Buxgalteriya hisobi schyotlarini umumiy ko‘rinishi
schyotning nomi______________
|
“Debet”
|
“Kredit”
|
|
|
Buxgalteriya hisobi schyotlari, schyotning nomi, debet yozuv, kredit yozuv, hisobot davrining boshiga va oxiriga qoldiq, oborotlar kabi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Schyotlarning hisobot davrining boshiga qoldig‘i oʻtgan hisobot davr balanisidan olib yoziladi va “semiz” chiziq bilan ajratib ko‘rsatiladi. Oborotlari esa debet va kredet tomondagi yozuvlarni jamlash yo‘li bilan topiladi. Bunda debet tomondagi yozuvlarning jami debet oborot, kredit tomondagi yozuvlarning jami kredit oborot deyiladi. Hisobot davrini oxiriga qoldiq esa matematik yo‘l bilan topiladi (keyingi paragrfda batavsil bayon etilgan)
Aktialar, passivlar va majburiyatlarni hisbga oluvchi schyotlar tavsifi.
Balansning tuzilishiga nisbata schyotlar aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin. Aktiv schyotlarda korxonaning mablag‘lari, passiv schyotlarda esa mablag‘larning manbalari hisobga olinadi. Ular bir biridan tuzilishlari bilan farq qiladi.
Chizmadan ko‘rinib turibdiki aktiv schyotning debet tomonida xo‘jalik mablag‘larining hisobot davrining boshiga va oxiriga qoldig‘i hamda hisobot davrida mablag‘larni ko‘payishi ko‘rsatiladi, kredet tomonida esa mablag‘larni kamayishi aks ettiriladi.
Aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning tuzilish chizmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |