Buxgalteriya balansining mohiyati va tuzilishi


Download 79.6 Kb.
bet3/5
Sana22.06.2023
Hajmi79.6 Kb.
#1649033
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buxgalteriya balansining mohiyati va tuzilishi

I. Uzoq muddatli aktivlar




I O‘z mablag‘lari manbalari




Asosiy vositalar

012

1900

2100

Ustav kapitali

410

2700

2700

Nomoddiy aktivlar

022

760

870

Qo‘shilgan kapital

420

150

180





Rezyerv kapital

430

657

690





Taqsimlanmagan foyda

450

241

779

I bo‘lim bo‘yicha jami

X

2660

2970

I bo‘lim bo‘yicha jami

X

3748

4346

II Joriy aktivlar




II Majburiyatlar




Ishlab chiqarish zaxiralari

150

245

293

Uzoq muddatli majburiyatlar

490

601

938

Tugallanmaga
n ishlab chiqarish

160

833

1031

Debitorlar

210

976

1089

Pul mablag‘lari

320

486

1717

Joriy majburiyatlar

600

851

813

II bo‘lim bo‘yicha jami

X

2540

3130

II bo‘lim bo‘yicha jami

X

1452

1751

Balans aktivi bo‘yicha jami

X

5200

6100

Balans passivi bo‘yicha jami

X

5200

6100

Balans passivining II «Majburiyatlar» bo‘limida korxona majburiyatlari ularning muddatiga ko‘ra: uzoq muddatli majburiyatlar va qisqa muddatli majburiyatlarga ajratilgan holda ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansining ushbu tuzulmasi barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun umumiy bo‘lib, ularning xususiyatlariga qarab balans moddalari farq qilishi mumkin. Masalan, savdo korxonalari uchun «Tovarlar», qishloq xo‘jalik korxonalari uchun «Tugallanmagan ishlab chiqarish», «O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari» kabi moddalar xosdir.
Shunday qilib, bayon qilingan talablarga muvofiq tuzilgan buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi subektning ma'lum sanaga bo‘lgan moliyaviy ahvolini aks ettirishi lozim.
Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzilishi: aktiv va passiv schotlar
Ma'lum bo‘ldiki, balans xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarini ma'lum sanaga, umumlashtirilgan tasnifiy guruhlar bo‘yicha tavsiflar ekan. Lekin, korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish va biznes-reja hamda shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish uchun har bir mablag‘ning mavjudligi va harakati, har bir korxona bilan hisob-kitoblar ahvoli, ayrim mablag‘ manbalarining o‘zgarishi va boshqalar to‘g‘risida kundalik ma’lumotlar kyerak. Shuningdek, faqat natijalarnigina emas, balki xo‘jalik jarayonlarini ham tavsiflaydigan ma’lumotlar zarur. Bunday ma’lumotlarga xo‘jalik muomalalarini, ularning xususiyatlariga ko‘ra hisobga olgan holda aks ettirib borish yo‘li bilan ega bo‘lish mumkin. Xo‘jalik muomalalarini joriy tartibda aks ettirish va guruhlash uchun buxgalteriya hisobining schotlaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining schotlari – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun zarur axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizimga keltirish usulidir.
Guruhlash iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bir xil xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘lar manbalari va xo‘jalik muomalalari uchun alohida schot ochish bilan ta'minlanadi.
Schot buxgalteriya hisobi obektlarini identifikatsiyalashga imkon yaratadigan maxsus belgi hisoblanadi. Shuning uchun har bir schotga, unda hisobga olinadigan obektga mos keladigan nom va xos raqam (kod) belgisi beriladi (1-ilovaga qarang). Schotlar xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga kelish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir turi uchun buxgalteriya hisobi obektlarining turkumlanishiga muvofiq ochiladi. Masalan, «Bino, inshootlar va uzatgich moslamalar», «Mashina va uskunalar», «Xom-ashyo va Materiallar», «Patentlar, litsenziyalar va nou-xou», «Asosiy ishlab chiqarish», «Hisob-kitob schoti» va h.k.
Buxgalteriya hisobining schotlari ikki tomonli jadval shakliga ega bo‘lib, chap tomoni – «debet», o‘ng tomoni – «kredit» deb ataladi. «Debet» va «kredit» atamalari lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi debet – “u qarzdor” va credit – «u ishonadi» degan ma'noni bildiradi.
Mablag‘larning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ikki guruhga: 1) Tarkibi, joylanishi va ishlatilishi bo‘yicha; 2) Tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha bo‘linishidan kelib chiqqan holda schotlar ham, aktiv va passiv schotlarga bo‘linadi. Aktiv schotlarda xo‘jalik mablag‘larining mavjudligi va harakati (ko‘payishi, kamayishi) aks ettiriladi. Aktiv schotlarning qoldiqlari debet tomonida yoziladi. Aktiv schotlar balans aktividagi moddalarga asosan ochiladi:

Download 79.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling