Buxgaletriya hisobining predmeti, metodi va uning elementlari


Download 42.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi42.72 Kb.
#1517511
  1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU бухгалтеря хисоби предмети ва элементлари



MAVZU: “BUXGALETRIYA HISOBINING PREDMETI, METODI VA  
UNING ELEMENTLARI”
 
Maqsad:
Buxgalteriya hisobining predmeti, korxona va uning faoliyat 
ko’rsatish shartlari , buxgalteriya hisobining usuli (metodi) va uning elementlari 
haqida talabalarda bilim va ko’nikmalarini boyitish, shakllantirish.
 
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. 
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida» Qonun, 1996 y. 30-avgust.
2. 
Natsionalnie standarti buxgalterskogo ucheta Respubliki Uzbekistana. 
Assotsiatsiya buxgalterov i auditorov Uzbekistana. Tashkent – 2002 g.
3. 
O’zbekiston respublikasi buxgaletriya hisobining milliy standartlari 
BHMS. 21sonli, Tarjimonlar: prof. A.Sotvoldiev va O.Masharipov. 
toshkent – 2002
g. 

Ishning mazmuni: 
Reja: 
1. Buxgalteriya hisobining predmeti 
2. Korxona va uning faoliyat ko’rsatish shartlari 
3. Buxgalteriya hisobining usuli (metodi) va uning elementlari 
1. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI 
 
 
Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo’jalik faoliyatini 
kuzatish, boshqarish va nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida 
ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish o’z 
navbatida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga bo’linadi.
Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi)ga moddiy boyliklarni 
ishlab chiqaruvchi (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) hamda 
moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazib berish 
bilan band bo’lgan (savdo va umumiy ovqatlanish) tarmoqlari kiradi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish - korxonaning fondlaridan, ya’ni 
ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo’lgan moddiy va pul mablag’laridan 
foydalanish yo’li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning har xil shakllaridagi 
korxonalarga zarur bo’lgan mablag’lar ma’lum manbaalar (davlatniki - davlat 
resurslari hisobidan, jamoaniki pay badallari hisobidan, aktsiyadorniki - 
aktsiyadorlar resurslari hisobidan va ko’shma korxonalarniki - muassislarning 
badallari hisobidan) hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish - taqsimot, aylanish 
va iste’mol jarayonlariga xizmat qilaturib, korxonalar fondlari uzluksiz doirada 
aylanishni amalga oshiradi. Shuning uchun, buxgalteriya hisobi bu erda moddiy 
boyliklarni yaratishga yo’naltirilgan doira va aylanishi jarayonidagi korxonaning 


fondlari (mablag’lari)ning holatlari va ulardan foydalanishni samarali boshqarish 
uchun zarur bo’lgan axborotni shakllantiradi.
Noishlab chiqarish sohasini aholiga xizmatlar bajaruvchi tarmoqlar tashkil qiladi. 
Bularga sog’liqni saqlash, xalq ta’limi, san’at hamda davlat boshqarmalari va 
mudofaa muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish sohasida garchi mahsulot ishlab 
chiqarilmasa ham, u ishlab chiqarish sohasiga o’zining natijalari orqali ijobiy ta’sir 
qiladi.
Noishlab chiqarish sohasi tashkilotlari va muassasalarining xo’jalik faoliyatlari, 
ularga davlat byudjetidan ajratilgan hamda o’zi ishlab olgan mablag’lardan qay 
darajada samarali foydalanilayotganini boshqarishdan iborat. Shunday qilib, 
noishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish sohasida yaratilgan ijtimoiy 
mahsulotni taqsimoti (qayta taqsimoti) va iste’moli sodir bo’ladi. Demak, 
buxgalteriya hisobi noishlab chiqarish sohasiga ajratilgan mablag’larning holati, 
sarflanishi haqida axborotlarni shakllandiradi.

Download 42.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling