Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida tushuncha, ularni tuzilishi


Schyot nomi: 6810-“Qisqa muddatli bank krediti”


Download 35.26 Kb.
bet5/6
Sana03.02.2023
Hajmi35.26 Kb.
#1152569
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mo\'minov S

Schyot nomi: 6810-“Qisqa muddatli bank krediti”


D-t K-t




1. 650000


3. 400000

Qoldiq:700000

2. 1000000

Debet oborot: 1050000

Kredit oborot: 1000000




Qoldiq: 650000

Ma’lumki passiv schyotlarda hisobot davri va oxiriga qoldiq va ko‘payish schyotning kredit tomoniga, kamayish esa debet tomoniga yoziladi. Shuning uchun hisobot davri boshiga qoldiqni, hisobot davri davomida olingan qisqa muddatli kreditlarni “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyotining kredit tomoniga, qaytarib berilgan qisqa muddatli bank kreditlarni summasini esa debet tomoniga yozamiz.


Schyotining debet va kredit tomonidagi yozuvlarni bir-biriga qo‘shib, uning debet va kredit oborotlarini topamiz. Misolimizda “Qisqa muddatli bank kreditlari” schyotining debet oboroti 1050000 (650000+400000) so‘mni, kredit oboroti esa 1000000 so‘mni tashkil qildi.
Schyotining oy oxiriga qoldig‘ini yuqorida keltirilgan matematik modul asosida quyidagicha topiladi:
∑S2P =700000 + 1000000 - 1050000 = 650000
Demak, passiv schyotlarning kredit tomonida korxona kapitalining va majburiyatlarining qoldiqlari, ko‘payishi, debet tomonida esa ularning kamayishi yoziladi.
Schyotlarning qoldiqlari uning qaysi tomoniga yozilganligiga qarab ham ularning aktiv yoki passiv ekanligini bilib olish mumkin.
Xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobi schyotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbaalari to‘g‘risida umumlashgan axborotlarni aks ettirib, korxona xodimlarini boshqaruv qarorlari qabul qilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlashni asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Balans xoʻjalik mablagʻlari va ularning tashkil topish manbalarini, ma’lum sanaga, yiriklashtirilgan tasnifiy guruhlar boʻyicha tavsiflar ekan. Lekin, korxona moliya-xoʻjalik faoliyatini boshqarish va biznes-reja hamda shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish uchun har bir mablagʻning mavjudligi va harakati, har bir korxona bilan hisoblashishlar ahvoli, ayrim mablagʻ manbalarining oʻzgarishi va boshqalar toʻgʻrisida kundalik ma’lumotlar zarur. SHuningdek, faqat natijalarnigina emas, balki xoʻjalik jarayonlarini ham tavsiflaydigan ma’lumotlar zarur. Bunday ma’lumotlarga xoʻjalik muomalalarini, ularning xususiyatlariga koʻra hisobga olgan holda qayd qilib borish yoʻli bilan ega boʻlish mumkin. Xoʻjalik muomalalarini joriy tartibda qayd qilish va guruhlash uchun buxgalteriya hisobining schyotlaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining schyotlari – bu xoʻjalik mablagʻlar, mablagʻlarning tashkil topish manbalari va xoʻjalik muomalalarini, boshqarish va nazorat qilish uchun zarur axborotlarni olish maqsadida, ularni guruhlash va joriy tartibda hisobga olish usulidir.
Guruhlash iqtisodiy mohiyatiga koʻra bir xil xoʻjalik mablagʻlari, mablagʻlar manbalari va xoʻjalik muomalalari uchun alohida schyot ochish bilan ta’minlanadi.
Respublikamizda buxgalteriya hisobini isloh qilishning yoʻnalishlaridan biri bu – yangi schyotlar rejasini ishlab chiqishdir.
Bu sohada Moliya vazirligida ishchi guruh tuzilib, yangi «Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi» ishlab chiqildi. Bu Milliy standart 21-sonli BHMS «Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi» deb nomlanadi.
21-sonli BHMS boʻyicha barcha schyotlar yoʻnalishi va bajaradigan vazifalariga asosan 3 ta guruhga boʻlinadi:
- aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
- majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
- kapitalni hisobga oluvchi schyotlar.
21-sonli BHMS boʻyicha 6 qism, 9 boʻlim va 249 ta balans schyoti, 50 ta tranzit schyot va 16 ta balansdan tashqari schyotdan iborat boʻlib, hammasi boʻlib 315 ta schyotni tashkil qiladi.
Schyotlar balansga nisbatan asosan quyidagi schyotlarga boʻlinadi:
Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega boʻlib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir.
Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga moʻljallangan schyot boʻlib, unda iqtisodiy resurslarning qoldigʻi va koʻpayishi schyotning debetida, kamayish esa kredit boʻyicha aks ettiriladi.
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga moʻljallangan schyot boʻlib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldigʻi va koʻpayish schyotining krediti boʻyicha, kamayish esa debet boʻyicha aks ettiriladi.
Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan bogʻlik boʻlgan aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Kontr-passiv schyot (KP) - bu u bilan bogʻlik boʻlgan passiv schyotning saldosidan chegiraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega boʻlmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Balans schyotlari deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular boʻyicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi.
Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga qarashli boʻlmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida boʻlgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga moʻljallangan schyotlardir. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan oʻzaro bogʻlanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.
Schyotlar 2 guruhga boʻlinadi: sintetik va analitik.

  • Sintetik schyotlar xoʻjalik mablagʻlari va ular manbalari haqida umumiy va qiymat koʻrinishidagi ma’lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga moʻljallangan.

  • Analitik schyotlar ma’lumotlari xoʻjalik mablagʻlari va ularni manbalarini nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat oʻlchovi birliklarida yuritishga moʻljallangandir.

Schyotlar toʻrt xonalik sonlar bilan raqamlashtirilgan.
Schyotlar rejasi besh qism va uning tarkibida boʻlgan toʻqqiz boʻlimdan iborat boʻlib, ularning 1-8 boʻlimlari - balans sxemasiga, 9 boʻlimi - moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot sxemasiga mos ravishda joylashtirilgan. Schyotlar va subschyotlar korxonaning ehtiyojlariga mos ravishda yangi schyotlar bilan toʻldirishda egiluvchanlikni ta’minlaydigan, toʻrt xonali raqamga ega.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt schyotlar rejasiga asosan xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida oʻz ishchi schyotlar rejasini tuzishlari shart. Buni korxonaning hisob siyosati nizomida aks ettirib oʻtiladi. Bu esa korxona aktivlari va ularning tashkil topish manbalarini hisob registrlarida alohida schyotlarda hisobini olib borish imkonini beradi. Ishchi schyotlar rejasi schyotlarning koʻp yoki kam soniga ega boʻlishi mumkin, lekin shu bilan birgalikda tanlangan schyotlar guruhi korxonaning faoliyati turiga mos ravishda hamma xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olishni ta’minlashi lozim. Raqamlash tartibi va sanadagi belgilar soni ixtiyoriy, biroq raqamlash egiluvchan boʻlishi va qoʻshimcha schyotlarni kiritishga imkon berishi maqsadga muvofiqdir. Mantiqiy raqamlash buxgalteriya hisobini oʻzlashtirish va kompyuterlashtirishni osonlashtiradi. SHu munosabat bilan, schyotlarning qism va boʻlimlarini quyidagi jadvalda koʻrish mumkin:
Schyotlar rejasining tuzilishi

Qism va boʻlim №

Boʻlim nomi

I

Uzoq muddatli aktivlar

1.

Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlar 0100 - 0900

II

Joriy aktivlar

2.

Tovar-moddiy zahiralar 1000 – 2900

3.

Kelgusi davr xarajatlari va muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi 3100 – 3200

4.

Olinadigan schyotlar — joriy qismi 4000 – 4900

5.

Pul mablagʻlari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar 5000 – 5900

III

Majburiyatlar

6.

Joriy majburiyatlar 6000 – 6900

7.

Uzoq muddatli majburiyatlar 7000 – 7900

IV

Oʻz kapitali

8.

Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar 8000 – 8900

V

Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi

9.

Daromadlar va xarajatlar 9000 – 9900




BLANSDAN TASHQARI SCHYOTLAR 001-016



Hisobvaraqlar rejasi – buxgalteriya hisobi boʻyicha hisobvaraqlarning ularning iqtisodiy mazmuniga koʻra bir tizimga solingan roʻyxatidir.
Hisobvaraqlar rejasining dastlabki 1-8-boʻlimlarida doimiy yoki balans hisobvaraqlari, 9-boʻlimda esa tranzit yoki vaqtinchalik hisobvaraqlar joylashtirilgan.



Download 35.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling