Buxgalteriya balansi haqida tushuncha Buxgalteriya balansi turlari


Download 22.14 Kb.
bet4/6
Sana30.03.2023
Hajmi22.14 Kb.
#1309211
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Buxgalteriya balansi

2.Buxgalteriya balansi turlari.
Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagi belgilari bo‘yicha tavsiflanadi:
♦tuzilish vaqtiga ko‘ra;
♦axborot hajmiga ko‘ra;
♦mulkchilik shakliga ko‘ra;
♦aks ettirish obyektiga ko‘ra;
♦tozalash usuliga ko‘ra.
Buxgalteriya balansi turlari
Tuzilgan sanasiga ko‘ra
1. Kirish (ta’sis) balansi
2. Boshlang‘ich balans
3. Hisobot balansi
4. Tugatish balansi
5. Birlashtirish va ajratish balansi
Ma’lumotlarni jamlashiga ko‘ra
1. Yig‘ma balans
2. Alohida balans
3. Konsolidatsiyalashgan balans
Subyektlar mulkchilik shakliga ko‘ra
1. Davlat byudjet muassasalar balansi
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar balansi
Ma’lumotlarni jamlash sikllariga ko‘ra
1.Sinov balansi
2.Tuzatilgan sinov balansi
3.Yakuniy balans
Tozalash usuliga ko‘ra
1.Balans–brutto
2.Balans–netto
Tuzilish vaqtiga ko‘ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish bo‘linish va birlashtirish balanslariga bo‘linadi.
Kirish balansi korxonaning tashkil topish paytida tuziladi. U korxona o‘z faoliyatini boshlayotgan boyliklar summasini belgilaydi. Kirish balansida ustav kapitali ta’sis hujjatlari bo‘yicha va unga doir badallar pul mablag‘lari, boshqa mol-mulk ko‘rinishida aks ettiriladi va hokazo.
Joriy balanslar korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda vaqtivaqti bilan tuzilib turiladi (oylik, choraklik, yarim yillik, yillik).
Xorijiy adabiyotlarning ma’lumotlariga asosan buxgalteriya balansi tuzilishdan oldin sinov balansi qayd qilinadi.
Sinov balansi – barcha hisob-kitoblarlarning debet va kredit qoldig‘ining natijasidir. Sinov balansida debet tomonidagi so‘mma kredit tomonidagi so‘mmaga mos bo‘lishi kerak. Sinov balansi buxgalteriya davrining so‘nggi kunida tayyorlanadi.
Sinov balansi yordamida bir tashkilotning moliyaviy hisobotlarni chizish mumkin va bu keng qamrovli muvozanat ro‘yxatini beradi. Masalan, savdo faoliyatida yalpi foyda aniqlash uchun foyda va zarar tahlil qilinadi, xulosa qilishga tayyor hisobot tayyorlanadi.

Download 22.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling