Buxgaletriya hisobining predmeti, metodi va uning elementlari
Download 42.72 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU бухгалтеря хисоби предмети ва элементлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning mazmuni: Reja: 1. Buxgalteriya hisobining predmeti 2. Korxona va uning faoliyat ko’rsatish shartlari
MAVZU: “BUXGALETRIYA HISOBINING PREDMETI, METODI VA UNING ELEMENTLARI” Maqsad: Buxgalteriya hisobining predmeti, korxona va uning faoliyat ko’rsatish shartlari , buxgalteriya hisobining usuli (metodi) va uning elementlari haqida talabalarda bilim va ko’nikmalarini boyitish, shakllantirish. Zarur adabiyotlar va jihozlar: 1. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida» Qonun, 1996 y. 30-avgust. 2. Natsionalnie standarti buxgalterskogo ucheta Respubliki Uzbekistana. Assotsiatsiya buxgalterov i auditorov Uzbekistana. Tashkent – 2002 g. 3. O’zbekiston respublikasi buxgaletriya hisobining milliy standartlari BHMS. 21sonli, Tarjimonlar: prof. A.Sotvoldiev va O.Masharipov. toshkent – 2002 g. Ishning mazmuni: Reja: 1. Buxgalteriya hisobining predmeti 2. Korxona va uning faoliyat ko’rsatish shartlari 3. Buxgalteriya hisobining usuli (metodi) va uning elementlari 1. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo’jalik faoliyatini kuzatish, boshqarish va nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish o’z navbatida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga bo’linadi. Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi)ga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) hamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazib berish bilan band bo’lgan (savdo va umumiy ovqatlanish) tarmoqlari kiradi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish - korxonaning fondlaridan, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo’lgan moddiy va pul mablag’laridan foydalanish yo’li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalarga zarur bo’lgan mablag’lar ma’lum manbaalar (davlatniki - davlat resurslari hisobidan, jamoaniki pay badallari hisobidan, aktsiyadorniki - aktsiyadorlar resurslari hisobidan va ko’shma korxonalarniki - muassislarning badallari hisobidan) hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish - taqsimot, aylanish va iste’mol jarayonlariga xizmat qilaturib, korxonalar fondlari uzluksiz doirada aylanishni amalga oshiradi. Shuning uchun, buxgalteriya hisobi bu erda moddiy boyliklarni yaratishga yo’naltirilgan doira va aylanishi jarayonidagi korxonaning fondlari (mablag’lari)ning holatlari va ulardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotni shakllantiradi. Noishlab chiqarish sohasini aholiga xizmatlar bajaruvchi tarmoqlar tashkil qiladi. Bularga sog’liqni saqlash, xalq ta’limi, san’at hamda davlat boshqarmalari va mudofaa muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish sohasida garchi mahsulot ishlab chiqarilmasa ham, u ishlab chiqarish sohasiga o’zining natijalari orqali ijobiy ta’sir qiladi. Noishlab chiqarish sohasi tashkilotlari va muassasalarining xo’jalik faoliyatlari, ularga davlat byudjetidan ajratilgan hamda o’zi ishlab olgan mablag’lardan qay darajada samarali foydalanilayotganini boshqarishdan iborat. Shunday qilib, noishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish sohasida yaratilgan ijtimoiy mahsulotni taqsimoti (qayta taqsimoti) va iste’moli sodir bo’ladi. Demak, buxgalteriya hisobi noishlab chiqarish sohasiga ajratilgan mablag’larning holati, sarflanishi haqida axborotlarni shakllandiradi. Download 42.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling