Buxgalteriya hisobi registrlari
Download 23.63 Kb.
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Qaydnomalar
- 5.Kartochkalar
- 6.Mashinogrammalar
2.Jurnal-orderlar – bu ma’lumotlarni schetlarning krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. Aynan jurnal-orderlar Bosh kitobning kreditida jamlangan holda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni barcha korrespondensiyalanadigan debet schetlar bo‘yicha aks ettiradi, ya’ni jurnal-orderlar Bosh kitobning to‘ldiruvchisi, davomi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi schetlari bo‘yicha turli jurnal –orderlarni yuritish ko‘zda tutilgan, masalan 50 «Kassa» schoti bo‘yicha №1, 51 «Hisob-kitob scheti» bo‘yicha № 2, 60 «Ta’minotchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti bo‘yicha № 6, shuningdek boshqa schetlar bo‘yicha boshqa jurnal-orderlar yuritiladi. Jurnal-orderlar buxgalteriya hisobini jurnal-order shaklining asosini tashkil etadi.
3.Qaydnomalar –bu schetlarning debeti bo‘yicha analitik hisobni olib borishga mo‘ljallangan registrlar. Qaydnomalar ham turli schotlar bo‘yicha har xil shakl va mazmunda yuritiladi. 4.Memorial-orderlar - bu ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida schetlarning ham debeti, ham krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. Ushbu registrlar buxgalteriya hisobini memorial-order shaklining asosini tashkil etadi. 5.Kartochkalar - bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan va alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga yoki karton qog‘ozga tipografik usulda ma’lum shaklda tayyorlangan registrlar. Ularga misol etib ombor hisobi kartochkasini, xodimning shaxsiy scheti kartochkasini, avtomobillar ishi hisobi kartochkasini va boshqalarni keltirish mumkin. 6.Mashinogrammalar - bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli algoritmlar va dasturlar asosida shakllangan analitik va sintetik hisob, shuningdek moliyaviy hisobot registrlari. Mashinogrammalar buxgalteriyahisobining kompyuterlashtirilgan shaklini asosini tashkil etadi. Maqsadiga ko‘ra buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan barcha hisob registrlari quyidagilarga bo‘linadi: Analitik hisob registrlari; Sintetik hisob registrlari; Yig‘ma hisob registrlari. Download 23.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling