Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida tushuncha, ularni tuzilishi


Download 35.26 Kb.
bet3/6
Sana03.02.2023
Hajmi35.26 Kb.
#1152569
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mo\'minov S

Dt

Schyotning nomi:_________________________
K-t


Hisobot davri boshiga qoldiq:

Xo‘jalik mablag‘larining
kamayishi (–)

Xo‘jalik mablag‘larining ko‘payishi (+)

Debet oborot

Kredit oborot

Hisobot davri oxiriga qoldiq




Aktiv schyotlarda oy oxiridagi qoldiq summasini topish uchun, oy boshiga bo‘lgan debet qoldiq summasiga debet oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasi ayriladi. Buning matematik modulini quyidagi formula yordamida aks ettirishimiz mumkin:
∑S2A ═ ∑S2A+∑DoA−∑CoA
Qayerda:

    1. ∑S2A - aktiv schyotlarning hisobot davri oxiriga qoldig‘i summasi;

    2. ∑S2A - aktiv schyotlarning hisobot davri boshiga qodig‘i summasi;

    3. ∑DoA- aktiv schyotlarning hisobot davridagi debet oboroti summasi;

    4. ∑CoA- aktiv schyotlarning hisobot davridagi kredet oboroti summasi;

Aktiv schyotlarda hisobot davri yozuvlarini amalga oshirish, oborot hisoblash va hisobot davrining oxiriga qoldiq topish tartibini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik kassadagi pul mablag‘larini qoldig‘i hisobot davrining boshiga 150000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsin. Hisobot davri davomida kassadagi naqd pularning harkati bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi xo‘jalik muomalalari amalga oshirilgan:

  1. Hisob-kitob schyotidan ish haqi berish uchun kassaga 120000 so‘m olib kelindi va kirim qilindi.

  2. Xizmat safariga borib kelgan buxgalter S. Axmedov ishlatilmay qolgan 2500 so‘m bo‘nakni kassaga qaytarib topshirdi.

  3. Xodimlarga kassadan 100000 so‘m ish haqi berildi.

  4. Kassadan xodimlarga safar xarajatlari uchun 15000 so‘m bo‘nak berildi.

Ma’lumki aktiv schyotlarda qoldiq va ko‘payish schyotning debet tomoniga, kamayish esa kredit tomoniga yoziladi. Shuning uchun “Kassa” schyotining hisobot davri boshiga bo‘lgan qoldig‘ini va xo‘jalik muomalalari natijasida kassaga kirim qilingan pullarni schyotining debet tomoniga, kassadan berilgan pul mablag‘larini esa, schyotning kredit tomoniga yozamiz.
Schyotining debet va kredit tomonidagi yozuvlarni bir-biriga qo‘shib uning debet va kredit oborotlarini topamiz. Misolimizda kassa schyotining debet oboroti 122500 (120000+2500) so‘mni, kredit oboroti esa 115000 (100000+1500) so‘mni tashkil qiladi. Schyotining oy oxiriga qoldig‘ini yuqorida keltirilgan matematik modul asosida tapamiz.
Ushbu operatsiyalar “Kassa” schyotda quyidagicha yoziladi:

Dt




Download 35.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling