Buxgalteriya 1-mavzu. Korxona turlari va tashkil etish tartibi


Download 76.03 Kb.
bet1/36
Sana17.06.2023
Hajmi76.03 Kb.
#1527617
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
BUXGALTERIYA 2 - Copy



BUXGALTERIYA
1-MAVZU. Korxona turlari va tashkil etish tartibi.
Respublikamizda ko`p uchraydigan korxona turlari.

  1. YaTT-yakka tartibdagi tadbirkorlik. Bitta jismoniy shaxs tomonidan tashkil etiladi va o`z faoliyatini yurita olishi uchun davlat tomonidan maxsus ruxsatnoma (patent) oladi va YaTT guvohnamasi asosida faoliyat olib boradi.

  2. Oilaviy korxona-CP. Bir oila a`zolaridan tashkil etiladi. Oilaviy korxonani tashkil etiuvchilar ishtirokchilar deb nomaladi.

  3. Xususiy korxona. Bitta jismoniy shaxs tomonidan tashkil etiladi va boshqariladi. Aynan xususiy korxonani tashkil etgan shaxs o`zi rahbar bo`lishi talab etiladi.

  4. MCHJ-masulyati cheklangan jamiyat. Bittadan 50 tagacha bo`lgan shaxslar tomonidan tashkil etilishi mumkin va rahbar tasischilar orasida yoki tashqaridagi shaxslarni rahbar qilib tayinlash mumkin.

  5. Aksiyadorlik jamiyati. Aksiyadorlar soni 50 tadan ko`p davlat ulushi 50 % dan yuqori Aksiyadorlik jamiyatiga pul tikuvchilar kamida 2 nafari chet ellik bo`lishi kerak.

Korxonani tashkil etish uchun 1-navbatda nom tanlab olinadi. Nomni fo.birdarcha.uz sayti orqali 3 kun muddatgacha band qilib qo`yishimiz mumkin. Korxona nomini boshqa nomlarda keltirishimiz mumkin asos 2001-yil 6-dekabrdagi MCHJ tog`risidagi qonunning 6-moddasi..
MCHJ korxonasi va xususiy korxona farqi.

  1. Tasischilar sonida va aynan rahbar sifatida kim belgilanishida.

  2. MCHJ korxonasida qarzlari qoplanishida tasischining shaxsiy mulki daxlsizdir. Xususiy korxonada esa korxona qarzi tasischining shaxsiy mulki evaziga qoplanishi mumkin.

Korxona tashkil etish uchun davlat xizmatlari markaziga murojat qilinadi va ustav hujjati tashkil etiladi.
2-MAVZU. USTAV
Ustav xujjatida korxona to`liq va qisqartirilgan nomi, rus tilida keltirilgan nomi, korxonaning asosiy faoliyat turi, manzili, korxona keyinchalik shug`ullanishi mumkin bo`lgan qoshimcha faoliyat turlari va ustav fondi, korxona tasischisi yoki tasischilari haqida malumot ustav fondini shakllantirish tartibi va muddati umumiy qonun qoidalar aks etgan korxonani tashkil etishdagi asosiy hujjati hisoblanadi.
Korxona ustavi tuzulishi MCHJ to`g`risidagi qonuning 13- moddasida belgilangan.
TASIS SHARTNOMA.
Korxonani tashkil etayotgan shaxslar 2 va undan ortiq bo`lgan holatda tasis shartnoma hujjati tuziladi. Tasis shartnoma hujjatida tasisichilar haqida malumot kim necha foiz ulushga egaligi taraflarning majburiyatlari korxonada ko`rilgan foydani taqsimlash baxsli holatlarni hal qilish, zararlarni qoplash, korxonaga rahbar tayinlash, umuman olganda tasischilar o`rtasidagi kelishuv hujjati hisoblanadi.

Download 76.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling