va o’simliklar namunalarini o’tkazishning qat’iy belgilangan tartibi ham, xorijga safar chog’ida sug’urta qilish masalasi ham turist uchun muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, bir qator boshqa, qonunchilik tomonidan davlat manfaatlari va jamoat xavfsizligi hamda sayohat qilayotgan shaxslar va atrofmuhit muhofazasi nazarda tutilgan xalqaro turizmning keng ommaga deyarli noma’lum shartlari va qoidalari ham mavjud. Shunday qilib, turizm rasmiyatchiliklari – bu turist, turistik firmasi (keyinchalik turfirma) va boshqa davlatga tashkil qilinayotgan sayohatni tayyorlash va o’tkazishga aloqador boshqa barcha tashkilotlar amal qilishi lozim bo’lgan, u yoki bu davlat yoxud bir guruh davlatlar qonunchiligini bir vaqtning o’zida qabul qilgan qat’iy shartlardan iborat. Turizmga oid rasmiyatchiliklar – sayohatni tashkillashtirish, rasmiylashtirish va amalga oshirish jarayonida qonunchilik va mamlakatda o’rnatilgan tartib bo’yicha rioya qilish majburiy bo’lgan qoidalar, shartlar va harakatlardan iborat bo’ladi. Turizm rasmiyatchiliklarining muhimligini tasdiqlash va ularni tartibga solish hamda osonlashtirish uchun bir qator eng muhim xalqaro hujjatlardan ko’chirmalar keltiramiz: Yevropadagi hamkorlik va xavfsizlik bo’yicha kengashning yakunlovchi dalolatnomasi (Xelsinki, 1975 y.): «Kengashning ishtirokchi davlatlari xorijiy davlatlarga sayohat uchun talab etiladigan rasmiyatchiliklar bilan bog’liq masalalarni ijobiy ruhda qarab chiqish orqali turizm rivojini rag’batlantirish maqsadida ekanliklarini bildiradilar»; Jahon turizmi bo’yicha Manila deklaratsiyasi (Manila, 1980 y.): «Butun jahon turistik tashkiloti o’zining rivojlanish dasturiga jahonda turizm rasmiyatchiliklari ahvolini o’rganish, mazkur sohadagi joriy amaliyot va mavjud me’yorlarni tadqiq etish, sayohatlarni yo’lga qo’yish va osonlashtirish uchun umumiy tavsiyanomalar ishlab chiqish masalalarini kiritgan»; Turizm bo’yicha Gaaga deklaratsiyasi (Niderlandiya, 1989 y.): «Sayohatlar tez o’sishi bilan bir vaqtda turizm rasmiyatchiliklarining tushunchasi aniqlanmoqda va kengaymoqda. Ulardan biri bevosita turistlarga, boshqalari esa turizm biznesiga oid. Turizm rasmiyatchiliklarining osonlashuvi o’zining dastlabki tor chegaraviy rasmiyatchilik va bojxona tekshiruvlari ramkasidan chetga chiqa oldi. Bugungi kunda gap turizmni rag’batlantirish va ijobiy qo’llabquvvatlash haqida borishi lozim, xususan, har bir shaxsga ichki va xalqaro turizmda ishtirok etishga sharoit yaratish, yoshlar, keksalar va nogironlar orasida turizmga alohida e’tibor ajratishga harakat qilish shart»; Barqaror rivojlanish bo’yicha BMT komissiyasi o’zining 1999-yil apreldagi Nyu-York sessiyasida Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) tashabbusiga ko’ra, global turizm etika kodeksini ma’qulladi va BTTga xususiy sektorlar, nohukumat va mehnat tashkilotlaridan tushgan takliflar bilan to’ldirishni taklif etishdi. BTT mutaxassislarining xulosasiga ko’ra, turizm Global etika kodeksi joriy hujjat bo’lib, jumladan, turizm rasmiyatchiliklarini tartibga solishda ham dasturilamal bo’lmog’i lozim. Xususan, uning 8-moddasida «Turizm sayohatlari erkinligi»da davlatlar tomonidan kiritilgan yoki xalqaro kelishuvlardan kelib chiqadigan, masalan, vizalar, sanitar va bojxona rasmiyatchiligini imkon qadar shunday moslashtirish lozimki, erkin turizm va xalqaro turizmga yo’l ochish zarur bo’ladi. Ushbu rasmiyatchiliklarni osonlashtirishga qaratilgan mamlakatlararo bitimlarni rag’batlantirish lozim; turizm sanoatiga og’ir tushadigan va uning raqobatbardoshligiga zarar yetkazadigan maxsus soliq va to’lovlarni bekor qilish yoki qayta ko’rib chiqish kabi choralar ko’rsatilgan. Download 148.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling