Buxgalteriya hisobi registrlari
HISOB REGISTRLARINI YURITISh VA TO‘LG‘AZISh TARTIBI
Download 23,63 Kb.
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. HISOB REGISTRLARIDAGI XATOLIKLAR VA ULARNI TUZATISh USULLARI
- Korrektura usuli
- Storno yoki “qizil yozuv” usuli
- Qo‘shimcha provodka usuli
3. HISOB REGISTRLARINI YURITISh VA TO‘LG‘AZISh TARTIBI
Hisob registrlarini yuritish va to‘g‘g‘azish o‘z tartibiga ega. Bu tartiblar quyidagilardan iborat. Dastlab, analitik hisob registrlari – qayd etish kitob va jurnallari, jurnal orderlar yuritiladi. Ular har oyda ochiladi va yopiladi. Keyin sintetik hisob registrlari – Bosh kitob yuritiladi. Bosh kitob ma’lumotlari har oyda oborot vedomosti tuzizga asos bo‘oadi. Oborot vedomosti asosida jamlama registrlari – yig‘ma hisobot shakllari to‘lg‘aziladi. 4. HISOB REGISTRLARIDAGI XATOLIKLAR VA ULARNI TUZATISh USULLARI Buxgalteriya hisobi registrlarida turli sabablarga ko‘ra har xil xatoliklarga yo‘l quyilishi mumkin. Bu xatoliklar yozuvlardagi grammatik, orfografik, hisob-kitoblar qilishdagi arifmetik va boshqa xatoliklardan iborat bo‘ladi. Yuqoridagi xatoliklarni tuzatishda buxgalteriya hisobida quyidagi usullar qo‘llaniladi: Korrektura usuli; Storno yoki “qizil yozuv” usuli Qo‘shimcha provodka usuli Korrektura usuli Ushbu usulda yozuvlardagi grammatik, orfografik, hisob-kitoblar qilishdagi arifmetik va boshqa xatoliklar ustidan bir chiziq tortiladi. Shundan so‘ng usti, yoni qismiga to‘g‘ri yozuv qilinadi. Yozuvni to‘g‘rilanganligi «Tuzatishga ishonilsin» yozi bilan tasdiqlanib, imzolanadi. Bu yozuvdan hisob registrlarima’lumotlari jamlanmaguncha foydalaniladi. Storno yoki “qizil yozuv” usuli Ushbu usul registrlarda summa ortig‘i bilan ko‘rsatilganda va ular jami ma’lumotlardan joy olganda qo‘llaniladi. Bu xatoliklar keyingi hisobot davrlarida to‘g‘rilanadi. Buning uchun summasi berilgan provodka qaytariladi, faqat farq summa qizil yozuv bilan yoki minus ishorasi bilan ko‘rsatiladi. Qizil yozuv umumiy summadan ayirishni bildiradi. Tuzatish maxsus ma’lumotnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. Qo‘shimcha provodka usuli Ushbu usul registrlarda summa kamqilib ko‘rsatilganda va ular jami ma’lumotlardan joy olganda qo‘llaniladi. Bu xatoliklar keyingi hisobot davrlarida to‘g‘rilanadi. Buning uchun summasi berilgan provodka qaytariladi, faqat farq summaga. Qo‘shimcha yozuv umumiy summa ustuga qo‘shiladi. Tuzatish maxsus ma’lumotnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. Download 23,63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling