Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi “bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobot I bajardi
Download 231.7 Kb.
|
HIOBOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreditlash bo‘limi
Chakana operatsiyalar bo‘limi:
1. Bank chakana operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini mijozlarga tushuntirish va maslahatlar berish; 2. Bank xizmatlari bo‘yicha mijozlar bilan shartnomalar tuzish; 3. Jismoniy shaxs-mijozlardan (shu bilan birga shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar) pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish; 4. Mijozlarga bank orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi bank hisobvarag‘idan ko‘chirmalar, kvitansiyalar va boshqa ma’lumot hujjatlarini berish; 5. Mijozlar bilan standart shakldagi depozit shartnomalarini tuzish jarayonini amalga oshirish; 6. Mijozlarning naqd pul operatsiyalarini bank axborotlashtirish bazasida qayd etish (tashqi to‘lovlar istisno qilinishi mumkin). Bunda, naqd pul operatsiyalari deganda mijozning ishtirokida darhol amalga oshirish lozim bo‘lgan operatsiyalar nazarda tutiladi. Ushbu yozuvlar (qaydlar) asosida bank axborotlashtirish bazasida buxgalteriya hisobida ifodalash uchun o‘tkazmalar avtomatik tarzda shakllantiriladi. 7. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hisobotlarni tuzish, tekshirish, tahlil qilish va o‘z vaqtida taqdim etish. 8. Hujjatlarni arxivga tayyorlash va o‘z vaqtida shakllantirish. Kreditlash bo‘limi: 1. Standart kredit shartnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etish; 2. Kreditlarning yangi turlariga takliflarni yig‘ish; 3. Bank Kredit siyosatining yo‘nalishlarini aniqlash uchun har xil iqtisodiyot sektorlarini moliyaviy tahlil qilish; 4. Kredit berish shartlari bo‘yicha mijozlarga maslahat berish va tushuntirish ishlari olib borish, mijoz bilan kredit maqsadini dastlabki muhokamadan o‘tkazish; 5. Kredit berish uchun qaror qabul qilish uchun mijoz tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning ro‘yxatini aniqlash; 6. Mijozdan kredit olish uchun ariza qabul qilish; 7. Mijozning kreditga layoqatligini va kredit olishning iqtisodiy asoslanganligini tahlil qilish; 8. Kredit qo‘mitasiga kredit berish uchun takliflar tayyorlash; 9. Kredit shartnomasini tayyorlash; 10. Mijoz bilan kredit shartnomasining shartlarini muhokama qilish; 11. Mijozdan garov (kafolat) majburiyatlarini qabul qilish; 12. Bek-ofis uchun kreditning barcha moliyaviy shartlarini o‘z ichiga olgan Kredit anketasini tayyorlash; 13. Imzolarni tekshirish; 14. Mijoz tomonidan taqdim etilgan balans va boshqa hisobotlar asosida, uning moliyaviy holati bo‘yicha monitoring olib borish. 15. Yangi berilgan kreditlar monitoringini va amaldagi kreditlarning doimiy tekshiruvini olib borish (maqsadli ishlatilishi, o‘z vaqtida so‘ndirilishi …); 16. Mijozning hisobvarag‘ida so‘ndirish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmagan hollarda, mijozga kredit va/yoki foizlarni so‘ndirish to‘g‘risida eslatib turish; 17. Mijozlardan qarzni uzish uchun mablag‘larning kelib tushmaslik sabablarini aniqlash; 18. Kredit shartlari o‘zgargan holda (ya’ni, muddatini uzaytirish, qarz uzish jadvalining o‘zgarishi va boshqalar) Bek-ofisga farmoyishlar tayyorlash; 19. Kredit qo‘mitasi qarorlari va Kredit anketasi asosida qo‘shimcha shartnomalarni tayyorlash; 20. Kreditni “foiz o‘stirmaslik” maqomiga o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar tayyorlash; 21. Bek-ofis xodimlariga kreditni qaytarish masalalari bo‘yicha malakaviy yordam ko‘rsatish. Download 231.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling