Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi “bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobot I bajardi


Download 231.7 Kb.
bet29/31
Sana17.06.2023
Hajmi231.7 Kb.
#1529293
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
HIOBOT

Pul muomalasi bo‘limi:
1. Mijozning kassa rejasini qabul qilish va tekshirish;
2. Kassa operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarni tuzish;
3. Korporativ mijozlarning naqd pul qo‘yish uchun taqdim qilgan arizalarini tekshirish;
4. Korporativ mijozlarning naqd pul olish uchun taqdim etilgan arizalarini tekshirish;
5. Mijozlarning kassa operatsiyalari bo‘yicha belgilangan tartib-qoidalarga rioya etishi ustidan nazorat o‘rnatish.


Bek-ofis


Bek-ofis — Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy va yakuniy nazoratdan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgaltyerlar guruhi.
Bek-ofisning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1. Front-ofis tomonidan ruxsat etilgan operatsiyalarni avtomatlashtirilgan bank hisob tizimida aks ettirish;
2. Joriy va yakuniy nazoratni amalga oshirish;
3. Hisobotlar tuzish.
Bek-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi;
2. Kliring va plastik kartochkalar emissiyasi bo‘limi;
3. Ssuda-depozit bitimlar bo‘limi (guruhi);
4. Statistik ma’lumotlar bo‘limi;
5. Ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘limi;
6. Yakuniy nazorat bo‘limi.
Quyida Bek-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari keltirilgan.
Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi:
1. Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalarida nazoratdan o‘tgan mijozlarning to‘lov hujjatlarini qabul qilish;
2. Olingan hujjatlarning, bank axborot bazalarida zaruriy dasturiy buxgalteriya o‘tkazmalari shakllantiriladigan, elektron nusxalarini yaratish;
3. Arxivlashtirish uchun hujjatlarni o‘z vaqtida shakllantirish;
4. Bo‘limda amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha hisobotlarni tuzish, tekshirish, tahlil qilish va o‘z vaqtida taqdim etish;
5. Pul hisob-kitob hujjatlarning asl nusxasi bilan ularning elektron nusxalarini solishtirish;
6. Vakillik hisobvarag‘i orqali o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlarini bank filiali balansida dasturiy aks ettirish (tegishli bo‘linmalar tomonidan tasdiqlangan holda);
7. Bank filialida vakillik hisobvaraq orqali o‘tkazilgan va tegishli manzilga yetib bormagan operatsiyalar bo‘yicha izlanish olib borish;
8. Filiallararo majburiyatlar hisobvaraqlarini solishtirish;
9. Zaruriy rekvizitlarni kiritgan holda Bank amaliyot kuni dasturida (BAD) da mijozlar va ularning hisobvaraqlarini ochish va yopish;
10. Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi (BDMAB)da mijozlar va ularning hisobvaraqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ;
11. Mijozlarning hisobvaraqlarini belgilangan tartibga muvofiqligi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tahlil qilish;
12. Ishlamaydigan hisobvaraqlar bo‘yicha monitoring o‘rnatish va uning natijalari bo‘yicha qonunchilik asosida tegishli choralar ko‘rish.

Download 231.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling