Plazmatik membrananing buzilishiga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin: - 1. Erkin radikallarning (stabil bo'lmagan va tashqi orbitasida toq elektronlar soniga ega bo'lgan zarrachalar) hosil bo'lishi. Ular faol kislorodga ega bo'lib, membrananing lipidlari bilan reaksiyaga kirishishi natijasida ortiqcha energiya hosil bo’ladi, lipidlar oksidlanadi.
- 2. Komplement tizimining faollashishi. Bular plazmatik membrana faol bo'lmagan oqsillari guruhi bo'lib ularning faollashishi natijasida membrana fermentativ yemiriladi. Sog’lom hujayrada bu fermentlar tashqaridan kirgan yod moddalarni parchalash vazifasini bajaradi.
- 3. Fermentlar ta'sirida lizislanishi. O'tkir pankreotit (oshqozonosti bezi shamollashi) kasalligida ortiqcha fermentlarning sintezi plazmatik membranani nekrozga (o'limiga) keltiradi.
- 4. Hujayraga kirayotgan viruslar ta'sirida lizislanadi.
- 5. Kimyoviy va fizikaviy omillar ta'sirida (yuqori yoki past harorat, kimyoviy moddalar).
- Hujayradagi patologik jarayon salbiy omilni olib tashlanganda to'xtashi mumkin. Agar o'zgarishlar uzoqqa bormagan va yadrogacha yetib bormagan bo'lsa. Bu holda hujayra o'z holiga qaytib vazifalarini tiklaydi. Masalan, mitoxondriyalarning shishishi va endoplazmatik to’rning fragmentatsiyasi qaytar jarayon.
- Hujayradagi patologik jarayon salbiy omilni olib tashlanganda to'xtashi mumkin. Agar o'zgarishlar uzoqqa bormagan va yadrogacha yetib bormagan bo'lsa. Bu holda hujayra o'z holiga qaytib vazifalarini tiklaydi. Masalan, mitoxondriyalarning shishishi va endoplazmatik to’rning fragmentatsiyasi qaytar jarayon.
- Hujayraning reparatsiyasi (tiklanishi) to'liq yoki qisman bo'ladi. Qisman reparatsiyada hujayra tiklanadi, bir oz vaqt faoliyat ko'rsatadi, lekin vaqt o'tishi bilan nobud bo'ladi. Bu holat yadroda qaytmas jarayonlar boshlanganligi tufayli sodir bo'ladi. Masalan, infuzoriyalarni ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirganda biroz vaqtdan so'ng ular o'ziga kelib harakati tiklangan, lekin yadro tuzilmasi shikastlanganligi tufayli ular baribir nobud bo'lgan.
- Qaytmas jarayonlar natijasi hujayra o'limidir. Hujayra o'limi uzoq va murakab jarayon. Hujayra ichidagi gidrolitik fermentlar faollashib gialoplazmadagi oqsillarni, lipidlarni yemiradi, natijada, hujayra ichi membranalari yemiriladi, shu jumladan lizosomalar membranalari ham. Bu esa hujayra avtolizisiga (erishiga) olib keladi.
- Hujayradagi patologik holatlarga boshqaruv jarayonlarining buzilishi ham kiradi. Bu esa almashinuv jarayonlarinig buzilishi va turli moddalarning to'dalanishiga sabab bo'ladi. Patologik anatomiyada bu holat distrofiya deyiladi. Yog’ distrofiyasida yog’ kiritmalari tomchilar ko'rinishida to'dalanadi. Hujayralar yog’larni yutib ularni utilizatsiya (ishlatib) qilolmaganidan yog’lar sitoplazmada to'planadi. Parchalovchi fermentlar yetishmasligi natijasida glikogen ko'p miqdorda to'planadi. Shuningdek, hayvon hujaraylarida pigmentlar to'dalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |