“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yillik moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlarning umumiy shakllaridan iborat bo‘ladi: “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yillik moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlarning umumiy shakllaridan iborat bo‘ladi: - Buxgalteriya balansi — 1-shakl;
- Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-shakl;
- Pul oqimlari haqidagi hisobot — 4-shakl;
- Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot — 5-shakl;
- Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Davriy (choraklik) hisobotlar tarkibi yillik hisobotdan hisobotlar shakli sonining kamligi bilan farq qilishi mumkin. Pul oqimi haqidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblash prinsipi asosida tuziladi. Hisoblash prinsipiga muvofiq aktivlar, passivlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar, xo‘jalik operatsiyalari va hodisalar buxgalteriya hisobida ular bo‘yicha pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari olingan yoki to‘langan paytda emas, balki ular sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettiriladi. Hisoblash prinsipi asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga o‘tmishda pul to‘lab yoki pul mablag‘larini olib amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagina emas, shuningdek kelgusida pul to‘lanadigan majburiyatlar to‘g‘risida ham axborot beradi, bu esa tegishli iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda juda zarur hisoblanadi. Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish prinsipi xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida ro‘yxatga olishi kerakligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir operatsiya bo‘yicha bir summa buxgalteriya hisobining ikki schyotida — birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi. Uzluksizlik Moliyaviy hisobotni uzluksizlik prinsipi asosida tayyorlash xo‘jalik yurituvchi subyekt doimiy harakat qilishini va aniq bo‘lmagan uzoq muddat davomida o‘z faoliyatini davom ettirishini, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zini tugatishiga yoki o‘z faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yo‘qligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |