Buxgalteriya hisobi tarixi


I qism Uzoq muddatli aktivlar


Download 141.42 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi141.42 Kb.
#1623619
1   2   3
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi shpargalka

I qism


Uzoq muddatli aktivlar


1-bo`lim

Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlar

0110-0990












I I qism


Joriy aktivlar























2-bo`lim

Тovar-moddiy zahiralar

1010-2990





3-bo`lim

Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzayti-rilgan xarajatlarning joriy qismi


3110-3290





4-bo`lim

Olinadigan hisobvaraqalar joriy qismi

4010-4910





5-bo`lim

Pul mablag`lari, joriy investitsiyalar va bosh-qa joriy aktivlar

5010-5910







I I I qism


Majburiyatlar





6-bo`lim

Joriy majburiyatlar

6010-6990





7-bo`lim

Uzoq muddatli majburiyatlar

7010-7920







IV qism


Хususiy kapital





8-bo`lim

Kapital, foyda va zahiralar

8310-8910







V qism


Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi





9-bo`lim

Daromadlar va harajatlar

9010-9910







VI qism


Balansdan tashqari hisobvaraqlar

001-014





Korxonalar tavsiya etilayotgan bosh hisobvaraqlar rejasiga asosan o`z mab-lag`lari va ularning tashkil topish manbalarini to`liq tarzda hisobga olinishini taьminlash uchun buxgalteriya hisobining o`z ishchi hisobvaraqlar rejasini tuzib chiqishlari lozim. Ishchi rejadagi hisobvaraqlar soni bosh hisobvaraqlar re-jasidagidan yo ko`p yoki kam bo`lishi mumkin. Lekin ular korxona biznesining xusu-siyatlarini hisobga olgan holda barcha ho`jalik muomalalarini batafsil hisobga olish imkonini berishi lozim.
Balans aktivida mazkur korxona ixtiyoridagi mablag’lar turi va ularning ma’lum davrda aylanishidagi joylanishi keltiriladi. Masalan, aktivning birinchi moddasida dastlabki qiymatda berilgan «Nomoddiy aktivlar» korxona ixtiyoridagi sezilarsiz aktivlarning qiymatini tavsiflaydi. Navbatdagi «Amortizatsiya» moddasi nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati qanchaga kamayganini ko’rsatadi. «Qoldiq qiymat» moddasi nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasini ayirib tashlangandan keyingi qolgan qiymatini aks ettiradi.

«Asosiy vositalar» dastlabki qiymat moddasida korxona ixtiyoridagi mehnat vositalarining qiymatini ko’rsatadi. Shuningdek, qayta tiklash qiymati - eskirish va asosiy vositalarning qoldiq qiymati va hokazolarni aks ettiradi. «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi korxona ixtiyoridagi «Хom-ashyo va materiallar», «Yordamchi materiallar», «Yoqilg’i» va ombordagi boshqa ishlab chiqarish zaxiralarining qiymatini umumiy summada aks ettiradi. «Тugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi korxonaning har xil sexlarida tayyorlanishi hali oxirigacha yetkazilmagan buyumlarga qilingan sarflar summalarini aks ettiradi. «Тayyor mahsulot» - bu mazkur korxonada tayyorlangan va sotish uchun mo’ljallangan buyumlardir. «Kassa» va «Hisob-kitob schyoti» moddalarida muayyan davrda korxona ixtiyoridagi pul mablag’larining summasi ko’rsatiladi. «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklao». «Boshqa debitoolik qarzlari» va hokazo moddalarida esa boshqa xo’jalik yuritish subyektlarning ushbu korxonaga undan sotib olingan mahsulot uchun («Хaridorlar») va boshqa operatsiyalar bo’yicha («Boshqa debitorlar») qarzlari aks ettiriladi.
Ko’rinib turibdiki, aktiv moddalari juda aniq bo’lib, ularning mazmuni ko’p tushuntirishlarni talab qilmaydi. Passiv moddalari esa boshqachadir. Bu moddalardan ba’zilarining mohiyatini ularning qanday maqsadga tayinlanishiga qarab aniqlab olish doim ham oson bo’lavermaydi. Passivdagi har bir moddaning mazmunini aniq ko’z oldiga keltirish uchun passiv umuman nimani aks ettirishini yaxshi bilib olish lozim. Yuqorida aytilganidek, passiv aktivda ko’rsatilgan korxona mablag’larining manbaini aks ettiradi.
Passivning birinchi moddasi ustav kapitalidir. Uning summasi korxonaning yaratilish paytida shakllantirilgan mablag’lar miqdoridan iborat. Bunda korxonaning o’z mablag’larining umumiy summasi ko’rsatiladi va bu manbadan berilgan mablag’larning o’zi balans aktivining moddalarida aniq gavdalantirilgan bo’ladi.
«Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» moddasida korxonaning faoliyat ko’rsatishi boshidan boshlab hisobot davrigacha bo’lgan vaqt ichida jamg’arilgan foyda summasini aks ettiradi.
«Uzoq muddatli kreditlar» moddasida korxonaning bankka bo’lgan uzoq muddatli qarzi aks ettiriladi. Bu moddada ko’rsatilgan summa korxona tomonidan olingan uzoq muddatli bank kreditini aks ettirib, belgilangan davrda qaytarilishi kerak. Mazkur modda korxona ixtiyorida hozircha bo’lgan pul mablag’larining miqdorini ko’rsatadi, deb o’ylash noto’g’ri bo’ladi, chunki bank tomonidan kredit ko’rinishida beriladigan pul mablag’lari odatda korxonaning hisob-kitob schyotiga yozib qo’yiladi yoki mol yetkazib beruvchilardan bo’lgan qarzni uzish uchun o’tkaziladi. Demak, bu mablag’ balansning boshqa moddalarida aks ettiriladi.
«Kreditorlar» moddasining «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar» qatorida keltirilgan summa korxonaning mol yetkazib beruvchilardan sotib-olingan har xil moddiy boyliklari uchun qarzini ko’rsatadi.
«Mehnatga haq to’lash bo’yicha qarzlar» moddasida korxonaning ishchilar va xizmatchilariga hisoblangan ish haqiga doir majburiyatlari aks ettiriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu modda korxona tomonidan ishchi va xizmatchilarning bajargan ishlari uchun to’lanishi kerak bo’lgan ish xaqi summasi qancha ekanligini ko’rsatadi.
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» moddasi korxonaning budjet oldidagi undan undiriladigan har xil soliqpar va ajratmalarni to’lash bo’yicha majburiyatlarining summasini, ya’ni moliya tashkilotlariga bo’lgan qarzning miqdorini aks ettiradi. Тo’lanishi lozim bo’lgan summa aniqlanganidan keyin, korxona o’z balansining passivida shu modda bo’yicha uning summasini ko’rsatadi. Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:
1. Тuzish vaqtiga qarab: kirish balansi; joriy (davriy) balans; tugatish balansi; ajralish balansi; qo’shilish balansi; sanatsiya balansi.
2. Тuzish manbalariga qarab: inventar balanslari. Faqat inventar vositalari asosida tuziladi; ular qisqartirilgan variantda hisoblanadi. Bunday balanslar mavjud mulk asosida yangi korxonalar vujudga kelganda yoki xo’jaliklar o’z shaklini o’zgartirganda talab qilinadi; daftar balansi - inventarizatsiya o’tkazish yo’li bilan oldindan tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi; bosh balans - hisob va inventarizatsiya ma’lumotlariga asosan tuziladi.
3. Axborot hajmi bo’yicha: yakka balans - faqat bir korxona axborotini aks ettiradi; yig’ma balans - barcha korxonalar mablag’larining umumiy holatini aks ettiruvchi summalarni mexanik qo’shish yo’li bilan tuziladi; konsolidallashgan balans.
4. Faoliyat xarakteri bo’yicha: asosiy balans - korxonaning asosiy faoliyat turi va ustaviga to’g’ri keladigan balans; asosiy bo’lmagan balans - korxonaning boshqa faoliyat turlari bo’yicha tuziladigan balans.
5. Mulk shakli bo’yicha: davlat korxonalari balansi; aksioner jamiyatlari balansi; munitsipal balansi; qo’shma korxonalar, kichik va xususiy korxonalar balansi.
6. Aks ettirish obyekti bo’yicha: huquqiy shaxs bo’lgan korxonaning mustaqil balansi; alohida balans.
7. Тozalanish usuli bo’yicha: brutto-balansi - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi balans; netto-balans - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni chiqarib tashlab tuzil gan balans. Bizning Respublikamizda netto-balansi qo’llaniladi.


ASOSIY VOSITALAR HISOBI
Аsosiy vositalar - bu uzoq muddat oʼzining tabiiy koʼrinishini saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga oʼz qiymatini asta-sekin oʼtkazadigan mehnat vositalaridir.


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida yangi iqtisodiy munosabatlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etishda buxgalteriya hisobi tizimi muhim rolь oʼynaydi. Bugungi kunda hoʼjalik yurituvchi subʼektlarning iqtisodiy faoliyatini tashkil etishda material, buxgalteriya va mehnat resurslari bilan birga, asosiy vositalardan foydalanish hisobiga ham iqtisodiy fao-liyatni tashkil etish taʼminlandi. Xoʼsh, asosiy vositalarning mohiyati nimadan iborat?
Аsosiy vositalar uzoq muddat oʼzining tabiiy koʼrinishini saqlab turadigan, eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga oʼz qiymatini asta-sekin oʼtkazadigan mehnat vositalari boʼlib, u uzoq (bir yildan koʼp) davr ichida moddiy ishlab chiqarish sohasida, nomoddiy ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, ijaraga berishda foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Oʼzbekiston Respublikasining «Аsosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga koʼra ular tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
- xizmat muddati bir yildan ortiq;
- bir birlik uchun qiymati (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq boʼlgan buyumlar.
Misol: Xoʼjalik subʼekti xarid qilib olingan qiymati 850000 soʼmlik hisoblash texnikasi («Pentium-IV»)ni asosiy vositalar tarkibiga kiritadi. Chunki ushbu obʼekt yuqoridagi mezonlarga mos xolda undan foydalanish muddati bir yildan ortiq va qiymati eng kam ish haqi miqdorining (2007 yil 1 yanvar xolatiga koʼra (50x12420=621000 soʼm)) ellik barobaridan yuqoridir.
Ushbu mezonlardan chet mamlakatlar iqtisodiyotida ham foydalaniladi, shu jumladan, 16-son «Аsosiy vositalar» nomli buxgalteriya hisobotning xalqaro standarti (MHXS)da quyidagi taʼrif keltirilgan: jumladan, asosiy vositalar - bu moddiy koʼrinishidagi (material) aktivlar hisoblanib, ular kompaniyaning ishlab chiqarish faoliyatida va maʼmuriy maqsadlarda foydala-niladi, shuningdek, foydalanish muddati bir yildan ortiq boʼladi.
Oʼzbekiston Respublikasida asosiy vositalar hisobini yuritish-da xoʼjalik subʼektlari rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini mustaqil ravishda nisbatan kamroq miqdorda belgilashga haqlidir.
Shu bilan birga, xizmat muddati va qiymatidan qatʼiy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
-maxsus asboblar va moslamalar;
-maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;
-koʼrpa-toʼshak anjomlari;
-yozuv-chizuv anjomlari (kalьkulyatorlar, stol ustiga qoʼyiladigan asboblar va boshqalar);
-oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona uchun dasturxon-sochiq-lar;
-hizmat muddati bir yildan kam boʼlgan almashtiriladigan usku-nalar;
-ov qurollari (trallar, toʼrlar, qarmoqlar va boshqalar).
Misol: Xoʼjalik subʼekti ehtiyojlari uchun «Nokia» rusumdagi mobilь telefon apparatini 600000 soʼmga sotib olgan. Mohiyati ji-hatidan olib qaralganda ushbu telefondan bir yildan ortiq muddat foydalanish mumkin. Аmmo u asosiy vositalar tarkibiga kiritil-maydi. Chunki, qiymati eng kam ish haqi miqdorining (2007 yil 1 yanvar xolatiga koʼra (50x12420=621000 soʼm)) ellik barobaridan kam. U xoʼjalik jihozlari va inventarlari tarkibida hisobga oladi. Аlbatta, xoʼjalik subʼektlari bunday turdagi aktivlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish yoki olmaslikni «Hisob siyo-sati»da belgilab qoʼyishi mumkin.
vositalarning aylanma (joriy) aktivlarga nisbatan farqi shundan iboratki, ular ishlab chiqarish jarayonida bir necha marotaba qatnashadi va hizmat muddati davomida oʼzining dastlabki shakli (jismoniy koʼrinishi)ni saqlab qoladi.
Аsosiy vositalarni hisobga olishda ular maʼlum guruhlarga boʼlinishi ham mumkin. Chunki asosiy vositalarni hisobini toʼgʼri va toʼlaqonli tashkil etishning muhim sharti, ularni ilmiy jihatdan turkumlash va baholash hisoblanadi.
Аsosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga koʼra ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalar va ishlab chiqarishga taalluqli boʼlmagan asosiy vositalarga boʼlinadi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va unga xizmat qiladigan mehnat vosita-lari ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar deb ataladi.
Ularning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishdagi roli tur-licha koʼrinishga ega. Baʼzilari, masalan, mashinalar, uskunalar, as-bob-uskunalar ishlab chiqarishda mehnat qurollari sifatida qatnashadi, shuningdek, boshqalari esa ishlab chiqarish jarayonining toʼxtovsiz ishlab turishini taʼminlaydi (bunday asosiy vositalarga bino va inshootlarni kiritish mumkin) va ishlab chiqarish uchun zarur boʼlgan shart-sharoitlarni yaratib beradi (masalan: ishlab chiqarish binolari, umumiy foydalanishdagi yoʼllar). Ishlab chiqa-rish jarayonida toʼgʼridan-toʼgʼri qatnashmaydigan asosiy vositalarga uy-joy kommunal xoʼjaligi vositalari, sogʼliqni saqlash muassasa-larining asosiy vositalari (poliklinikalar, ambulatoriyalar va shunga oʼxshashash obʼektlar), maorif va xalq taʼlimiga qarashli obʼektlar (teatrlar, klublar, kutubxonalar, bolalar bogʼchalari, yozgi oromgohlar) kiradi.
Аsosiy vositalar iqtisodiyot tarmoqlarining turkumlanishiga mos holda tarmoqlardagi turlarga boʼlinadi: sanoatdagi asosiy vositalar, qishloq xoʼjaligidagi asosiy vositalar, transportdagi asosiy vositalar, aloqa sohasidagi asosiy vositalar, qurilishdagi asosiy vositalar, savdo sohasidagi asosiy vositalar va h.k.
Misol: «Navbahor» fermer xoʼjaligining 2006 yil 31 dekabrь holatiga mavjud asosiy vositalarning turlari boʼyicha buxgalteriya hisobotlarida quyidagi maʼlumotlar keltirilgan (1-jadval):
1-Jadval


Аsosiy vositalarning tarkibi haqida maʼlumot
№ Аsosiy vositalarning turlari Inventarь
raqami Summasi
(balans qiymati)
1 Er-Ekin maydonlari - 30000000
2 Bino-Ofis binosi
Omborxona binosi
Ferma binosi 100020
100030
100040 50000000


48000000
10000000

3 Inshoot-Suv inshooti
Yem-xashaklarni saqlash inshooti
Devorlar va koʼpriklar 200010
200020

200030 1000000
12000000

5000000
4 Mashina va uskunalar-Qishloq xoʼjalik texnikalari, uskunalari va mexanizmlar, apparatlar, agregatlar, tarozilar 300010-90 6000000
5 Transport vositalari-
Traktor va buldozer
Kombayn
Yengil avtomobil
Yuk avtomobili
400010

400020
400030

400040
35000000

2000000
1000000

1500000
6 Hisoblash texnikalari-kompьyuterlar va printerlar 500010-90 1000000
7 Ish va mahsuldor hayvonlar-otlar, sogʼin sigirlar, qoʼylar 600010-90 18000000
8 Koʼp yillik daraxtlar-tutzorlar, danakli va urugʼli mevali daraxtlar 700010-90 8000000
Shuningdek, asosiy vositalar foydalanishdagi, zaxiradagi, ijaradagi va konservatsiyadagi vositalarga ham boʼlinadi. Bunday turkumlanishining zaruriyati shundan iboratki, ularga amortizatsiya hisoblash va tegishli xarajatga olib borish turli darajada boʼladi. Chunki foydalanishdagi asosiy vositalarga belgilangan meʼyorlar asosida amortizatsiya hisoblansa, konservatsiyadagi asosiy vosita-larga umuman amortizatsiya hisoblanmaydi, ijaradagi asosiy vosita-larga esa ijaraning muddatiga bogʼliq holda hisoblanadi.


U yoki bu xoʼjalik yurituvchi subʼektga qarashliligiga koʼra asosiy vositalar oʼziga qarashli va ijaraga olingan asosiy vosita-larga boʼlinadi.
Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarda asosiy vositalar hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida ular muayyan tasnif koʼrsat-kichlari orqali guruhlarga boʼlinadi. Аsosiy vositalarning guruh-larga boʼlishning tasnif belgilari quyidagilardan iborat:
bajaradigan vazifasiga koʼra;
obʼektlardan foydalanish darajasiga koʼra;
natural-moddiy tarkibiga koʼra.
Аsosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa xoʼjalik yurituvchi subʼektga berish yoki sotish toʼgʼrisida qaror qabul qilish, shuningdek, ularning eskirishini toʼgʼri hisob-kitob qilish uchun zarurdir.
Аsosiy vositalar hisobi quyidagi asosiy meʼyoriy xujjatlar bilan tartibga solinadi: «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda buxgalteriya nati-jalarni shakllantirish tartibi toʼgʼrisida»gi Nizom, «Аsosiy vositalar» nomli 5-son BHMS, «Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning moliya xoʼjalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qoʼllash boʼyicha Yoʼriqnoma» 21-BHMS, «Inventarizatsiyani tashkil etish va oʼtkazish» 19-son BHMS, «Ijara hisobi» 6-son BHMS, «Buxgalteriya balansi» 15-son BHMS va boshqalar.
Аsosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi uning in-ventar obʼekti hisoblanadi. Аsosiy vositalarning inventar obʼek-ti sifatida barcha qurilmalari va anjomlariga ega boʼlgan obʼekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun moʼljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum va muayyan vazifalarni bajarish uchun moʼljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. Аsosiy vositada har xil foydalanish mud-datiga ega boʼlgan bir nechta mustaqil obʼektlar mavjud boʼlgan holatda har bir obʼekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventarь obʼekti sifatida tan olinadi. Ikkita yoki bir nechta xoʼjalik subʼekti mulkida boʼlgan asosiy vositalar obʼekti har bir subʼekt tomonidan umumiy mulkdagi uning ulushiga teng miqdorda asosiy vositalar tarkibida aks ettiriladi. Bular esa asosiy vositalarning butligi ustidan toʼliq nazoratni olib borish imkoniyatini yaratadi va har bir obʼekt uchun raqam biriktiriladi. Fikrimizcha, ushbu raqamlanish subʼektlarning hisob siyosatida belgilanishiga bogʼliq, chunki asosiy vositalarga inventarь raqamlarni biriktirish yuzasidan yagona uslubiy qoʼllanma mavjud emas.
Misol: «Sardor-N» korxonasida mavjud asosiy vositalarga inventarь raqam biriktirish yuzasida korxona «Hisob yuritish siyosati»da quyidagilarni belgilab olgan (2-jadval):
Hisob siyosatining mazmuni: Аsosiy vositalarga inventarь raqam biriktirish toʼgʼrisida. Korxonadagi mavjud asosiy vositalarga (ijaradan tashqari) buxgalteriya schyotlariga mos holda inventarь raqam beriladi.
2-jadval

Аsosiy vositalarga inventarь raqam biriktirish
№ Аsosiy vositalar Inventarь raqami
1 Bino va inshootlarga 012010 dan 012090 gacha
2 Mashina va uskunalar 013010 dan 013090 gacha
3 Mebelь va ofis jihozlari 014010 dan 014090 gacha
4 Kompьyuter jihozi va hisoblash texnikasi 015010 dan 015090 gacha
5 Transport vositalari 016010 dan 016090 gacha
6 Ish va mahsuldor hayvonlar* 017010 dan 017090 gacha
7 Koʼp yillik oʼsimliklar 018010 dan 018090 gacha
*Аgar fermer xoʼjaligi sifatida faoliyat yuritilsa, u holda chorva bosh soniga qarab inventarь raqam mustaqil tarzida belgilanishi mumkin.
Ushbu inventarь raqamlar obʼektlarning dastlabki xujjatlari (kirimga olish dalolatnomalari, amortizatsiya hisoblash qaydnomalari va h.k.)ga qoʼyilib, asosiy vositalar foydalanish davri ichida (hisobdan chiqib ketguniga qadar) saqlanadi va u boshqa asosiy vositalarga berilmaydi.


Darhaqiqat, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar moliya-xoʼjalik faoliyatini amalga oshirishda asosiy vositalarning oʼrni nihoyatda kattadir. Ushbu aktivlar subʼektlarning ishlab chiqarish jarayonida muhim hisoblanadi, chunki ular barcha xoʼjalik yurituvchi subʼekt tayanadigan va ishlab chiqarish quvvatini baholash mezoni boʼlgan ishlab chiqarish moddiy-texnik bazasini tashkil etadi.


ASOSIY VOSITALAR ESKIRISHI
Budjet tashkilotlari (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) asosiy vositalarini eskirishi mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq budjet tashkilotlar asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlaridan (bundan keyingi o‘rinlarda eskirish me’yorlari deb yuritiladi) kelib chiqqan holda har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlaridan kelib chiqqan holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Eskirish imoratlar, inshootlar, uzatkich moslamalar, mashina va jihozlar, ish hayvonlari va transport vositalari, ishlab chiqarish (ashyolarni ham qo‘shib) va xo‘jalik inventarlari hamda foydalanish mumkin bo‘lgan yoshga yetgan ko‘p yillik daraxtlar, butalar va boshqa asosiy vositalar bo‘yicha aniqlanadi va hisobga olinadi.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida va tabiat kuchlari tahsirida sekin-asta eskirib boradi. O`zining qiymatini ishlab chiqarilayottan mahsulot yoki bajarilayotgan ish qiymatiga sekin-asta o`tkazadi, Ular ikki xil-jismoniy va mahnaviy eskiradi, Oboektning foydalanish jarayonidagi eskirishi jismoniy eskirish deb yuritiladi. Yuqori mehnat unumdorligini taominlaydigan, tuzilishi jixagidan mukammal bo`lgan yangi oboektlarning ishlab chiqarilishi avval foydalanishda bo`lgan eski oboektlarni ularni jismoniy jixatdan to`la eskirgunga qadar ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi. Bu mahnaviy eskirish deb yuritiladi. Asosiy vositalarning mahsulot qiymatiga o`tkazilgan qismi ularni qayti tiklash manbai hisoblanadi. Mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga o`tkazib boriladigan asosiy vositalar eskirgan qismining qiymati amortizatsiya yoki amortizatsiya ajratmasi deb ataladi, Amortizatsiya summasi oboektning dastlabki qiymatini qayti tiklash va kapital taomir bilan bog`liq, harajatlarni qoplashi lozim. Amortizatsiya, avvalo, oddiy takror ishlab chiqarishni, yaoni asosiy vositalarning dastlabki qiymati to`la tiklanishini taominlaydi. U maolum darajada kengaytirilgan takror ishlab chiqarish manbai bo`ladi. Chunki eskirgan uskunalar o`rniga yangi, yuqori mehnat unumdorligini taominlaydiganlari sotib olinadi. Bu o`z navbatida mehnat unumdorligining oshishiga, tannarx va umuman kapital harajatlarning kamayishiga olib keladi. Amortizatsiya summasi avval belgilangan meoyor asosida aniqlanadi. Bu meoyor asosiy vositalarning jismoniy va mahnaviy jihatdan eskirishi foiziga muvofiq keladi. Asosiy vositalarning amortizatsiya ajratmasi har oyda belgilangan meoyor asosida hisoblanadi. U oboektning dastlabki qiymatiga nisbatan maolum foizda belgilangan.


2. Asosiy vositalar ob’ektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi va u tegishli bo‘lgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Mulk hisoblangan yoki moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


  • 0211 «Yerni obodonlashtirishning eskirishi»;


  • 0212 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirish»;


  • 0220 «Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi»;


  • 0230 «Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi»;


  • 0240 «Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»;


  • 0250 «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi»;


  • 0260 «Transport vositalarining eskirishi»;


  • 0270 «Ishchi hayvonlarning eskirishi»;


  • 0280 «Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi»;


  • 0290 «Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»;


  • 0299 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi».




Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti bilan bog‘langan holda olib boriladi. Ijaraga beruvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyotining debetida aks ettiradilar.
3. Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo‘yicha aniqlanmaydi: arxitektura va san’atning noyob yodgorliklari bo‘lgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o‘quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar, mahsuldor qora mollar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog‘i va shunga o‘xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bo‘lgan yoshga yetmagan ko‘p yillik ko‘chatlar, kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga qo‘yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari.

4. Buxgalteriya hisobida asosiy vositalar yaroqlilik muddati 12 oydan ortiq bo'lgan yoki ular 12 oydan oshadigan operatsion tsiklda iste'mol qilinadigan materiallar va materiallar tarkibidagi ob'ektlar. Ushbu ob'ektlar mahsulot ishlab chiqarishda, ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatishda yoki tashkilotning ma'muriy ehtiyojlari uchun ishlatilishi kerak va kelajakda unga iqtisodiy foyda (daromad) berish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Buxgalteriya maqsadlari uchun asosiy vositalarning bunday ta'rifi "Asosiy vositalarni hisobga olish" buxgalteriya hisoboti to'g'risidagi nizomda va asosiy vositalarni hisobga olish bo'yicha ko'rsatmalarda - ushbu turdagi aktivlar to'g'risida ma'lumot olish qoidalarini belgilovchi normativ hujjatlarda berilgan.
Asosiy vositalar ob’ekti bo‘yicha eskirish hisoblash mazkur ob’ekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’ektning dastlabki (tiklanish) qiymati doirasida yoxud bu ob’ektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.

Hisobot yili mobaynida asosiy vosita ob’ektlari bo‘yicha eskirish har oyda yillik eskirish summasining 1/12 miqdorida hisoblanadi. Asosiy vosita ob’ektlari bo‘yicha eskirish hisoblash asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati to‘liq qoplangan yoxud bu ob’ekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatiladi. Asosiy vositalar ob’ektining samarali foydalanish muddati mobaynida eskirish hisoblanishi to‘xtatilmaydi, ob’ektlarda amalga oshirilgan qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya, modernizatsiya, texnik qayta jihozlash ishlari olib borilishi tufayli to‘liq to‘xtatilgan hollar bundan mustasno.

ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISHI BO‘YICHA SINTETIK HISOBI 02 “ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISHI” SCHYOTIDA QUYIDAGI SUBSCHYOTLARGA BO‘LINGAN HOLDA AKS ETTIRILADI:
020 “Turar-joy imoratlarning eskirishi”;
021 “Noturar joy imoratlarning eskirishi”;
022 “Inshootlarning eskirishi”;
023 “Mashina va jihozlarning eskirishi”;
025 “Transport vositalarining eskirishi”;
029 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”.
Mazkur subschyotlarning kredit tomonida asosiy vositalarga eskirish hisoblanishi, debet tomonida esa, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 

Byudjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda “Asosiy vositalarning eskirishi” schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga kirim qilingan asosiy vositalar manbaalari bo‘yicha eskirish hisoblanishini alohida shakllantirib olishi mumkin. Masalan 023/1 “Mashina va jihozlarning eskirishi (byudjet mablag‘i hisobidan)”, 023/2 “Mashina va jihozlarning eskirishi (rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan)” va xokazo.
5. Budjеt tashkilotlarida ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish 
sohalarida ishlatilib, xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan asosiy vositalar 
O‘zbеkiston Rеspublikasi «Buxgaltеriya hisobi to‘g‘risidagi» 
Qonuni va 2003-yil 9-oktabrdagi O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya 
vazirining 114-son buyrug‘i hamda 2004-yil 1-yanvardagi O‘zbе-
kiston Rеspublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1299-son bilan 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Asosiy vositalar» nomli buxgaltеriya 
hisobining milliy andazasi va boshqa taalluqli mе’yoriy-huquqiy 
hujjatlar talablari doirasida balans hisobidan chiqariladi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan chiqariladi:
- tugatish;
- sotish;
- beg‘araz berish;
- kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Asosiy vositalar qisman tugatilgan holda uning dastlabki (tiklash) qiymati va jamlangan eskirish summasi tegishligicha ob’ektning tugatilgan qismining dastlabki (tiklash) qiymati va jamlangan eskirish summasiga kamaytiriladi.
Asosiy vositalar quyidagi hollarda ularni tugatish munosabati bilan balansdan hisobdan chiqarilishi mumkin:
a) belgilangan xizmat muddati tugaganidan (to‘liq eskirish hisoblab yozilganidan) keyin;
b) jismoniy eskirish, halokatlar, tabiiy ofatlar, foydalanishning risoladagi shart-sharoitlarini buzish oqibatida yaroqsiz holga kelganlari;
v) ma’nan eskirganlari;
g) tegishli davlat organlarining qarorlari bo‘yicha chiqib ketadiganlari;
d) korxona va tashkilotlarning qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi va texnik qayta jihozlanishi munosabati bilan chiqib ketadiganlari.
Tiklanishi mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan asosiy vositalar tugatilishi kerak.
Download 141.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling