Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini axborot tizimiga kiritish


Download 0.95 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1467978
Bog'liq
4 BUXGALTERIYA HISOBI MA’LUMOTLARINI AXBOROT TIZIMIGA KIRITISH

BUXGALTERIYA HISOBI MA’LUMOTLARINI AXBOROT TIZIMIGA KIRITISH

Reja:

    • Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning zamonaviy dasturlari (1S, 1UZ, BEM, UzASBO, ERP (Enterprise resource planning system) tizimining asosiy elementlari). Buxgalteriya hisobining axborot tizimlariga turli xil yondashuvlar va modelllar asosida yoritish. Buxgalteriya hisobi axborotining ta’rifi, tasniflanishi va xususiyatlari.
    • 2. Schyotlar rejasi. Korxona xususiyatidan kelib chiqqan holda schyotlar rejasiga o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritish.

1. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning zamonaviy dasturlari (1S, 1UZ, BEM, UzASBO, ERP (Enterprise resource planning system) tizimining asosiy elementlari). Buxgalteriya hisobining axborot tizimlariga turli xil yondashuvlar va modelllar asosida yoritish. Buxgalteriya hisobi axborotining ta’rifi, tasniflanishi va xususiyatlari.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini yurituvchi “UzASBO” dasturiy majmuasi 2011 yilda foydalanishga topshirilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma” talablariga to’liq javob beruvchi va respublikamizda Web-texnologiyaga asoslangan holda ishlab chiqilgan ilk dasturiy majmualardan biridir.

2012 yilda “UzASBO” dasturiy majmuasining byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarini hisoblashga ixtisoslashtirilgan alohida moduli ishlab chiqildi.

2. Schyotlar rejasi. Korxona xususiyatidan kelib chiqqan holda schyotlar rejasiga o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritish.

Barcha avtomatlashtirilgan tizimlarda buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi kiritilgan. Ushbu schyotlar rejasi 21-BHMSga mos keladi. Schyotlar rejasi barcha tashkilotlar uchun umumiy hisoblanadi, axborotlar bazasida ularning hisobi yuritiladi va tashkilotning hisob siyosatining bir qismi hisoblanadi. Schyotlar rejasiga menyuda Korxona – Schyotlar rejasi – Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi (Predpriyatie – Plan schetov – Plan schetov buxgalterskogo ucheta) orqali o’tish

Buxgalteriya hisobi schyotining tuzilishi bilan tanishish maqsadida Schyotning tuzilishi (Opisanie scheta) tugmachasini bosib ko’rish mumkin. Tanlab olingan schyot bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni olish uchun Hisobotlar (Otcheti) tugmachasini bosiladi va standart buxgalteriya hisobotining biri, masalan, Schyot bo’yicha oborot-saldo qaydnomasi (Oborotno-saldovaya vedomost po schetu) shakllantiriladi.

E’tibor uchun raxmat


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling