Buxgaletriya hisobining predmeti, metodi va uning elementlari
KORXONA VA UNING FAOLIYAT KO’RSATISH SHARTLARI
Download 42.72 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU бухгалтеря хисоби предмети ва элементлари
2. KORXONA VA UNING FAOLIYAT KO’RSATISH SHARTLARI
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuniga binoan buxgalteriya hisobi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar huquqiy shaxs hisoblangan barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yuritiladi. Korxona, xalq xo’jaligining tarkibiy unsuri (elementi) hisoblanadi va tashkiliy jihatdan alohida ajratilgan qismini anglatadi. Xo’jalik faoliyati o’z xususiyatiga ko’ra - sanoat, qishloq xo’jalik, savdo va boshqalarga bo’linadi. Ularning har birida muayyan xo’jalik jarayoni amalga oshiriladi va tegishli mablag’lar mavjud bo’ladi. Har bir korxona u yoki bu mulkchilik shakli - davlat, xususiy (shaxsiy), o’rtoqlik va shirkat xo’jaliklariga tegishli bo’ladi. Davlat mulki – davlatga qarashli mulkdir. Mulkka xususiy ega bo’lishlik (sole proprictorship)- bir shaxs tomonidan yaratiladigan firma bo’lib, u mulk egasiga shu firma xo’jalik faoliyati ustidan, o’z shaxsiy manfaatlaridan qat’iy nazar, nazorat qilish imkonini beradi. Mulkka yakka shaxs sifatida egalik qilishda uning a’zosi o’sha xo’jalik sub’ekti bo’lib hisoblanadi. Uning o’zi hamma foydani oladi va ko’rgan zarari hamda barcha majburiyatlar bo’yicha shaxsiy mulki bilan javob beradi. O’rtoqlik korxonalari (partnership) - o’z qobiliyatlari va resurslarini birlashtiradigan ikki yoki undan ko’proq mulk egalari tomonidan hosil qilingan firmadir. Bunda kompaniyachilar va shirkatning foydasi yoki zararini oldindan kelishilgan qoidaga ko’ra o’zaro bo’lishadilar. Har qanday qatnashuvchi o’zining hissasini boshqa tomonga topshirishi mumkin va zarur bo’lganda har birining shaxsiy mulki o’z majburiyatlarini to’lash uchun olib qo’yilishi mumkin. Ba’zi xollarda mulkchilarning biri yoki bir nechtasi o’zlarining majburiyatlarini cheklashlari mumkin (masalan, firmaning ustav kapitaliga qilingan hissa badallarining hajmi bilan), lekin, hech bo’lmaganda ulardan biri shirkatning barcha majburiyatlari bo’yicha cheklanmagan javobgarlikni o’z zimmalariga olishi kerak. Korporatsiya (corporation) - o’ratoqlik korxonalarining bir turi sifatida aktsiyadorlik kapitali ko’rinishida belgilangan, lekin, mulkning boshqa egalariga yuridik jihatdan bo’ysinmaydigan firmadir. Aktsiyadorlar korporatsiya faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri nazorat qila olmaydilar. Ular aktsiyadorlar manfaati uchun foyda olish maqsadida korporatsiya xo’jalik faoliyatiga rahbarlik qiladigan direktorlar kengashini saylaydilar. Aktsiyadorlar korporatsiyaning zararlari uchun faqat o’zlarining badallari chegarasida javob beradilar. Agar aktsiyador o’z aktsiyalarini sotsa, bu korporatsiyani tugatishga olib kelmaydi. Quyida harakatdagi kapital manbalari sxemasini keltiramiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling