Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi “bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobot I bajardi


Download 231.7 Kb.
bet21/31
Sana17.06.2023
Hajmi231.7 Kb.
#1529293
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
HIOBOT

Yakuniy nazorat bo‘limi:
1. Operatsiyalarni yakuniy nazoratdan o‘tkazish;
2. Amaliyot kuni davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha, ularning o‘tkazilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlarni bankning operatsiya bajargan har bir bo‘limdan yig‘ish;
3. Buxgalteriya jurnali bilan bank bo‘limlari tomonidan berilgan hujjatlarni taqqoslash;
4. Qonunchilikda belgilangan me’yorlarni buzib o‘tkazilgan operatsiyalarni aniqlash;
5. Noqonuniy operatsiyalar o‘tkazishga yo‘l qo‘ygan bank xodimlarini aniqlash;
6. Bankning har bir bajarilgan ichki operatsiyalarining bankning ichki siyosatiga mos ekanligi va ularni maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosa berish;
7. Rahbariyatga o‘tkazilgan tekshiruv bo‘yicha hisobot taqdim qilish;
8. Kunning barcha hujjatlarini yig‘majildlarda saqlash uchun tikish;
9. Bank kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini arxivga topshiris
Front-ofis
Front-ofis mijozlar bilan bevosita muomalada bo‘ladigan va barcha bank xizmatlarini ko‘rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat bo‘ladi. Front-ofisning umumiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1. Bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni taklif qilish va ular yuzasidan shartnomalar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shu bilan birga Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-1, 09.07.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 28-son, 325-modda)
3. Mijozlarning bank orqali o‘tadigan operatsiyalarini huquqiy va moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o‘tkazish;
4. Mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarini o‘tkazilishini tasdiqlovchi tilxat berish.
Front-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
1. Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi korporativ bo‘lim;
2. Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim;
3. Bankning ichki operatsiyalari (depozit, kredit, qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari. ...) amalga oshiruvchi bo‘lim.
Front-ofis tarkibida bank uchun o‘ta muhim mijozlar (VIP) ga xizmat ko‘rsatuvchi alohida bo‘lim tashkil etilishi mumkin. Quyida Front-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari keltirilgan.

Download 231.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling