Buxgalteriya hisobi asosan qo'yidagi funkitsiyalarni bajaradi
Download 12.86 Kb.
|
111¹
1.1. Buxgalteriya hisobining funksiya va vazifalari. Buxgalteriya hisobi asosan qo'yidagi funkitsiyalarni bajaradi: a)xalq xo'jalik hisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo'layotgan xo'jalik jarayonlarini kuzatib borish; b)kuzatish orqali olingan ma'lumotlarni miqdoriy ko'rsatmalarda ifodalash; v)korxona, tashkilot, muassasa xo'jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish; g)maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma'lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo'jalik jarayonlari ustidan nazorat o'rnatish va ularga ta'sir etish. Buxgalteriya hisobini yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa va tashkilot va umuman butun xalq xo'jaligining iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja ko'rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishini ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyatga kasb etadi.Buxgalteriya hisobi oldida 3 ta asosiy vazifa turadi: 1. Reja bajarilish ustidan nazorat olib borish. Korxona buxgalteriya hisobida bu vazifa qo'yidagicha aniqlashtiriladi: 1) Maxsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish reja bajarilishi, rejada belgilangan mahsulotlar nomenklaturasini, turini, sifatini kuzatish, nazorat qilish, reja bajarilishi o'sishi omillarini aniqlash; 2) Maxsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish, tannarxni tobora kamaytirish omillarini topish;3) Korxonalar rentabellik darajalari bajarilishini nazorat qilish.4) Biznes-moliya rejasi bajarilishini nazorat qilish. 2. Korxona mulkini muhofoza qilish. Korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganidan qat'iy nazar buxgalteriya hisobi shu korxona mulkiga nisbatan tejamli munosabatda bo'lishni, uni har xil nobudgarchiliklardan extiet qilishni, ular harakatini uzluksiz nazorat qilib, ulardan oqilona foydalanishni ta'minlashi lozim. 3. Korxonalarda xalq xo'jalik hisobini joriy etib, uni mustahkamlash va iqtisodiy rejimni (tejamkorlikni) joriy etish, hamda takomillashtirib borish. Download 12.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling