Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni
Download 125.26 Kb.
|
Dusiyarov BMI uz fdc98
3-bob bo‘yicha xulosaUchinchi bob bo‘yicha xulosa qiladigan bo‘lsak, yuqorida ko‘rib o‘tganimiz “Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni” mavzusini tashkil etishda modellashtiruvchi metodni qo‘llashning samaradorligining tahlili va takomillashtirishga qaratilgan omillar tahlili avvalambor shaxsga bog‘liqdir. Hozirgi kunda talaba - yoshlarga bo‘lgan e’tibor natijasi talabalarni tadqiqotning asosiy ob’ektiga aylantiradi. Mamlakat kelajagi bo‘lmish yoshlar uchun avvalambor ta’lim muassasalari tubdan yangilanib, hozirgi zamon talablariga to‘la javob beradigan ilm dargohlari qurib, foydalanishga topshirildi. Kadrlar sohasiga bo‘lgan e’tibor kuchaytirilib, qator qonun hujjatlari ishlab chiqildi. Avvalambor, o‘quv jarayonida nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmasdan, balki, amaliyot bilan ko‘proq ishlash kerak. Buning uchun birinchi galda o‘qituvchilarni amaliyot bilan ko‘p ishlaganlarini dars jarayoniga qatnashtirish kerak. Bundan tashqari hozirgi kunda jahon ta’lim tizimida keng qo‘llaniladigan usullardan foydalanish kerak. Bunga birgina turli ko‘rgazmali o‘quv qurollaridan foydalanishni aytib o‘tish mumkin. Bitiruv malakaviy ishi ning bosh maqsadi o‘quv jarayonida modellashtirvchi o‘yin metodini qo‘llab darsni tashkil etishdir. Yuqoridagilarga asosan maqsad bilan bog‘laydigan bo‘lsak, ushbu metod talabalarni darsga qatnashish samarasini oshirib, o‘tilgan mavzuni tez qabul qilishga asos bo‘ladi. O‘yin jarayonini tashkil etish albatta o‘qituvchiga borib taqaladi. O‘yinni samaraliligini ta’minlash maqsadida quyidagi tavsiyalarni qo‘llash mumkin: O‘quv jarayoniga ilg‘or axborot texnologiyalarini qo‘llash; Dars jarayonida turli xil ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, tarqatma materiallar ishlab chiqish, test hamda krassvordlar tuzish; Muntazam ravishda mavzular va mutaxassisslik bo‘yicha yangiliklardan xabardor qilish; Ochiq dars jarayonlarini tashkil etish; Ushbu tavsiyalar orqali talabalar bilim darajasi ortadi albatta. Bundan tashqari darsning samaradorligi oshib, kadrlarda mustaqil fikrlay olish ortadi. Download 125.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling