Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida tushuncha, ularni tuzilishi
Download 35.26 Kb.
|
Mo\'minov S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida tushuncha va ularning tuzilishi Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va korxonani boshqarishdagi roli.
Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida tushuncha, ularni tuzilishi Reja: 1. Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida tushuncha va ularning tuzilishi 2.Aktivlar va passivlar hisobga olinadigan schyotlarini xarakteristikasi. Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida tushuncha va ularning tuzilishi Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va korxonani boshqarishdagi roli. Ma’lumki balans hisobot davrining ma’lum bir kuniga, odatda hisobot davrining boshiga tuziladi. Boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlar korxona rahbarining “qo‘l ostida” doimo bo‘lishi kerak. Buxgalteriya hisobida axborotlarni saqlash tizimi schyotlardan iborat. Buxgalteriya schyoti –axborotlarni buxgalteriya hisobida saqlashning asosiy vositasidir. Shuning uchun ham xo‘jalik jarayonlari ta’sirida korxonalarning mablag‘lari, mablag‘lar manbaalari va majburiyatlari tarkibida roʻy beradigan o‘zgarishlarni hisobga olish uchun buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi schyotlari korxonaning iqtisodiy resurslari harakatini va holatini qayd qilish, saqlash hamda hisobot davri davomida sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini iqtisodiy mazmunlariga ko‘ra bir tizimga solib turish vositasi vazifasini ham bajaradi. Shunga ko‘ra, buxgalteriya hisobi schyotlaridan korxonaning xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan iqtisodiy ma’lumotlarni jamlash, saqlash, nazorat qilish va mazmuniga ko‘ra guruxlash maqsadida foydalaniladi. Schyotlar aktivlarning, passivlarning va korxona kapitalining har bir turiga ochiladi. Schyotlarga yozuv ikki yoqlama yozuv asosida amalga oshiriladi. Bu usul bundan taxminan 522 yil avval, 1494 yillarda, fransuz monaxi Luki Pachola tomonidan asoslangan bo‘lib, shu davr ichida harakatda. U shaklan o‘zgargan bo‘lishi mumkin, lekin mazmuni saqlanib qolgan. Ikki yoqlama yozuv faqat buxgalteriya hisobiga xos bo‘lib uning metodini elementi va tamoyili bo‘lib hisoblanadi. Ulug‘ nemis shoiri Gyote ikkilamchi buxgalteriyani insoniyat idrokining birdan bir eng ajoyib ixtirosidir, deb ataydi Mashhur sotsiolog va iqtisodchi Verner Zombart ikki yoqlama yozuv Galiley va Nyuton sistemasi kabi ko‘tarinkilik bilan hayotga kelgan deydi Ushbu fikrlarni mantiqiy davom etgan holda professor A. Galagan ikki yoqlama yozuv tizimi barcha iqtisodiy hodisalarni ikki jihatga ega ekanligini bildiruvchi, bir-birini to‘ldiruvchi ikki tomonlamalik tamoyiliga ega: ya’ni, ko‘payish va kamayish; sotmoq (bermoq) va sotib olish (olmoq); sodir bo‘lish va g‘oyib bo‘lish, deb asoslaydi. Ikki yoqlama yozuv tizimida sodir boʻlgan xoʻjalik hodisalari eng kamida ikki joyga, ikki marta, bir schyotning debetiga va boshqa bir schyotning kreditiga teng soʻmmalarda qayd qilinishi kerak. SHuning uchun ham buxgalteriya hisobida har doim balans (tenglik) mavjud boʻladi. Ikki yoqlama yozuvni oʻrganishni schyotning “T- modeli”ni oʻrganishdan boshlash uning mohiyatini tushunishni osonlashtiradi. Buxgalteriya hisobi schyotlari sxematik tarzda ikki tomonlama jadval bo‘lib “T” harfi yoki kitobning ikki beti koʻrinishiga ega. Bu kitob “Bosh kitob” deyiladi. Kitobning yoki schyotning chap tomoni “Debet” oʻng tomoni esa “Kredit” deb ataladi. “Debet” va “Kredit” so‘zlari lotinchadan olingan bo‘lib, “Debet” so‘zi “qarzdor”, “Kredit” so‘zi esa “ishonadi” degan ma’nolarni bildiradi. Bu soʻzlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida ishlatishda o‘zining tub ma’nosini yo‘qotadi, shunchaki schyotning o‘ng va chap tomonlarini shartli belgisi bo‘lib xizmat qiladi. Download 35.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling