Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi “bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobot I bajardi
Banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari bilan tanishish
Download 231.7 Kb.
|
HIOBOT
3.Banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari bilan tanishish.
1. Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to‘g‘ri tashkil etilishi va nazoratning aniq olib borilishi bankning o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarishini, mavjud va bo‘lg‘usi investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati va xodimlari uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq va foydali axborot olishni ta’minlaydi. 2. Ushbu Yo‘riqnomada banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda hujjatlar aylanmasini yo‘lga qo‘yish usullari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining qonuniyligi bo‘yicha javobgarlik belgilangan. Shuningdek, quyidagilarni ta’minlash maqsad qilib qo‘yilgan: hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida va aniq aks ettirish; bank aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali holati va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plash; bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar va moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi va bank rahbariyati faoliyatiga baho beruvchi moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish; bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat ko‘rsatish; hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish; bankdan chiqayotgan hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning natijasida ulardan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi mijozlarning operatsiyalari hisobini yuritishni belgilangan talablarga muvofiqlashtirishni tashkil etish; bankdagi pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat’iy hisobda turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik hamda belgilangan tartibda ularning saqlanishini tashkil etish; operatsiyalarning qonuniyligi hamda to‘g‘riligini doimiy ichki nazorat va auditdan o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar tuzish va rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish; zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda bank operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda hisobotlar tuzishda mehnat va mablag‘ sarfini qisqartirish. 3. Mazkur Yo‘riqnomada berilgan operatsiyalarni amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish va nazorat qilish to‘g‘risidagi talablari barcha banklar uchun majburiydir. Banklar, ushbu Yo‘riqnomada belgilangan asosiy qoidalar doirasida o‘zlarining ish xususiyatlarini hisobga olgan holda ichki buxgalteriya hujjatlarini yuritish tartibini belgilashlari mumkin. 4. Bank xodimlari buxgalteriya hisobida aks ettirilgan bank siriga oid ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga qat’iy amal qilgan holda sir saqlashlari lozim. 5. Ushbu Yo‘riqnoma maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Download 231.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling