Bux du san’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi yo’nalishi sirtqi 9-1 guruh talabasi Matyoqubov Hamidbekning Masofaviy ta’lim asoslari fanidan mustaqil ishi


Milliy va xalqaro internet forumlari


Download 105.02 Kb.
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi105.02 Kb.
#229625
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hamidbek Matyoqubov masofaviy ta'lim(1)

Milliy va xalqaro internet forumlari. Internet forumlari alohida yo’nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlariga medistina, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o’yinlari va transport vositalariga bag’ishlangan forumlar misol bo’ladi.

Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo’ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa, ixtiyoriy mavzuni o’rtaga tashlash mumkin.



Xalqaro forumlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:


  • Medicinform.ru forumi — ushbu forum tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan bo’lib, u orqali kasalliklar va ularni davolash, dori vositalari va ularni to’g’ri qo’llash hamda tibbiyot bo’yicha yuridik maslahat olish mumkin.


  • Progz.ru forumi – ushbu forum dasturlash texnologiyalaridan foydalanish, kompyuter dasturiy vositalarini ishlab chiqish va dasturlash bilan bog’liq yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishga mo’ljallangan.


  • Avtomobili.ru forumi – ushbu forum avtomobil ishqibozlari forumi bo’lib, unda avtomobillar brendlari, markalari va turlari hamda ularni ta’mirlash va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq masalalarni muhokama qilish mumkin.


  • Stopforum.ru forumi – bu kompyuter o’yinlari forumidir. Bunda o’yinlarning turlari, ularni o’ynash sirlari va yuzaga kelgan muammolar muhokama qilinadi.


  • WildDesign.ru forumi — bu forumda dizayn, moda va tasviriy san’at ixlosmandlari va ijodkorlari fikr almashishadi. Bundan tashqari ijodkorlar asarlaridan baxramand bo’lish mumkin.


  • Uforum.uz – milliy forumi. Uforum.uz milliy forum hisoblanib, u Respublikamizning axborot texnologiyalari, ta’lim, madaniyat, moliya, sog’liqni saqlash sohalarida hamda davlat sektori va elektron hukumat tuzilmasida ro’y berayotgan masalalar muhokamasini o’z ichiga oladi.

 


Download 105.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling