Buxgalteriya hisobi tenglamasi


Download 1.41 Mb.
bet2/5
Sana22.04.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1380059
1   2   3   4   5
Bog'liq
w 3 tranzaksiyalar hisobi va buxgalteriya tenglamasi uZ h6F4S

NetSolution misoli


Abdumalik Soliev








Barcha tranzaksiyalarni buxgalteriya hisobi tenglamasi elementlarining o`zgarishi sifatida ifodalash mumkin. Tranzaksiyalarning buxgalteriya tenglamasiga qanday ta’sir qilishini ba’zi bir tipik tranzaksiyalar bilan ko`rsatish mumkin. Buni ifoda etishga misol sifatida Kris Klark tomonidan tashkil etilgan korxonadan foydalaniladi.
Faraz qilaylik, 2013-yil 1-noyabrda Kris Klark NetSolutions deb nomlangan korxonani tashkil etadi. Kris biznes-rejasining birinchi bosqichi shundan iboratki, NetSolutions xizmat ko`rsatish biznesi sifatida faoliyat yuritadi, jismoniy shaxslar va kichik korxonalarga veb-
sahifalarni yaratish va kompyuter dasturlarini o`rnatishda yordam beriadi. Kris biznesning boshlang`ich bosqichi bir yildan ikki yilgacha davom etishini kutmoqda. Ushbu davr mobaynida Kris mijozlarning dasturiy ta’minot va apparat vositalariga bo`lgan ehtiyojlari haqida ma’lumot to`plashni rejalashtirmoqda. Biznes-rejaning ikkinchi bosqichida Kris NetSolutionsni jismoniy shaxslar va kichik biznes vakillari uchun dasturiy ta’minot va apparat vositalarining chakana sotuvchisiga aylantirishni rejalashtirmoqda.
NetSolutions faoliyatining birinchi oyi davomidagi har bir tranzaksiya keyingi paragraflarda tasvirlangan. Shu bilan birgalikda har bir operatsiyaning buxgalteriya tenglamasiga ta`siri ko`rsatilgan.


Tranzaksiya 1(A)


2013 yil, 1 noyabr - Kris Klark Net Solutions kompaniyasining bank hisobiga 25000 dollar qo`ydi.
Ushbu operatsiya aktivning pul mablag`larini (tenglamaning chap tomonida) $25000 ga oshiradi. Tenglamani muvozanatlash uchun mulkdorning o`z kapitali (tenglamaning o`ng tomonida) bir xil miqdorda oshiriladi. Mulkdorning o`z kapitali mulkdorning nomi va "Kapital" so`zi, masalan, "Kris Klarkning kapitali" yozuvi yordamida aks ettiriladi.
Ushbu bitimning NetSolutions buxgalteriya tenglamasiga ta`siri quyida keltirilgan.




Tranzaksiya 2(B)


2013 yil, 5 noyabr - Net Solutions kompaniyasi bo`lg`usi qurilish maydonchasi uchun yer sotib olishga 20000 AQSh dollari to`laydi.
Yer qulay transport aloqasi bo`lgan biznes parkida joylashgan. Biznes-rejani amalga oshirishning birinchi bosqichida Kris Klark ofis binolari va jihozlarni ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Ikkinchi bosqichda Kris qurilish maydonchasida ofis uchun bino va ombor qurishni rejalashtirmoqda.
Yer sotib olish aktivlar tarkibini o`zgartiradi, ammo aktivlar umumiy summasini o`zgartirmaydi. Tenglamadagi ushbu operatsiyadan oldingi moddalar va operatsiyalarning ta’siri quyida keltirilgan. Yangi miqdorlar balans deb ataladi.


Tranzaksiya 3(C)


2013-yil, 10-noyabrNet Solutions 1350 AQSh dollari miqdorida saranadigan materiallarni sotib oldi va mol yetkazib beruvchi bilan to`lovni qisqa vaqt ichida amalga oshirish haqida kelishib oldi.
Siz, albatta, kiyim-kechak yoki boshqa mahsulotlarni sotib olish uchun kredit kartasidan foydalangansiz. Bunday holda, kelajakda kredit karta orqali hisobni to'lash va’dasi evaziga kiyim-kechak olasiz. Ya’ni, siz aktivga ega bo`ldingiz va kelajakda hisobni to'lash majburiyatini oldingiz.
NetSolutions ham 1350 AQSh dollari miqdoridagi sarflanadigan materiallarni sotib olib, yaqin kelajakda yetkazib beruvchiga to'lovni amalga oshirishga rozilik bergan holda shunga o`xshash bitim tuzdi. Ushbu turdagi bitim kreditga sotib olish deb ataladi va ko`pincha quyidagicha tavsiflanadi: $1350 qiymatidagi sarflanadigan materiallarini kreditga sotib olish.
Kreditga sotib olishdan kelib chiqadigan majburiyat kreditorlik qarzlari deb ataladi. Kelajakda biznesda foydalanilishi ko`zda tutilgan sarflanadigan materiallar kabi narsalar to'langan xarajatlar deb ataladi va aktivlarga kiritiladi. Shunday qilib, ushbu operatsiya natijasida aktivlar (zahiralar) va majburiyatlar (kreditorlik qarzlari) $1,350 ga quyidagicha oshdi:




Tranzaksiya 4(D)


2013 yil, 18 noyabr - Net Solutions kompaniyasi mijozlarga xizmat ko'rsatish uchun 7500 AQSh dollari miqdorida pul mablag`lari oldi.
Ehtimol, siz uyni bo'yash yoki maysazorlarni kesish orqali pul ishlagan bo`lishingiz mumkin. Agar shunday bo`lsa, mijozga xizmat ko`rsatish orqali pul oldingiz. Xuddi shu tarzda, korxona yoki kompaniya o'z mijozlariga mahsulot yoki xizmatlarni sotish orqali pul ishlab topadi. Bu miqdor tushum deb ataladi.
Net Solutions faoliyatining birinchi oyida mijozlarga xizmat ko`rsatish orqali 7500 AQSh dollari miqdorida pul mablag`lari oldi. Pul mablag`lari Net Solutions aktivlarini ko`paytiradi, shuningdek, Kris Klarkning biznesdagi ulushini ham oshiradi. 7500 AQSh dollari miqdoridagi daromad “Kris Klark kapitali”ning o`ng tomonidagi "Qabul qilingan to`lovlar" ustunida aks
ettirilgan. Ushbu operatsiyaning ta’siri keyingi sahifaning yuqori qismida ko'rsatilganidek, naqd pul va qabul qilingan to`lovlarni $7,500 ga oshirishda o`z ifodasini topadi.




Xizmat ko`rsatish yoki tovarlarni sotish vaqtida naqd pul olish o`rniga, korxona to`lovni keyinroq sanada qabul qilishi mumkin. Bunday daromadlar hisob-kitob orqali olingan bo`nak yoki hisob-kitob savdosi sifatida tavsiflanadi. Misol uchun, Agar Net Solutions xizmatlarini naqd pulga emas, balki hisob-kitob orqali taqdim etsa, Tranzaksiya D quyidagicha tavsiflanadi: hisob-kitob bo`yicha olingan komission to`lovlar $7,500.
Bunday hollarda korxonaning debitorlik qarzi vujudga keladi, bu xaridorga da’vo hisoblanadi. Debitorlik qarzlari aktiv bo`lib, xuddi naqd pul olingani kabi tushumga ega bo`linadi va hisobga olinadi. Mijozlar o`z hisobi bo`yicha to`lovni amalga oshirganida, naqd pul mablag`lari ko`payadi va debitorlik qarzlari kamayadi.
Lesson 3 of 5



    1. Download 1.41 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling