Buxgalteriya asoslaridan musataqil ish Guruh 2-8 bajardi: Abdujabbarov Bekzod Mavzu Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning buxgalteriya hisobi


Download 90.14 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi90.14 Kb.
#1628093
  1   2
Bog'liq
Buxgalteriya asoslaridan

Buxgalteriya asoslaridan musataqil ish

Guruh 2-8

bajardi: Abdujabbarov Bekzod

Mavzu Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning buxgalteriya hisobi

  • Ma’lumki, xo’jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalarning qiymati odatda ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo’li bilan qoplanadi. Asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati mobaynida xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar ko’rinishida muntazam taqsimlanali. Bu yerda amortizatsiyalanadigan qiymat deyilganda aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan qolgan summasi tushuniladi.

mazkur obyekt qabul qilingan oydan keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo’lsa, unga mos ravishda mazkur obyekt bo’yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to’liq qoplangan yoki u balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to’xtatiladi. 5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam ravishda taqsimlanadigan eskirishning qiymat ko’rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. Shuni nazarda tutish kerakki, asosiy vositalar obyekti bo’yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’la qoplanguncha yoki u balansdan chitsarilguncha amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarning obyektlari bo’yicha eskirish hisoblanishi
Asosiy vositalar obyektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya hisoblanishi to’xtatilmaydi, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda ularni konservatsiyaga o’tkazish hollaridan hamda obyektning foydalanishi to’liq to’xtatilgan sharoitda ularning qo’shimcha qurilishi, qo’shimcha jihozlanishi, rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi davridan tashqari.
Asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishi, korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Amortizatsiya hisoblashning bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulila amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obyektining boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi:
Masalan: Kompyuterning boshlang’ich qiymati 1100000 so’m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so’m, foydali xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya meyori amortizatsiyalanadigan qiymatning 20 % ni yoki 200000 so’m ((1100000-100000)/5=200000) so’mni tashkil etadi.
Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chitsarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy vositalar obyektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga asoslanadi. Mazkur usul bo’yicha har yillik amortizatsiya summasini hisoblab chiqish uchun foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib o’tilgan tonnakilometr miqdori va shunga o’xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining tabiiy ko’rsatkichi hamda asosiy vositalar obyektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang’ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu asosiy vositalar obyektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga bo’lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti kuchli tasir ko’rsatgan hollarda asosiy vositalarning eskirishi amortizatsiyani tezlashtirish yo’li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita usul orqali hisoblanadi: ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli va yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul).
Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo’yicha amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya meyori ikki karraga oshirilib, mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq qiymatiga ko’paytirilali. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblashda taxminiy baholangan tugatish qiymati boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatilan chegirib tashlanmaydi.
Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obyektining hisobot yili boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obyektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan amortizatsiya meyoriga asoslangan holda aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. Mos holatda, to’g’ri chiziqli usulda yillik amortizatsiya meyori 20 % (100% / 5)ni tashkil etadi. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida, amortizatsiya meyori 40 % (2 x 20%) ga teng bo’ladi. Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga nisbatan ishlatiladi.

Amortizatsiya ajratmalari davri

Boshlang’ich (qayta tiklash) qiymat

Amortizatsiyaning yillik summasi

Тo’plangan amortizatsiya

Balans qiymati

1-yil oxiri

1 100 000

40% x 1100000= 440000

440 000

660 000

2-yil oxiri

1 100 000

40% x 660000= 264 000

704 000

396 000

3-yil oxiri

1 100000

40% x 396000=158 400

862 400

237 600

4-yil oxiri

1 100000

40% x 237600=95 040

957440

142 560

5-yil oxiri

1 100 000

(40%x 142560=57024
«nazorat maqsadida")
1000000-57440= 42560

1000 000

100 000

Kompyuter bo’yicha amortizatsiya ajratmalari
Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul)ga muvofiq, har bir yil uchun amortizatsiya me’yori amortizatsiya muldatining oxirigacha qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatning ulushi sifatida aniqlanadi. Ushbu ulush, amortizatsiya ajratmalari tugashigacha qolgan to’liq yillar raqami (soni)ni amortizatsiya muddatini tashkil qiluvchi yillarning tartib raqami yig’indisiga bo’lish orqali aniqlanali.
Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul)da yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obyektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati hamda mahrajida obyektning foydali xizmat muddati oxirigacha qolayotgan yil soni (raqami) va suratida obyektning foydali xizmat muddati yillari yig’indisi bo’lgan nisbatdan kelib chiqib aniqlanadi.

Amortizatsiya ajratmalari davri

Amortizatsnya kilingan kiymat

Amortizatsiyaning yillik summasi

Тo’plangan amortizatsiya

1-yil oxiri

1000 000

(5/15x1000000)= 333333,3

333333,3

2-yil oxiri

1 000 000

(4/15x1000000)= 266666,7

600000,0

3-yil oxiri

1 000 000

(3/15x1000000)= 200000,0

800000,5

4-yil oxiri

1000 000

(2/15x1000000)= 133333,3

933333,3

5-yil oxiri

1000 000

(1/15x1000000)= 66666,7

1000000,0

Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega edi. Foydalanish yillari soni (raqamlari)ning yig’indisi 15 (kumulyativ son)ni tashkil etadi.
5.2-jadval
Kompyuter bo’yicha amortizatsiya ajratmalari
Keyinchalik har bir kasrni 1000000 so’mga teng bo’lgan amortizatsiyalanadigan qiymatga ko’paytirish yo’li bilan har yilgi amortizatsiya summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15.
Soliq solish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy vositalarning boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik amortizatsiya meyori belgilangan bo’lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi.

Download 90.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling