Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi “bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobot I bajardi
Download 231.7 Kb.
|
HIOBOT
Yakuniy nazorat bo‘limi:
1. Operatsiyalarni yakuniy nazoratdan o‘tkazish; 2. Amaliyot kuni davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha, ularning o‘tkazilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlarni bankning operatsiya bajargan har bir bo‘limdan yig‘ish; 3. Buxgalteriya jurnali bilan bank bo‘limlari tomonidan berilgan hujjatlarni taqqoslash; 4. Qonunchilikda belgilangan me’yorlarni buzib o‘tkazilgan operatsiyalarni aniqlash; 5. Noqonuniy operatsiyalar o‘tkazishga yo‘l qo‘ygan bank xodimlarini aniqlash; 6. Bankning har bir bajarilgan ichki operatsiyalarining bankning ichki siyosatiga mos ekanligi va ularni maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosa berish; 7. Rahbariyatga o‘tkazilgan tekshiruv bo‘yicha hisobot taqdim qilish; 8. Kunning barcha hujjatlarini yig‘majildlarda saqlash uchun tikish; 9. Bank kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini arxivga topshiris Front-ofis Front-ofis mijozlar bilan bevosita muomalada bo‘ladigan va barcha bank xizmatlarini ko‘rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat bo‘ladi. Front-ofisning umumiy vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni taklif qilish va ular yuzasidan shartnomalar tuzish; Oldingi tahrirga qarang. 2. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shu bilan birga Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish; (2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-1, 09.07.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 28-son, 325-modda) 3. Mijozlarning bank orqali o‘tadigan operatsiyalarini huquqiy va moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o‘tkazish; 4. Mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarini o‘tkazilishini tasdiqlovchi tilxat berish. Front-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi: 1. Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi korporativ bo‘lim; 2. Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim; 3. Bankning ichki operatsiyalari (depozit, kredit, qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari. ...) amalga oshiruvchi bo‘lim. Front-ofis tarkibida bank uchun o‘ta muhim mijozlar (VIP) ga xizmat ko‘rsatuvchi alohida bo‘lim tashkil etilishi mumkin. Quyida Front-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari keltirilgan. Download 231.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling