Schotlar rejasi- 0100 schotdan 9910 schotgacha hisobga olinadi.
Bu schotlar korxona balansida doimiy ishlatiluvchi schotlar hisoblanadi. Asosiy schotlardan tashqari 16 ta balansdan tashqari schotlar mavjud. 01 dan 99 gacha bo`lgan schotlar xarakteriga ko`ra 3 turga bo`lindi.
Aktiv schotlar: 0100 dan 5920 gacha
Passiv schotlar: 6000 dan 8910 gacha
Tranzit schotlar: 9000 dan 9910 gacha
Aktiv schotlar. Korxonaga tegishli bo`lgan, pul qiymatiga ega bo`lgan mol mulk, pul mablag`lari ba boshqa vositalarni uzida aks ettirish uchun ishlatiadi.
Aktiv schotlar 2 turga bo`linadi.
Uzoq muddatli aktivlar: 0100 dan 0990 gacha bo`lgan schotlarni o`z ichiga oladi. Bu schotlar korxonada 1 yildan oshiq muddatda ishlatiladigan yuritiladigan aktivlarni hisobga oladi.
Joriy aylanma aktivlar. (qisqa muddatli aktivlar) 1000 dan 5910 gacha bo`lgan schotlarni o`z ichiga oladi (o`z hoaltini tez tez o`zgartirib turadigan schotlar hisoblanadi)
Bularni joriy aylanma aktivlar deb yuritishga sabab 1 yil ichida o`z holatini tez tez o`zgartirib turuvchi aktivlardir.
AKTIV SCHOTLARNING QONUN QOIDASI.
Aktiv schotlar-Debet tarafda ko`rinadi, debet tarafda ko`payadi qoldiq miqdori ham debet tarafda bo`ladi. Summa kredit tarafga o`tgandan keyingina debet tarafdagi qoldig`i kamayadi.
PASSIV SCHOTLAR.
Korxona mol mulki va pul qiymatiga ega bo`lgan vositalarni qayerdan va qanday yo`l bilan kirib kelganligini o`zida aks ettiruvchi korxonaning qarz va majburiyatlarini o`zida hisobga oladi.
Passiv schotlar aktiv schotlarni kelib chiqishi manbayi hisoblanadi. Passiv schotlar 2 turga bo`linadi.
Majburiyatlar- 6000 dan schotdan 7920 schotgacha bo`lgan schotlarni o`z ichiga oladi. Bu schotlar bir davr ichida korxonaning qarzlarini o`zida aks etiradi.
Qisqa muddatli majburiyatlar Yani 1 yil ichida yopilishi kerak bo`lgan korxona majburiyatlari. 6000 dan 6990 gacha bo`lgan schotlar.
Uzoq muddatli majburiyatlar. 1 yildan oshiq muddatda yopilishi kerak bo`lgan korxona majburiyatlari.
O`z mablag`larining manbalari(xususiy kapital). Bu schotlar 8000 dan 8910 gacha bo`lib tasischiga tegishli schotlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |