Buxgalteriya balansi haqida tushuncha Buxgalteriya balansi turlari
Download 22.14 Kb.
|
Buxgalteriya balansi
Tugatish balansi korxona faoliyatini tugatish sanasida mol-mulk va uning manbalari holatini tavsiflash uchun tuziladi. Tugatish balansi asosida tugatish komissiyasi korxonaning tugatilish paytidagi kreditorlik va debitorlik qarzlari summasini belgilaydi, so‘ngra kreditorlar bilan hisob-kitob qiladi, keyin korxonani tashkil etish chog‘ida muassislar tomonidan ustav kapitaliga kiritilgan badallarni qaytaradi. So‘ngra korxona mol-mulkining qolganini uning muassislari o‘rtasida taqsimlaydi, ya’ni barcha uzil-kesil hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Tugatish balansida xo‘jalik subyektining aktivlari tugatish komissiyasi bahosida, ya’ni ular sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda aks ettiriladi. Olinishi umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi. Bo‘lish (ajratish) balanslari yirik korxonaning bir necha mayda korxonalarga bo‘linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy bo‘linmasini boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zi hollarda bu balans berish balansi ham deb yuritiladi. Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida tuziladi. Axborot hajmi bo‘iicha balanslar bir martalik va yig‘ma balanslarga bo‘linadi. Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi. Yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar (vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo‘jalik mablag‘larini aks ettiradi. Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat, kooperativ, o‘z, aralash va qo‘shma korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farq qiladi, Aks ettirish obyektiga ko‘ra balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi. Mustakil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi. Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, tsexlar, korxonaning avtotransport va turar-joy hamda kommunal xo‘jaliklari) tuzadi. Tozalash usuliga ko‘ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga bo‘linadi. Brutto-balans — tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir. “Asosiy vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”, “Sotib olingan xususiy aksiyalar” singari tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi. Brutto (brutto) – italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi “qo‘pol”, “tozalanmagan” degan ma’nolarni bildiradi. Brutto balans shakli faqatgina har xil ilmiy tadqiqotlar, balans shaklida umumlashtirishning tarixiy jihatlarini o‘rganish va shunga o‘xshash maqsadlarda tuziladi. Brutto balansi-balans tarkibida tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balans. Netto-balans — bu tartibga soluvchi moddalar (kontr-aktiv va kontr-passiv schyotlar) qoldiqlari mos ravishda tegishli moddalardan ayirib tashlangan, ya’ni tozalangan balansdir. Netto-balans - balans tarkibida tartibga soluvchi mooddalar tegishli moddalardan ayrib tashlangan balansdir. Netto (netto) so‘zi ham italyancha bo‘lib, “sof”, “toza” degan ma’nolarni bildiradi. Hozirgi vaqtda balansning buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq aniqlangan, netto-balansiga mos keladigan shakli qo‘llaniladi. Masalan, “asosiy vositalarning eskirishi”, “nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi”, “savdo ustamasi” va hokazolar aktivdagi tegishli moddalardan mos ravishda chegirib tashlanib, ularning sof qoldig‘i ko‘rsatiladi. Passivda esa kontr-passiv schyotlar qoldig‘i, masalan, “sotib olingan xususiy aktsiyalar” moddasining qoldig‘i u bilan bog‘liq tegishli modda, ya’ni “Ustav kapitali” moddasi qoldig‘idan chegirib tashlanadi. O‘zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi (1993 yildan boshlab). Korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga qarab tugatish balanslari quyidagi ko‘rinishlarda tuziladi: kirish tugatish balansi; oraliq tugatish balansi; yakuniy tugatish balansi. Ularning har biri tugatilayotgan korxona mulklarini sotish mumkin bo‘lgan bahoda baholanib tuziladi. Balansga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir: ♦balansning to‘g‘riligi; ♦balansning realligi; ♦balansning yaxlitligi; ♦balansning izchilligi; ♦balansning tushunarliligi. Download 22.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling