Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi “bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobot I bajardi


Kliring va bank plastik kartochkalar emissiyasi bo‘limi


Download 231.7 Kb.
bet20/31
Sana17.06.2023
Hajmi231.7 Kb.
#1529293
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
HIOBOT

Kliring va bank plastik kartochkalar emissiyasi bo‘limi:
1. Front-ofis tomonidan mijozlarning bank plastik kartochkalarini olishga (yo‘qotilganda, muddati uzaytirilganda, yopilganda va boshqalar) bergan arizalarni qayta ishlash;
2. Bank plastik kartochkalarni emissiya qilish va ularni Front-ofisga berish;
3. Mijozlar tomonidan bank plastik kartochkalardan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha bo‘linma va savdo shohobchalaridan olingan elektron hujjatlar nusxalarini qayta ishlash;
4. Arxivlashtirish uchun hujjatlarni o‘z vaqtida shakllantirish;
5. Plastik kartochkalar bo‘yicha hisobotlarni tuzish, tekshirish, tahlil qilish va o‘z vaqtida taqdim etish.
6. Tijorat-servis korxonalar va tashkilotlar bilan ish olib borish.
Ssuda-depozit bitimlar bo‘limi (guruhi):
1. Front-ofis tomonidan tayyorlangan hujjatlarni qayta ishlash va bank kreditlari va depozitlarini axborot tizimiga kiritish;
2. Ssuda-depozit (omonatlar) operatsiyalar bo‘yicha yakuniy nazoratni amalga oshirish.
Statistik ma’lumotlar bo‘limi:
1. Mijozlar hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar darajasiga bog‘liq bo‘lgan maxsus tariflar kiritish;
2. Yangi mijozga hisobvaraq ochilganda mijozning identifikatsiya qilish va BDMABda ro‘yxatga kiritish;
3. BDMABda mijozning hisobvarag‘i ko‘rsatgichlarini va ma’lumotlarini o‘zgartirish;
4. Mijozning BDMABda hisobvarag‘iga blokirovka qo‘yish va uni olib tashlash;
5. Korporativ mijozning hisobvarag‘ini BDMABda yopish;
6. Chakana mijozlarning hisobvarag‘ini ro‘yxatga olish, ochish va yopish.
Ichki xo‘jalik operatsiyalar bo‘limi:
1. Ma’muriy xizmatlardan, moliyaviy-tahliliy apparatdan, bosh buxgalter tomonidan bank biznes faoliyatiga taalluqli birlamchi hujjatlarni qabul qilish (shartnoma, bitim, buyruqlar, ko‘rsatmalar) va ularni bank axborot bazasida aks ettirish;
2. Bankning daromad va xarajatlari hamda moliyaviy natijalarini tegishli hisobvaraqlarida to‘g‘ri aks ettirish;
3. Bankning debitor-kreditor qarzlarini tahlil qilish;
4. Soliqlar, yig‘imlar va majburiy to‘lovlarning hisob-kitobini amalga oshirish, ular bo‘yicha pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish va balansda aks ettirish;
5. Bankning asosiy vositalari, omborxonadagi tovar moddiy qimmatliklarini, kapital qo‘yilma va ta’mirlash bo‘yicha operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish;
6. Bankning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari, shuningdek xizmat safari xarajatlarini hisoblash va ularni balansda aks ettirish;
7. Hujjatlarni arxivga topshirish uchun, ularni o‘z vaqtida shakllantirish;
8. Bankda o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha hisobotlarni tuzish, tekshirish, tahlil qilish va o‘z vaqtida taqdim etish.

Download 231.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling