Buxgalteriya balansi va

Download 13.52 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi13.52 Kb.
#1619303
1   2   3   4   5
Bog'liq
BUXGALTERIYA BALANSI VA UNING AXAMIYATI

Bu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nechta boʼlib, moddalari ham turlichadir. Аmmo undagi moddalarning nechtasida koʼrsatkichlar aks ettirilishi, korxonaning xalq xoʼjaligining qaysi tarmogʼiga qarashliligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga, uning faoliyat mikyosi qay darajadaligi kabi omillarga bogʼliq boʼladi.

Balansning ahamiyati shundaki, undagi maʼlumotlar asosida korxona faoliyati oʼrganiladi, taxlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari iqtisodiyotdagi tub oʼzgarishlar natijasida vujudga kelgan turli mulkchilik sharoitidagi tashqi foydalanuvchilar (aktsiyadorlar, investorlar) uchun ham korxona hisobot maʼlumotga ega boʼlishida katta ahamiyat kasb etadi.

Balans ikkala qismi jami summalari teng boʼlishi shart Bu tenglik aktivda xoʼjalik mablagʼlari passivda esa shu mablagʼlarning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi Balans soʼzi tenglik tarozuning ikki pallasi degan maʼnolarni bildiradi.

Xoʼjalik jarayonlari natijasida balansdagi oʼzgarishlar.

Korxona faoliyatini amalga oshirish davomida turli jarayonlar roʼy berib, bu jarayonlar natijasida shu korxonasiga tegishli boʼlgan xoʼjalik mablagʼlari va ularning tashkil topish manbalari tarkibiy va miqdoriy jixatdan oʼzgaradi. Balansga taʼrif berilganida uning ikki qismi - aktiv va passiv tomonlari mos ravishda xoʼjalik mablagʼlari va xoʼjalik mablagʼlarini tashkil topish manbalarini aks ettiradi deyildi. Demak, tabiiyki, xoʼjalik mablagʼlari va ular tashkil topish manbalarining xoʼjalik jarayoni natijasida oʼzgarishi balansda oʼzgarish roʼy berishiga olib keladi. Sababi oʼzgarish natijasida xoʼjalik mablagʼining oʼzaro ikki turi yoki, mablagʼ manbalari turlarining ikki yoki undan ortigi oʼzgarishi yoki ham mablagʼ va ham ular tashkil topish manbalari birdaniga oʼzgarishi mumkin.

Download 13.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling