Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi “bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobot I bajardi
Download 231.7 Kb.
|
HIOBOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bek-ofis Bek-ofis
- Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi
Pul muomalasi bo‘limi:
1. Mijozning kassa rejasini qabul qilish va tekshirish; 2. Kassa operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarni tuzish; 3. Korporativ mijozlarning naqd pul qo‘yish uchun taqdim qilgan arizalarini tekshirish; 4. Korporativ mijozlarning naqd pul olish uchun taqdim etilgan arizalarini tekshirish; 5. Mijozlarning kassa operatsiyalari bo‘yicha belgilangan tartib-qoidalarga rioya etishi ustidan nazorat o‘rnatish. Bek-ofis Bek-ofis — Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy va yakuniy nazoratdan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgaltyerlar guruhi. Bek-ofisning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Front-ofis tomonidan ruxsat etilgan operatsiyalarni avtomatlashtirilgan bank hisob tizimida aks ettirish; 2. Joriy va yakuniy nazoratni amalga oshirish; 3. Hisobotlar tuzish. Bek-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin: 1. Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi; 2. Kliring va plastik kartochkalar emissiyasi bo‘limi; 3. Ssuda-depozit bitimlar bo‘limi (guruhi); 4. Statistik ma’lumotlar bo‘limi; 5. Ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘limi; 6. Yakuniy nazorat bo‘limi. Quyida Bek-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari keltirilgan. Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi: 1. Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalarida nazoratdan o‘tgan mijozlarning to‘lov hujjatlarini qabul qilish; 2. Olingan hujjatlarning, bank axborot bazalarida zaruriy dasturiy buxgalteriya o‘tkazmalari shakllantiriladigan, elektron nusxalarini yaratish; 3. Arxivlashtirish uchun hujjatlarni o‘z vaqtida shakllantirish; 4. Bo‘limda amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha hisobotlarni tuzish, tekshirish, tahlil qilish va o‘z vaqtida taqdim etish; 5. Pul hisob-kitob hujjatlarning asl nusxasi bilan ularning elektron nusxalarini solishtirish; 6. Vakillik hisobvarag‘i orqali o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlarini bank filiali balansida dasturiy aks ettirish (tegishli bo‘linmalar tomonidan tasdiqlangan holda); 7. Bank filialida vakillik hisobvaraq orqali o‘tkazilgan va tegishli manzilga yetib bormagan operatsiyalar bo‘yicha izlanish olib borish; 8. Filiallararo majburiyatlar hisobvaraqlarini solishtirish; 9. Zaruriy rekvizitlarni kiritgan holda Bank amaliyot kuni dasturida (BAD) da mijozlar va ularning hisobvaraqlarini ochish va yopish; 10. Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi (BDMAB)da mijozlar va ularning hisobvaraqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ; 11. Mijozlarning hisobvaraqlarini belgilangan tartibga muvofiqligi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tahlil qilish; 12. Ishlamaydigan hisobvaraqlar bo‘yicha monitoring o‘rnatish va uning natijalari bo‘yicha qonunchilik asosida tegishli choralar ko‘rish. Download 231.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling